Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Роль самостоятельного обучения в повышении знаний, умений и навыков студентов
Feruza ERGASHOVA
Общество и инновации · 6 · 404-411 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье представлена информация о важности самостоятельное самостоятельного обучения, развитии студентов в своей образование, области обучения, глубоком и основательном освоении эффективная учебная учебных предметов, самостоятельном поиске информации деятельность, творческая деятельность, на основе образовательных и инновационных подходов, ее самостоятельное всестороннем анализе, обогащении научно-творческого мышление, мышления, активном участии в вопросах, ответах и кредитно-модульная дискуссиях в учебном процессе, изложении своих мыслей с система, обоснованными аргументами, изучении научных самообучение. материалов, выражении собственных идей, поиске творческих подходов, решении жизненных проблем и расширении своего мировоззрения. Taʼlim sohasida bo‘layotgan har bir o‘zgarish jamiyatimiz ravnaqiga ijobiy taʼsir qilishiga shubha yo‘q. Mamlakatning intellektual salohiyatini oshirish, davlat taʼlim standarti talablariga javob bera oladigan, yetuk, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim omil hisoblanadi. Qaysi sohada bo‘lmasin bilimlarni mustaqil ravishda egallashga intilish – talaba faoliyatining taʼlim muassasasidagi eng ajralib turadigan xususiyati, mustaqil o‘qib, bilim orttirish asosi hisoblanadi. Taʼlim tizimida mustaqil bilim olish, nazorat qilish mustaqil taʼlim olishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Mustaqil bilim olishda avvalo, talabalarda mustaqil ishlashga, erkin, ijodiy faoliyat yuritishga va eng asosiysi mustaqil fikrlashga ehtiyojni shakllantirish lozim [1]. Hozirgi kunda yuqori kasbiy malakaning asosiy talablaridan biri chet tillarini mukammal bilish bo‘lib qoldi. Xalqaro muloqot tillar o‘rtasida yetakchi o‘rinni egallab kelayotgan chet tilini o‘rganishga alohida e’tibor berilayotgani ham bejiz emas. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida chet tili o‘qitish, o‘rgatish ilmiy yondashuv, davr talablariga to‘la javob bera oladigan yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalar joriy etilishi asosida yangi sifat darajasiga ko‘tarilib bormoqda. Ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar talabalarni mustaqil fikrlashini rivojlantirish, individual ta’lim trayektoriyalariga asoslangan, talabalarda kreativ fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga oid muammolarni bartaraf etishga qaratilgandir. Oliy ta’lim muassasalarida bu vazifalarni amalga oshirishga bosqichma-bosqich o‘tish rejalashtirilgan. Oliy ta’limning asosiy vazifasi o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini tarbiyalash va innovatsiyalarga qodir bo‘lgan mutaxassisning ijodiy shaxsini shakllantirishdir. Ilm fan jadal suratlar bilan rivojlanib borayotgan hozirgi zamonda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari davomida yetkazib berish biroz mushkul. “Oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha yo‘riqnoma” ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 824-son qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2021-yil 16-iyuldagi “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 311-son buyrug‘i asosida ishlab chiqilgan. Ushbu 405 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 03 (2025) / ISSN 2181-1415 yo‘riqnomaga asosan, mustaqil ta’lim bu – o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish, murakkablik darajasi turlicha bo‘lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriya hamda auditoriyadan tashqarida ijodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyatdir. Talabalarning mustaqil ta’limni tashkil etishdan asosiy maqsad fan (modul) bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash, boyitish, amaliy ko‘nikma va malakalarni takomillashtirish, axborot bilan ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, kognitiv, kreativ, hamkorlikda ishlash kompetensiyalarini shakllantirishdan iboratdir. Talabalar mustaqil ta’limining asosiy vazifasi mustaqil ravishda ma’lumotlar topish usuli bilan bilim olishni rivojlantirish, o‘quv jarayoniga ijodiy yondashishga faol qiziqishni shakllantirishdan iborat. Mustaqil ta’lim qaysi shaklda bajarilishidan qat’i nazar, talaba shaxsida bilim, ko‘nikma va malakalarni takomillashtirishga xizmat qiladi. Talabaga bo‘lajak mutaxassis sifatida erkin fikrlash, kasbiy o‘z-o‘zini tarbiyalashi asosida ijtimoiy faol malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga qaratilgan. Mustaqil ta’limning zamonaviy shakllaridan biri masofaviy ta’lim bo‘lib, asosan internet orqali ta’lim bo‘lib, uning imkoniyatlaridan samarali foydalanish yo‘l-yo‘riqlari kiradi. Bu jarayonda talaba o‘zining bilimi va yozuv malakalarini oshirib boradi. Istalgan tilda o‘qish va ma’lumot olish shart- sharoitlarga ega bo‘ladi. Mustaqil ta’limda talabalar pedagoglar tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘qituvchin
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье представлена информация о важности самостоятельное самостоятельного обучения, развитии студентов в своей образование, области обучения, глубоком и основательном освоении эффективная уче…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье представлена информация о важности самостоятельное самостоятельного обучения, развитии студентов в своей образование, области обучения, глубоком и основательном освоении эффективная уче… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- independent education, o‘z-o‘zidan o‘rganish, effective educational activity, самообучение, self-study, эффективная учебная деятельность, самостоятельное мышление, samarali o‘quv faoliyati, творческая деятельность, кредитно-модульная система, самостоятельное образование, mustaqil ta’lim, mustaqil fikrlash, independent thinking, ijodiy faoliyat, kredit-modul tizimi, credit-module system, creative activity
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024