Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Роль женщин в современном обществе
Gulshod AVALOVA · Tumaris SAFAROVA
Общество и инновации · 6 · 399-403 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье подчёркивается значительная роль и семья, значение женщин в деятельности институтов общества и институт семьи, семьи, а также в их системном управлении на современном общество, этапе. Также приведены данные опросов, проведённых институты гражданского общества, исследовательскими институтами, согласно которым принцип равенства, определённая часть респондентов считает важным участие открытость, женщин именно в сфере политического управления. прозрачность, критерий справедливости, гендерное равенство, демократизация. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar ayollarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashda muhim rol o‘ynamoqda. Inson huquqlarini ta’minlash hamda jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonida gender tengligini ta’minlash masalasi alohida e’tibor markazida turibdi va bu yo‘nalishda izchil rivojlanish kuzatilmoqda. O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida gender tengligi masalasi nafaqat yurtimizda, balki G‘arb va Sharqning rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlarida ham katta ilmiy va amaliy qiziqish uyg‘otmoqda. Ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma’naviy hayotdagi faol ishtiroki va ularning mavqeidagi o‘zgarishlar jamiyatning rivojlanish darajasini aks ettiruvchi muhim mezonlardan biri sifatida qaralmoqda. “Ayollarning jamiyatdagi, ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’naviy sohalardagi mavqei u kamol topishi intensivligi darajasining muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Ayollarning mavqeini aks ettiradigan ma’lumotlar inson salohiyatini rivojlantirishda mamlakat erishgan real yutuqlarning, shaxsni uyg‘un kamol toptirish va uning salohiyatini kompleks ro‘yobga chiqarish maqsadida jamiyatning ayollar va erkaklarga teng imkoniyatlar berilgan ijtimoiy adolat sari borishi darajasining xolis mezoni hisoblanadi. Ayollarning ijtimoiy ma’lumotlarini tizimli tadqiq etishning muhimligi yana shu bilan izohlanadiki, O‘zbekistonda jamiyat taraqqiyotining shiddatli o‘zgarishi davomida ayollarning mavqeida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi va yuz bermoqda. Yangi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy realliklar ayollar uchun yangi imkoniyatlar yaratibgina qolmasdan, balki, eski gender ziddiyatlarini keskinlashtirdi va e’lon qilingan oliyjanob maqsadlarga qaramasdan gender tengligining asosiy maqsadlari sovet davrida hal etilmaganligini ayon ko‘rsatadi” [1]. Bizning ajdodlarimiz Abu Nasr Farobiy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat asarlarida xotin-qizlar mavqe masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, Alisher Navoiyning ayollarni ulug‘lashga, ularning mavqeni mustahkamlashga bag‘ishlangan asarlarida: “Yer yuzida o‘zining aql zakovati, mard va donoligi, go‘zal husni, andisha va sabr toqati, mehr va sadoqati bilan dunyoga dong taratgan ayollar juda ko‘pligi” alohida ta’kidlanadi. Islom dinining asosiy manbalari Qur’on va sunnatda ayol huquqlari va ular bilan bog‘liq masalalar atroflicha yoritilgan bo‘lib, ulardagi normalarning hammasida ayol ulug‘langan [2], uning jamiyatdagi o‘rni ko‘rsatib berilgan hamda ayollarga keng huquqlar berilgan. 400 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 03 (2025) / ISSN 2181-1415 Hozirda ayollarning jamiyat va oiladagi o‘rni va roli bo‘yicha bir qancha tadqiqot institutlari tomonidan turli xil mavzulardagi so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda. Shulardan biri sifatida “Ijtimoiy fikr” sotsiologik markazi tomondan o‘tkazilgan so‘rovnomasida keltirilgan ma’lumotlarni tahlil qilib chiqamiz. So‘rov natijalari jamiyatning rivojlanish darajasi va uning salohiyatli imkoniyatlari ko‘p jihatdan ayollarning maqomi bilan belgilanishini tasdiqlaydi. Xotin-qizlar maqomi jamiyat taraqqiyoti, jamiyatda vujudga kelgan muhit, kelajakda jamiyat qanday rivojlanishini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichdir. Xotin- qizlarning jamiyatdagi o‘rni va rolining asosiy ijtimoiy ko‘rsatkichlari huquqiy va ijtimoiy himoya darajasi, ta’lim va bandlik darajasi, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtiroki hisoblanadi. O‘z navbatida, davlatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar ayollarning qadriyatlar tizimi va ularning qadriyat yo‘nalishlarida o‘z aksini topadi [4]. O‘zbekiston jamiyatida ro‘y berayotgan barcha jabhalarni modernizatsiya va erkinlashtirish xotin-qizlarga yangi talablar qo‘yuvchi, ijtimoiy rollar ko‘lamini va mazmunini o‘zgartiruvchi, jamiyatning ijtimoiy tuzilishidagi xotin-qizlarning o‘rnini o‘zgartiruvchi yangi ijtimoiy muhitni yaratadi. So‘rov shuni ko‘rsatdiki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar va islohotlar samarasi xotin-qizlarning mavqei yuksalib, jamiyat hayotining barcha jabhalarida faolligi oshmoqda. “So‘nggi paytlarda O‘zbekiston jamiyatida ayollarning roli oshdimi?” degan savolga respondentlarning aksariyati – 84 foizi ijobiy javob berdi [7]. Ishonchimiz komilki, so‘nggi yillarda xotin-qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy roli sezilarli o‘zgarishlarga uchradi, ularning mavqei oshdi, ijtimoi
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье подчёркивается значительная роль и семья, значение женщин в деятельности институтов общества и институт семьи, семьи, а также в их системном управлении на современном общество, этапе.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье подчёркивается значительная роль и семья, значение женщин в деятельности институтов общества и институт семьи, семьи, а также в их системном управлении на современном общество, этапе. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss3/S-pp399-403, гендерное равенство, openness, институт семьи, family institution, family, общество, fuqarolik jamiyati institutlari, jamiyat, gender tenglik, criterion of justice, семья, oila, tenglik tamoyili, shaffoflik, civil society institutions, институты гражданского общества, transparency, принцип равенства, демократизация, ochiqlik, критерий справедливости, fuqarolik jamiyati, прозрачность, gender equality, demokratlashtirish, oila instituti, открытость, democratization, civil society, principle of equality, adolat mezoni, society
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024