Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Насилие в семье в отношении несовершеннолетних: причины и меры профилактики
Marjona JUMANAZAROVA
Общество и инновации · 6 · 316-321 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье с криминологической точки зрения опасность, проанализированы случаи семейного насилия в отношении семейное насилие, несовершеннолетних в Узбекистане, их степень опасности виктимизация детей, и пути профилактики. Основываясь на данных ЮНИСЕФ, безопасная среда, поливиктимизация, в статье раскрываются понятия виктимизации и традиционная семья, поливиктимизации детей, их формы, а также воспитание. подчеркивается уязвимость социально незащищённых групп. На примере программы INSPIRE и зарубежного опыта освещаются семь ключевых направлений профилактики насилия. Также анализируется содержание Закона «О защите детей от всех форм насилия», принятого в 2024 году. Автор подробно рассматривает особенности семейной среды и обосновывает необходимость комплексных мер. Изучены криминологические характеристики лиц, совершающих семейное насилие. Представлены научные взгляды на негативные последствия различных форм насилия в отношении детей. Bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlikning naqadar xavfli ekanini O‘zbekistonda birgina 2023-yilning 9 oyi davomida bolalarga nisbatan 1240 ta zo‘ravonlik holati qayd etilganligi va bu kabi zo‘ravonlik oqibatida 22 bola halok bo‘lganligi faktini qayd etish bilan asoslash mumkin. UNICEF taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, har yili dunyo bo‘ylab 1 milliarddan ortiq bola jismoniy, ma’naviy yoki jinsiy zo‘ravonlikka duchor bo‘ladi. Multiindikator klaster kuzatuvi (MICS) shuni koʻrsatdiki, Oʻzbekistonda 1 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan 3 nafar boladan 2 nafari (62%) zo‘ravonlik bilan tarbiyalash usullarini boshdan kechirgan (jismoniy jazo va/yoki psixologik tajovuz). Eng achinarli holat shundaki, bu kabi tarbiya usullari atrofdagilar uchun tabiiy holat sifatida qabul qilinayotganligi va hech qanday e’tirozga sabab bo‘lmayotganidir. Ayni mavzuda so‘z olib borar ekanmiz, bolalar viktimligi aslida nima ekanini aniqlab olish maqsadga muvofiq sanaladi. Bolalar viktimligi tushunchasi bir qancha kengroq ma’noni qamrab olib, u nafaqat ota-onalar tomonidan bolalarga nisbatan zo‘ravonlik va beparvolik, tengdoshlarning zo‘ravonligi, bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik, turli darajadagi huquqbuzarliklar va jinoyatlarga duchor bo‘lishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, jabrlanuvchi bo‘lib qolishning boshqa jihatlarini, jumladan, yo‘l-transport hodisalari, suvga cho‘kish, kuyishlar, yiqilishlar va beparvolik natijasida tasodifiy shikastlanishlarni ham qamrab ola oladi. 317 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 03 (2025) / ISSN 2181-1415 Bolalar viktimizatsiyasi bolalarning jismoniy, ruhiy, jinsiy va iqtisodiy zo‘ravonlikka uchrashi yoki e’tiborsizlik natijasida zarar ko‘rishidir. Biroq bugungi kunda faqat bitta shakldagi zo‘ravonlikka qaratilgan tadqiqotlar bolalar duch keladigan zo‘ravonlikning ta’sirini va qamrovini to‘liq aks ettira olmaydi. Bunga sabab shundaki, zo‘ravonlikning hajmi ham miqdori ham oxirgi yillarga kelib kengayayotganidadir. Bolalarning jabrlanishi holatiga nisbatan keng ishlatilayotgan poli-viktimizatsiya tushunchasi nisbatan yuqoridagi o‘zgarishlarni yanada aniqroq ifodalay oladi. Qisqa qilib fikr bildirganda, poli-viktimizatsiya tushunchasi bolalarning bir nechta zo‘ravonlik turiga duch kelishini anglatadi. Bolalarni oilaviy zo‘ravonlikdan himoya qilish mavzusi xalqaro va milliy miqyosda keng tadqiq etilmoqda. Ayniqsa, so‘nggi o‘n yillikda tadqiqotchilar tomonidan poli- viktimizatsiya tushunchasi kiritilishi bilan mavzuga ilmiy qiziqish ortdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan ishlab chiqilgan INSPIRE maxsus dasturi hamda UNICEF kabi xalqaro tashkilotlarning hisobotlari ushbu mavzu bo‘yicha tadqiqotlarning nazariy va amaliy asosini shakllantiradi. Yuqorida so‘z yuritilgan dastur quyidagi yetti komponentni o‘z ichiga oladi, ya’ni quyidagilar yordamida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish mumkin: a) qonunlarni amalga oshirish; b) ijtimoiy me’yorlar va qadriyatlar; d) xavfsiz muhit; e) ota-ona va qarovchilarni qo‘llab-quvvatlash; f) iqtisodiy mustahkamlash; g) yordam va qo‘llab-quvvatlash xizmatlari; h) ta’lim va hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish. Voyaga yetmaganlarning ham ayrim zaif guruhlari mavjudki, boshqa o‘z tengdoshlaridan farqli ravishda ular turli xil tajovuzlarning qurboni bo‘lish ehtimoli bir necha barobar yuqori hisoblanadi. Bunday guruhlarga mansub voyaga yetmaganlar qatoriga autizm spektr buzilishi (ASD) yoki diqqat yetishmovchiligi va giperaktivlik sindromi bo‘lgan bolalar, nogironligi bo‘lgan, migratsiya ta’sirida bo‘lgan bolalar kabi guruhlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Shu bilan birga, ular orasida ham ijtimoiy jihatdan, moddiy va ma’naviy jihatdan nochor oilalar farzandlari ko‘proq jabrlanish xavfi ostida bo‘lishadi. Bolalar, asosan, o‘zi yashayotgan oilada mavjud muhitning o‘ziga xosligiga ko‘ra oilaviy zo‘ravonlik xavfi quyi yoki yuqori sharoitda yashamoqda deyish mumkin bo‘ladi. Masalan, birgina ayni xonadonda yashovchi aka-uka va opa-singillar (farzandlar)
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье с криминологической точки зрения опасность, проанализированы случаи семейного насилия в отношении семейное насилие, несовершеннолетних в Узбекистане, их степень опасности виктимизация д…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье с криминологической точки зрения опасность, проанализированы случаи семейного насилия в отношении семейное насилие, несовершеннолетних в Узбекистане, их степень опасности виктимизация д… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- danger, the 2024 Law “On the Protection of Children from All Forms of, семейное насилие, xavf, поливиктимизация, safe environment, опасность, polyvictimization, воспитание, poli-viktimizatsiya, безопасная среда, traditional family, xavfsiz muhit, tarbiya, upbringing, child victimization, an’anaviy oila, традиционная семья, domestic violence, виктимизация детей, bolalar viktimligi, oilaviy zo‘ravonlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014