Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Конституционные гарантии свободы предпринимательской деятельности в Республике Узбекистан: системно-правовой анализ
Ezozbek KHURRAMOV
Общество и инновации · 6 · 262-268 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: В статье представлен системный правовой анализ субъект конституционно-правовых гарантий свободы предпринимательской предпринимательской деятельности в Республике деятельности, Узбекистан. Рассматриваются свободы, права и предпринимательская деятельность, обязанности, закреплённые в Конституции и конституционно-правовая законодательных актах, а также гарантии, гарантия, предоставляемые субъектам предпринимательства. Особое свобода, внимание уделено механизмам государственной право, поддержки предпринимательской деятельности, задачам обязанность, экономика. государственных органов в данной сфере, а также правам и обязанностям предпринимателей. Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi davlatni har tomonlama rivojlantirish va fuqarolar uchun farovon turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan. Davlatning rivojlanishi va fuqarolar farovonligini ta’minlash uchun iqtisodiy omil, ayniqsa, tadbirkorlik faoliyati muhim omillardan biri sanaladi. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va huquqiy tartibga solish, tadbirkorlarning huquq va majburiyatlarini qonunchilik hujjatlari asosida belgilash, tadbirkorlarni har qanday noqonuniy bosim va ta’qiblardan himoya qilish har bir davlatning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Hozirda butun dunyoda tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratish, ularning erkin ichki va tashqi faoliyat yuritishlari uchun imkoniyatlar berish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday harakatlarning jadal amalga oshirilishi zamirida quyidagi omillar yotadi: Birinchidan, mamlakatda tadbirkorlik muhiti qanchalik yaxshilansa, tadbirkorlar shunchalik erkin faoliyat yuritishadi va buning natijasida ularning biznesi gullab yashnaydi, davlatga to‘lanayotgan soliqlar miqdori oshadi hamda mamlakat iqtisodiy jihatdan qudratli bo‘ladi. Ikkinchidan, mamlakatda qulay investitsiyaviy muhit shakllanishiga turtki beradi va buning natijasida mamlakatga chet el investorlarining ikkilanmasdan investitsiya kiritishlariga zamin hozirlaydi. Uchinchidan, mamlakatning iqtisodiy qudrati qanchalik kuchli bo‘lsa, uning xalqaro maydonda ham ta’siri shunchalik yuqori bo‘ladi. To‘rtinchidan, mamlakatda fuqarolarning farovonligi oshadi, tadbirkorlar tomonidan to‘langan soliqlar hisobidan ijtimoiy obyektlar, jumladan, maktablar, shifoxonalar, maktabgacha ta’lim muassasalari va boshqalar barpo etiladi yoki zamonaviylashtiriladi. Butun dunyo davlatlari tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirishga doir olib borilayotgan sa’y-harakatlar fonida O‘zbekiston Respublikasida ham ushbu sohaga berilayotgan e’tibor yildan-yilga kuchaytirilmoqda. Chunki tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish nafaqat tadbirkorlar uchun foydali, balki mamlakat uchun ham beqiyos ahamiyatga ega. Zero, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Mamlakatimizda 263 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 03 (2025) / ISSN 2181-1415 tadbirkorlar qancha ko‘p bo‘lsa, ular yanada ko‘proq daromad ko‘rsa, davlatimiz ham shuncha boy bo‘ladi”. Tadbirkorlikni rivojlantirishga berilayotgan e’tiborni quyidagi bir qator muhim hujjatlarda ko‘rishimiz mumkin Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022-yildagi PF–60-sonli Farmoniga 1-ilova “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning 15, 19, 29-maqsadlari bevosita tadbirkorlik bilan bog‘liqligi ham ushbu sohani rivojlantirishga ulkan e’tibor berilayotganligini tasdiqlaydi. Maqolada qiyosiy-huquqiy usul, tahlil, sintez, kuzatish, umumlashtirish, induksiya va deduksiya metodlari qoʻllanildi. Mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ularning rivoji uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish har tomonlama jadal olib borilmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar avvalo qonunchiligimizda o‘z aksini topmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi eng oliy yuridik kuchga ega qonun o‘laroq, tadbirkorlikni rivojlantirish va tartibga solish, shuningdek konstitutsiyaviy kafolatlar belgilashda muhim ahamiyatga ega. Konstitutsiyaning XII bobi to‘liq “Jamiyatning iqtisodiy negizlari”ga bag‘ishlanganligi mamlakat uchun iqtisodiyot qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatadi. Konstitutsiyaning 65-moddasida Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart- sharoitlar yaratishi, shuningdek, iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlashi belgilab qo‘yilgan. Bu shuni anglatadiki, mamlakatning oliy yuridik kuchga ega normativ-huquqiy hujjatida davlatning tadbirkorlik qilish erkinligini kafolatlashi belgilab qo‘yilgan va ushbu normani boshqa hech qanday normativ-huquqiy hujjat inkor eta olmaydi. Bundan tashqari Konstitutsiyaning 67-moddasi tadbirkorlik bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, unda davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlashi, tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haq
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье представлен системный правовой анализ субъект конституционно-правовых гарантий свободы предпринимательской предпринимательской деятельности в Республике деятельности, Узбекистан.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье представлен системный правовой анализ субъект конституционно-правовых гарантий свободы предпринимательской предпринимательской деятельности в Республике деятельности, Узбекистан. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- business entity, are presented, duty, right, business activity, tadbirkorlik subyekti, huquq, предпринимательская деятельность, majburiyat, обязанность, economics, право, tadbirkorlik faoliyati, свобода, конституционно-правовая гарантия, constitutional and legal guarantee, субъект предпринимательской деятельности, erkinlik, freedom, экономика, konstitutsiyaviy-huquqiy kafolat, iqtisodiyot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024