К содержанию
РецензированоRU2025

Динамика торговли местными и импортными товарами на рынках Бухарского эмирата в XVIII-XX вв.

Kamol AVLAEV · Bukhara Emirate (National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek)

Общество и инновации · 6 · 360-365 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье проанализированы система рынков, Бухарский эмират, торговая инфраструктура и процессы товарообмена на рынок, территории Бухарского эмирата во второй половине торговая инфраструктура, XVIII – начале XX века. Освещаются вопросы внутренней и рыночная система, каравансараи, внешней торговли, ремесленных изделий, караванных внутренная торговля, путей, а также социально-экономическое значение рынков. внешняя торговля, Кроме того, в статье показана интеграция региона в товарообмен, глобальную экономическую систему через рыночные изделия ремесленников, механизмы. каракулевая шкура, торговый центр, виды товаров и продукции. DOLZARBLIGI XVIII asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Buxoro amirligidagi bozor tizimini o‘rganish bugungi kunda transregional iqtisodiy aloqalar va Yevrosiyo tarixi kontekstida mahalliy savdo shakllarini tahlil qilish nuqtai nazaridan alohida ahamiyat kasb etadi. Buxoro o‘zining strategik geografik joylashuvi bilan Sharq va G‘arbni bog‘lovchi yirik quruqlik yo‘llari chorrahasida joylashgan bo‘lib, nafaqat tranzit markazi, balki Hindiston, Xitoy, Eron, Rossiya imperiyasi va Markaziy Osiyo mintaqalari o‘rtasidagi mahsulot oqimlarini qayta taqsimlovchi muhim markaz sifatida faoliyat yuritgan. Shu nuqtai nazardan, amirlikdagi bozor infratuzilmasini tahlil qilish nafaqat mazkur davrning ijtimoiy-iqtisodiy manzarasini qayta tiklash, balki mahalliy bozorlarning global iqtisodiyotga qanday integratsiyalashganini anglash imkonini ham beradi. Tadqiqotning dolzarbligi, avvalo, ushbu mavzuning tarixshunoslikda yetarli darajada o‘rganilmaganligi, shuningdek, an’anaviy Sharq shaharlarida iqtisodiy faoliyat mexanizmlarini chuqur o‘rganish zarurati bilan belgilanadi. Tadqiqot doirasida bozorlarning hududiy tashkil etilishi, mahsulotlar bo‘yicha ixtisoslashuvi, narxlar mexanizmi, turli ijtimoiy va kasbiy guruhlarning savdo jarayonidagi ishtiroki, shuningdek, institutsional tartibga solish shakllari yoritib beriladi. Alohida e’tibor ichki savdo bilan xalqaro mahsulot aylanishi o‘rtasidagi bog‘liqlik hamda vositachilik tuzilmalar – savdogar uylari, tarozibonlar, karvonboshi va davlat nazoratchilari faoliyatiga qaratiladi. METODLAR VA OʻRGANILGANLIK DARAJASI Mazkur tadqiqot metodologik jihatdan tarixiy-iqtisodiy, ijtimoiy-antropologik hamda manbashunoslik tahlilni birlashtirgan kompleks yondashuv asosida olib boriladi. Unda asosan xronikalar, elchilar hisoboti, sayohatchilarning ma’lumotlarini mazmun- tahlili kabi metodlar bilan bir qatorda miqdoriy yondashuvlar (narxlar dinamikasi, mahsulot aylanmasi hajmi, savdo balansi tarkibi) ham qo‘llaniladi. Ayniqsa bozor 361 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 03 (2025) / ISSN 2181-1415 joylashuvlarini xaritalashtirish, bozorlarga oid tipologik tahlil, logistik yo‘nalishlarning rekonstruksiyasi va savdoning mavsumiy xususiyatlari alohida e’tibor bilan o‘rganiladi. Bu yondashuv Buxoro amirligidagi bozorlarga oid infratuzilmaning boshqaruv va iqtisodiy mezonlarda qanday ishlaganini tahlil qilish imkonini beradi. Buxoro bozorlarining dinamikasini tahlil qilish uchun fanlararo yondashuv uslubi keng qo‘llanildi. Jumladan, manbashunoslik va miqdoriy usullari birgalikda qo‘llanildi. Xiva, Qo‘qon, Eron va Rossiya savdo modellari bilan taqqoslash orqali mintaqaning iqtisodiy taraqqiyotdagi umumiy va maxsus jihatlari aniqlandi. Tahlilning muhim yo‘nalishlaridan biri – savdogarlar tuzilmasi, kasbiy stratifikatsiya va hunarmandlarning bozor barqarorligidagi o‘rni. O‘z o‘rnida ta’kidlash lozimki, bozor institutlari faoliyati, ijtimoiy guruhlar ishtiroki, mavsumiylik va siyosiy o‘zgarishlarning savdoga taʼsiri kabi bir qator masalalar hali ham yetarlicha o‘rganilmaganligi aniqlandi. TADQIQOT NATIJALARI Buxoroning ijtimoiy-iqtisodiy dinamikasini har tomonlama tasvirlash uchun manba va adabiyotlar chuqur tahlil qilindi. Ulardan quyidagilarni alohida ta’kidlash lozim: P. Nebolsin, N. Xanikov, A. Vamberi va F. Yefremov singari rus va g‘arb tadqiqotchilarning XIX asrga oid asarlari; «Туркестанские ведомости» gazetasi va «Записки о Бухарском ханстве» nashrida e’lon qilingan arxiv hujjatlari. Shu bilan birga, O.A. Suxareva, G.A. Mixayleva, U. Rashidov, D.H. Ziyayeva, F. Amonova, R.E. Kilichev hamda F.Qosimov singari sovet va mustaqillik davri olimlarining ilmiy ishlari alohida ahamiyatga ega. Ayniqsa D.H. Ziyayeva tomonidan yozilgan “Transformation of the Traditional Urban Economy of Bukhara” (2013) asari Buxorodagi shahar iqtisodiyotining XIX asr oxiri – XX asr boshidagi o‘zgarishlarini o‘rganishda asosiy manbalardan biridir. A.Sh. Yorov amirlikning jahon bozori integratsiyasiga bag‘ishlangan qiyosiy tahlillari ham dolzarb nazariy asoslangan ma’lumotlar bergan. Shu tariqa, ushbu tadqiqot nafaqat Buxoro amirligi bozor infratuzilmasini o‘rganishdagi mavjud bo‘shliqlarni to‘ldiradi, balki an’anaviy jamiyatlarning ijtimoiy- iqtisodiy tizimlarini global iqtisodiy oqimlar bilan o‘zaro aloqadorlikda o‘rganish u

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье проанализированы система рынков, Бухарский эмират, торговая инфраструктура и процессы товарообмена на рынок, территории Бухарского эмирата во второй половине торговая инфраструктура, XV…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье проанализированы система рынков, Бухарский эмират, торговая инфраструктура и процессы товарообмена на рынок, территории Бухарского эмирата во второй половине торговая инфраструктура, XV… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Bukhara Emirate, trade infrastructure, tijorat markazi, Qorako‘l terisi, изделия ремесленников, Buxoro amirligi, каравансараи, commercial center, market system, ichki savdo, каракулевая шкура, market, types of goods and products, bozor tizimi, bozor, товарообмен, handicraft products, рыночная система, рынок, торговый центр, внешняя торговля, tashqi savdo, tovar almashinuvi, commodity exchange, karvonsaroylar, savdo infratuzilmasi, foreign trade, виды товаров и продукции, hunarmandchilik mahsulotlari, karakul pelts, торговая инфраструктура, внутренная торговля, domestic trade, tovar-mahsulot turlari, caravanserais, Бухарский эмират
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники