К содержанию
РецензированоRU2025

Интернет-материалы, способствующие развитию устной речи детей в организациях дошкольного образования

Фотима Нарматова (Докторант, Гулистанский государственный университет) · Ш.А. Абдуллаева (Д.п.н., профессор, Гулистанский государственный университет)

Общество и инновации · 6 · 24-28 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: Известно, что речь является одним из основных речь, факторов формирования личности человека и главным образование, показателем его развития в процессе осознания мира. В техника, последние десятилетия произошли резкие изменения в интернет, анализатор, структуре образовательной системы. В этом контексте мультимедиа, явно проявились два взаимосвязанных процесса: вместе с виртуальная экскурсия, развитием науки и техники изменились наша языковая компьютер, культура и речь. В нашу жизнь вошли такие понятия и моторика, слова, как компьютер, мобильный телефон, телевизор, словарь. другая бытовая техника и Интернет. Mutaxassislarning fikricha, insonning eshitish a’zolariga nisbatan ko‘rish a’zolari yordamida qabul qilingan ma’lumotni besh marotaba ko‘p eslab qolish mumkin. Sababi – eshitish a’zolariga nisbatan ko‘rish a’zolaridan olinayotgan ma’lumotlar qayta kodlashtirilmay to‘g‘ridan-to‘g‘ri xotiraga o‘tadi va saqlanadi. Maktabgacha yoshdagi 3-5 yoshdagi bolalarni nutqini rivojlantirishda, multimedia vositalaridan ya’ni slaydlar, didaktik o‘yinlardan foydalanish juda katta ahamiyatga ega. Negaki, multimedia vositalaridan bola foydalanganida uning mayda qo‘l motorikasi harakatlanadi, bu harakat orqali bolaning bosh miyasidagi ko‘rish, eshitish kabi analizatorlari yaxshi rivojlanadi. Buning natijasida esa uning nutqi, aqliy qobiliyati takomillashadi, har xil rang-barang rasmlar, tasvirlarning harakatini ko‘rish va eshitish orqali esa so‘z boyligi ham oshadi. Tarbiyachi bir xillikdan cheklanishi, har doim qiziqarli faoliyatlar o‘tkazishi uchun harakat qilmog‘i zarur. Agar, dastur reja asosida muzeyga, ko‘ngil ochar bog‘larga sayohat o‘tkazish buyurilgan bo‘lsa-yu, lekin ma’lum bir sabablar bilan bu ish amalga oshmay qolsa, bu jarayonda ham multimedia vositasi yordamga kelishi shubxasiz. Ya’ni, ushbu sayohatni amalga oshirish uchun bolalar bilan online sayohat uyushtiriladi. Bu sayohat 3D, 5D,7D formatlarda, xuddi ana o‘sha olamga tushgandek harakat qilib ko‘rishlari mumkin. Bu hech bir muammosiz amalga oshiriladi. Faqatgina tarbiyachidan tashkilotchilik, izlanuvchanlik talab etiladi. MTT bolalari uchun tayyorlanadigan multimedia vositalari ovozli, musiqali, harakatlanuvchi, rangli, multifikatsiyali va jozibali bо’lishi shart. Quyida MTTlarida multimedia vositalarining ba’zi turlarini tayyorlash va ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish imkoniyatlari ustida tо’xtalamiz. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi tomonidan ta’lim tarbiya jarayonida,o‘quv faoliyatlarida kompyuter dasturlaridan tashqari, bolalar nutqini rivojlantirish, tasavvurlarini kengaytirish va lug‘at boyligini oshirish uchun internet materiallari orqali, bir qancha ijodiy ishlanmalardan ham foydalaniladi. Masalan, hayoliy sayohat ya’ni virtual ekskursiya. Virtual ekskursiya- bu haqiqiy ekskursiyadan real hayot obyektlarini virtual sayohat uyushtirish, tashrif buyurish mumkin bo‘lmagan joylar to‘g‘risida vizual ma’lumot olish, vaqt va pul tejash imkonini beradi. Virtual ekskursiyalardan foydalanish 25 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 03 (2025) / ISSN 2181-1415 bolalarning mavjud vositalardan foydalangan holda ma’lumot olishga bo‘lgan ehtiyojlarini shakllantiradi, o‘rganish uchun motivatsiyani oshiradi shu bilan birga tanlangan mavzu mazmun-mohiyatini tushunishga, tasavvurlari orqali his qilishga, estetik zavq olishga imkon yaratadi. Ekskursiyalar mavzusi bolaning yosh xususiyatlari, qiziqishlari, kalendar va tematik rejalashtirishni hisobga olgan holda tanlanadi. Ekskursiyani o‘tkazishdan oldin bolalarga tanlangan mavzu yuzasidan atroflicha ma’lumot beriladi, tarbiyachi tomonidan ekskursiya obyektlari batafsil o‘rganiladi, video ketma-ketlik asosida ekskursiya yo‘nalishi tuziladi, ekskursiya matni (sharhi) tayyorlanadi va matn asosida ,,yo‘lboshchi”ning ovozi yozib olingan audio yozuv sifatida taqdim etilishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ,,Temuriylar tarixi muzeyi” virtual ekskursiya orqali Amir Temur haqida tasavvurlari, o‘sha davrga oid narsalar, kiyinish uslublari haqida qisqacha tasavvurga ega bo‘ladilar, tarbiyachi mustahkamlash uchun quyidagi savol va topshiriqlarni beradi: 1. Bolajonlar, aytinglarchi, biz sayohatni kunning qaysi qismida uyushtirdik? Sayohat paytidagi havo harorati qanday? 2. Muzeyga kirishingiz bilan nimalar sizning e’tiboringizni tortdi? E’toboringizni tortgan narsalarning ranglari qanday? 3. Muzey devorlarida nimalar, qanday kasb egalari tasvirlangan? Ularning ichida Amir Temurni kim ko‘ra oldi? Nima sababdan aynan uni Amir Temur deb o‘yladingiz? 4. Qani kim menga Amir Temurning ko‘rinishini, kiyimlarini tasvirlab beradi? 5. Aytinglarchi bolajonlar, muzeydagi eshiklar qanday ko‘rinishda, nimadan ishlangan deb o‘ylaysiz? 6. Nima uchun 1-qavatda ayrim joylarda to‘siq bilan ba’zi narsalar to‘sib qo‘yilgan, ana o‘sha to‘siqlarni olib tashlasa nima bo‘ladi-yu, olib tashlamasa nima bo‘ladi? 7. Bolajonlar, sizlarga topshiriq, siz ko‘rgan muzeying

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Известно, что речь является одним из основных речь, факторов формирования личности человека и главным образование, показателем его развития в процессе осознания мира.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Известно, что речь является одним из основных речь, факторов формирования личности человека и главным образование, показателем его развития в процессе осознания мира. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
speech, related to computers, mobile phones, televisions, household, kompyuter, Интернет, education, virtual ekskursiya, motor skills, multimedia, lug‘at, Internet, виртуальная экскурсия, анализатор, речь, motorika, vocabulary, компьютер, texnika, образование, словарь, техника, technology, analizator, мультимедиа, Nutq, analyzer, моторика, virtual excursion, computer, ta’lim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники