К содержанию
РецензированоUZ2026

BO‘LAJAK MUHANDISLARNI LINGVOMADANIY KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING TA’LIM STRATEGIYASI

SHAKLLANTIRISHNING TA’LIM STRATEGIYASI · Urinboyeva Feruza Zokir qizi

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

Ushbu maqola bo‘lajak muhandislarning lingvomadaniy kompetensiyasini shakllantirishda ta’lim strategiyalarining ahamiyati va rolini o‘rganishga bag‘ishlangan. Lingvomadaniy kompetensiya — nafaqat chet tilini bilish, balki madaniyatlararo muloqotda to‘g‘ri va samarali ishtirok etish qobiliyatidir. Maqolada CLIL (Content and Language Integrated Learning), ESP (English for Specific Purposes) kabi zamonaviy metodik yondashuvlar asosida lingvomadaniy kompetensiyani rivojlantirish imkoniyatlari tahlil etilgan. Shuningdek, strategiyalar orqali talabalar nutq madaniyati, kasbiy muloqot qoidalari va global mehnat bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar taqdim etilgan. Kalit so‘zlar: lingvomadaniy kompetensiya, bo‘lajak muhandislar, ta’lim strategiyasi, CLIL, ESP, madaniyatlararo muloqot, kasbiy ingliz tili, kommunikativ metodika, integrativ yondashuv Annotation: This article is devoted to studying the role and importance of educational strategies in the development of linguocultural competence among future engineers. Linguocultural competence implies not only proficiency in a foreign language but also the ability to engage effectively in intercultural communication. The article analyzes the opportunities to enhance linguocultural competence based on modern methodological approaches such as CLIL (Content and Language Integrated Learning) and ESP (English for Specific Purposes). In addition, practical recommendations are offered for developing students’ speech culture, professional communication skills, and abilities necessary for successful participation in the global labor market. Keywords: linguocultural competence, future engineers, educational strategy, CLIL, ESP, intercultural communication, professional English, communicative methodology, integrative approach. “Neft va gaz ishi” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun ingliz tilini kasbiy yo‘naltirilgan holda o‘qitishda bo‘lajak muhandislarni ingliz gtilidan lingvomadaniy kompetensiyasini shakllantirish texnologiyasini amaliyotda qo‘llash, eng avvalo, o‘qitish strategiyasini ishlab chiqishni talab qiladi. O‘qitish strategiyasi o‘qitishga bo‘lgan yondashuv bilan belgilanadi. Yondashuv deganda, o‘rgatilayotgan fan 277 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 mohiyatiga bo‘lgan qarash, ta’limiy faoliyatni ko‘rib chiqish, talqin qilish va loyihalashga asos bo‘ladigan nazariy-metodologik nuqtai nazar yoki bir nechta yondashuvlarning maqsadga muvofiq tanlanib, ilgari qo‘llanilmagan metodologik blokda yangi sifat darajasida integratsiyalashuvi tushuniladi. Optimal yondashuv nuqtai nazaridan, “Neft va gaz ishi” ta’lim yo‘nalishi talabalari lingvomadaniy kompetensiyasini shakllantirishda bir nechta o‘qitish yondashuvlarining yagona tizimda uyg‘unlashuvi konseptual asos sifatida ko‘riladi. Ular quyidagilardan iborat: Lingvomadaniy yondashuv — bu yondashuvning dolzarbligi, bo‘lajak muhandislar xalqaro kasbiy kommunikatsiyasining madaniy kontekstini o‘qitishda maksimal darajada hisobga olish zarurati bilan belgilanadi. Bunda til bilan sintetik uyg‘unlikda madaniy kontekstni o‘rganish orqali kommunikatsiya ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro tushunishni ta’minlovchi va ingliz tilidan neft-gaz muhandisligida to‘g‘ri foydalanishga imkon beruvchi tezaurusni aniqlash maqsad qilinadi. Kognitiv yondashuv — bu yondashuv til kursiga kasbiy komponent integratsiyalashuvi natijasida o‘qitish jarayonining lingvokognitiv murakkabligi ortgani, o‘qitish vazifalarining bilish jarayoni bilan bog‘liqligi, talabalar tomonidan kasbiy tezaurusni egallash — bu esa nutqiy faoliyatning lingvokognitiv asosi bo‘lib xizmat qilishi — zarurligi bilan asoslanadi. Bundan tashqari, ingliz tilini o‘zlashtirishda ong, bilish jarayonlari va tafakkur faoliyatining isbotlangan roli ham e’tiborga olinadi. Madaniyatlararo yondashuv — ushbu yondashuvning ahamiyati, bo‘lajak bo’lajak muhandislarda turli mintaqalarda ishlashga, turli davlatlar va madaniyatlar vakillari bilan hamkorlik qilishga, ko‘p millatli va polimadaniy tarkibga ega xalqaro muhandislar hamjamiyatida kasbiy muloqot olib borishga tayyorgarlik va qobiliyatni shakllantirish zarurati bilan belgilanadi. Kommunikativ-faoliyatli yondashuvi — bu yondashuvning ahamiyati “Neft va gaz ishi” yo‘nalishi talabalari ingliz tilida real kommunikatsiyaga va kasbiy hamkorlik vazifalarini bajarishga tayyor bo‘lishlari zarurligi bilan belgilanadi. Bu esa o‘z navbatida talabalarni kasbiy jihatdan talab etiladigan nutqiy-va tafakkuriy faoliyatga jalb etgan holda keng kommunikativ amaliyotni tashkil etishni talab qiladi. Yuqorida ko‘rsatilgan har bir yondashuv o‘ziga xos funktsiyaga ega bo‘lib, o‘qitish jarayoniga o‘zining xos tamoyillarini olib kiradi. Bu tamoyillar bo’lajak muhandislar uchun ingliz tilidan lingvomadaniy kompetensiyasini shakllantirish texnologiyasi doirasida ma’lum bir xususiyatga ega bo‘ladi. T

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola bo‘lajak muhandislarning lingvomadaniy kompetensiyasini shakllantirishda ta’lim strategiyalarining ahamiyati va rolini o‘rganishga bag‘ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola bo‘lajak muhandislarning lingvomadaniy kompetensiyasini shakllantirishda ta’lim strategiyalarining ahamiyati va rolini o‘rganishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
linguocultural competence, future engineers, educational strategy, integrativ yondashuv, bo‘lajak muhandislar, ESP, kasbiy ingliz tili, kommunikativ metodika, lingvomadaniy kompetensiya, ta’lim strategiyasi, CLIL, madaniyatlararo muloqot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники