Иностранная филология: язык, литература, образованиеИрода Баенханова2019
INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK MUHANDISLARNING LINGVOMADANIY KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING METODIK MODELI
LINGVOMADANIY KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING · METODIK MODELI · Urinboyeva Feruza Zokir qizi
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada texnika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan bo‘lajak muhandislarning ingliz tilidan lingvomadaniy kompetensiyasini rivojlantirish uchun integrativ yondashuv asosida ishlab chiqilgan metodik modelning nazariy va amaliy asoslari bayon etilgan. Lingvistik va kasbiy bloklarning o‘zaro integratsiyasi orqali talabalar til ko‘nikmalari bilan bir qatorda madaniy sezgirlik va kasbiy muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishi ko‘zda tutiladi. Maqolada CLIL va ESP yondashuvlari asosida ishlab chiqilgan ta’lim texnologiyalari va ularning samaradorligi yoritilgan. Model pedagogik modellashtirish nazariyalariga asoslanib, zamonaviy kasbiy ehtiyojlarga javob beradigan lingvomadaniy kompetensiyani shakllantirishga qaratilgan. Kalit so‘zlar: integrativ yondashuv, lingvomadaniy kompetensiya, metodik model, muhandislik ta’limi, ESP, CLIL, pedagogik modellashtirish, kasbiy ingliz tili Annotation: This article presents the theoretical and practical foundations of a methodological model designed to develop the linguocultural competence of future engineers studying at technical universities through an integrative approach. The integration of linguistic and professional blocks aims to enhance students' language skills alongside their cultural awareness and professional communication abilities. The article highlights the use of CLIL and ESP-based educational technologies and evaluates their effectiveness. The model is built on pedagogical modeling theories and addresses the need for developing linguocultural competence that meets contemporary professional requirements. Keywords: integrative approach, linguocultural competence, methodological model, engineering education, ESP, CLIL, pedagogical modeling, professional English. Ingliz tilidan lingvomadaniy kompetensiya to‘rtta terminologik kompetensiya, maxsus tematik kompetensiya, kasbiy mamlakatshunoslik kompetensiyasi, biznes- kommunikativ kompetensiya, har biri esa kognitiv, funktsional, shaxsiy va axloqiy komponentlarni bilan ifodalanadi. Bu kompetensiyalarni shakllantirish texnika oliy ta’lim muassasalarida birinchi kurs talabalari uchun amalga oshiriladi va ularga tildan 273 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 ijtimoiy muloqot jarayonlarida foydalanishni o‘rgatish maqsadlariga yo‘naltirilgan ta’lim beriladi. Ingliz tilidan ta’limning kasbiy yo‘naltirilganligi tufayli bu jarayonning meyoriy natijasi oliy ta’limda o‘qishning butun davri jarayonida yuzaga keladigan kasbiy kommunikativ kompetentlikni shakllantirishni nazarda tutadi. Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish asosida, ingliz tiligan lingvomadaniy kompetensiyani shakllantirishning mavjud modellari muhandislik talabalarining o‘ziga xos kasbiy manfaatlarini hisobga olmagan, bu esa ingliz tili va muhandislik fanlarini integrativ o‘zaro aloqador o‘qitishni amalga oshirish uchun uslubiy va tashkiliy yondashuvlarni ishlab chiqishni murakkablashtiradi. Shuni hisobga olib, muhandislik yo‘nalishi talabalarining ingliz tiligan lingvomadaniy kompetensiyani shakllantirishning metodik modelini qurish zaruratini taqozo qiladi. Biz bo‘lajak ingliz tiligan lingvomadaniy kompetensiyani shakllantirishning metodik modelini ishlab chiqishda mehnat bozori tomonidan bitiruvchiga yuklatilgan malaka talablarini va Davlat ta’lim standartlariga asoslanamiz. Bunday tuzilmaning komponentlari maqsadli va mazmun-mohiyatiy jihatdan amalda bajarilishi lozim. Ilmiy adabiyotlarda “model” tushunchasining ko‘plab ta’riflari mavjud. B.N.Gerasimovga ko‘ra, tor ma’noda model - bu tadqiqot obyektining uni payqashga qodir bo‘lgan, bu haqda yangi ma’lumotlar beradigan aqliy tasviridir. V.L.Shtoff modelga ko‘ra, turli xil o‘xshashlik darajalarida asl nusxani ko‘paytiradigan va uni bilish jarayonida o‘rnini bosadigan sxemani tushunadi. M.E.Duranov modelni mavhumlashtirish, natijalarga kirib borish, jarayonlar mohiyati, tuzilishi va elementlar aro aloqalarni aniqlashtirish vositasi sifatida taqdim etadi. Binobarin, fandagi model nazariy sxema, vizual tasvir, jarayon, hodisaning analogi sifatida qaraladi. Dunayeva T.V modelni tanlashda quyidagilarga tayanish kerak: model hech qachon haqiqiy obyekt bilan bir xil bo‘lmasligi; metodik modelni tuzishda haqiqatning allaqachon ma’lum bo‘lgan ba’zi jihatlari odatda hisobga olinmaydi; metodik modelni qurishda va undan foydalanishda xulosalar har doim o‘xshashlik bilan, haqiqiy obyektdan idealga va orqaga yo‘l sifatida ishlatiladi; texnologik modelni qurishda mumkin bo‘lgan dunyoda ideal obyektlarning mavjudligi har doim ruhan takrorlanadi. Modellashtirishga oid asosiy ilmiy yondashuvlarni oʻrganish jarayonida biz modelning pedagogik ilmiy oʻrganishlarda muhum jihatlari shundan iboratki, bu modelning bir-biri bilan bog‘liqligi va reproduktiv elementlarining ajralmas komplikisini aks ettiradi; elementlar va model tomonidan bajariladigan funksiyalar; metodik modelni amalga oshirish shartlaridir. 274 International scientific
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada texnika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan bo‘lajak muhandislarning ingliz tilidan lingvomadaniy kompetensiyasini rivojlantirish uchun integrativ yondashuv asosida ishlab chiqilgan metodik mode…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada texnika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan bo‘lajak muhandislarning ingliz tilidan lingvomadaniy kompetensiyasini rivojlantirish uchun integrativ yondashuv asosida ishlab chiqilgan metodik mode… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- integrative approach, linguocultural competence, methodological, pedagogik modellashtirish, integrativ yondashuv, muhandislik ta’limi, ESP, kasbiy ingliz tili, lingvomadaniy kompetensiya, metodik model, CLIL
Смежные источники
Медицина и инновацииХ Камилов, К Тахирова +12021
Иностранная филология: язык, литература, образованиеА.Нурмухамедов СамДУ доценти, Илм аҳлига инкор категорияси2017
Иностранная филология: язык, литература, образованиеХолиқов Элбек2016