К содержанию
РецензированоUZ2026

ZAMONAVIY HARBIY MOJAROLARDA ROBOTLASHGAN TEXNIK KOMPLEKSLAR VA ULARDAN FOYDALANISHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI

Abidjanov Zafar Xamidjanovich · O‘R QK Akademiyasi katta o‘qituvchisi

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

The article is dedicated to highlighting the important factors of robotic technical complexes and the main directions of their use in modern military conflicts. The article substantiates the content of robotic technical complexes and the main shortcomings of unmanned aerial vehicles. Keywords: military conflicts, robotic technical complexes, main areas of application, unmanned aerial vehicles, special combat tasks. Jang maydonida askarning hayotini saqlab qolish muhim hisoblanadi, biroq hozirgi paytda insonparvarlik jihati hamma vaqt ham harbiy qarama – qarshilikning maqsadlariga erishishida hal qiluvchi omil bo‘lavermaydi. Tegishlicha texnologik bazalarga ega bo‘lgan, o‘zini yuqori taraqqiy etgan deb hisoblab yurgan ba’zi mamlakatlar o‘zlarining harbiy – siyosiy va iqtisodiy maqsadlariga, o‘zining qurolli kuchlarining quruqlikdagi tarkibini qo‘llamasdan yoki minimal tarzda qo‘llash bilan erishishga harakat qilmoqdalar. Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, askarlarning nobud bo‘lishi (Vetnam, Iroq va Afg‘onistondagi urush) jamiyatda salbiy ta’sirlanishlarni keltirib chiqaradi va uning saylovchilik faolligiga ta’sir etadi, bu esa o‘z navbatida shunga olib keladiki, 219 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 bunday qulay fursat, qaysidir namoyondaning hokimiyatga kelishini belgilaydi. Shunga bog‘liq holda, ayniqsa harbiy rahbariyat harbiy ishda ilmiy yutuqlarni qo‘llashni taklif qilmoqda. Jangovar robotlarni yaratish XXI asrning “yorib o‘tish” yutuqlari hisoblanadi, ular yaqin kelajakda qurolli kuchlarni qo‘llashning shakli va natijalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Insonni almashtiradigan qurilmalarni yaratishga bo‘lgan intilishlari avvaldan bo‘lgan. Bunday birinchi qurilmani 1898 yilda Nikola Tesla namoyish etgan, bu qurilma radio orqali berilgan komandalarni bajaruvchi mitti kemachaning modeli bo‘lgan. Tankning masofadan turib boshqariladigan g‘oyasi Birinchi jahon urushida ham, Ikkinchi jahon urushida ham taklif qilingan. Chernobil AESidagi halokatlarni bartaraf etishda, masofadan boshqariladigan, to‘siqlarni oluvchi muhandislik mashinalaridan foydalanish, o‘lim xavfi bo‘lgan hududlarda insonlarning hayotini saqlab qolishga imkon berdi. Hozirgi vaqtda, robotlashgan texnik komplekslar harbiy ishda inqilobni amalga oshirdi. Ular turli vazifalarga mo‘ljallangan razvedka o‘tkazish, razvedka qilish, zarba berish, osmonni qo‘riqlovchi o‘q–dorilar, uchuvchisiz uchish apparatlari – “KAMIKADZE” va boshqalar. Uchuvchisiz uchish apparatlar juda keng tarqalmoqda. Oxirgi vaqtlardagi turli qurolli mojarolarda (Afg‘oniston, Suriya, Tog‘li Qorabog‘, Ukraina) uchuvchisiz uchish aparatini qo‘llash tajribasi shuni ko‘rsatdiki, qarama – qarshi tomonning tayyorlangan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimining mavjud emasligi, mojaroning natijasi avvaldan ma’lum bo‘ladi, shaxsiy tarkibning va texnikaning, ayniqsa tank va jangovar mashinalarning yo‘qotilishida, qurollanishida uchuvchisiz uchish aparatlariga ega bo‘lgan tomonga g‘alaba qilish imkoni bo‘ladi. Birinchi avlod uchuvchisiz uchish aparatlarining asosiy kamchiligi bo‘lib, tashqi ta’sirlardan boshqarish tizimini himoyalash hisoblanadi. So‘nggi vaqtlarda, to‘liq avtonomlashgan robotlashgan texnik komplekslar yaratishga bo‘lgan intilishlar kuzatilmoqda, ular nafaqat odamlar bilan ishlash imkonini beradi, balki, suniy intellektning elemenlaridan foydalanish bilan, mustaqil ravishda, vazifalarni bajarish imkoniga ham ega bo‘ladilar. Rossiya Federatsiyasining havo kosmik kuchlariga tegishli bo‘lgan, “Oxotnik” deb nomlangan va istiqbolli sanalgan uchuvchisiz uchish aparatlariga jangovar vazifalarni SU-57 samolyotining uchuvchisi va uning bort kompyuteri bilan majmuaviy (kompleks) tarzda hal qilishga qodir yoki vazifalarni samolyotdan ancha olis masofada mustaqil ravishda hal qiladi ya’ni uchuvchi ehtimoldagi dushmanning hududi bo‘yicha zarbalarni, samolyotning dushman havo hududiga kirmasidan berishi mumkin. Intellekt jadallik bilan rivojlanmoqda, hal qilinadigan vazifalarning ko‘lami kengaymoqda, hamda uchuvchisiz uchish aparatni bazalash usullari ko‘paymoqda. Yagona bazaviy platforma yaratilmoqda, ulardan harbiy harakatlarning barcha teatrlarida foydalanish mumkin bo‘ladi, bu uchuvchisiz guruhning funksional 220 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi, hamda tug‘iladigan tahdidlarga bo‘lgan sezgining tezligi va moslashuvchanligini oshiradi. Uchuvchisiz uchish aparatlarning avtonomligi ortib bormoqda. Hozirda istiqbolli apparatlarga havodagi nishonlarni tutib olish, quruqlikdagi qo‘shinlarni qo‘llab – quvvatlash, radioelektron kurashning vazifalarini bajarish uchun uchuvchisiz uchish aparatini foydalanish, havo hujumidan mudofaa tizimini bostirish, aloqani ta’minlash va boshqa funksiyalari joriy etilmoqda. Qidiruv – qutqaruv va evakuatsiya ishlari uchun ham uchu

Доказательный фрагмент

«The article is dedicated to highlighting the important factors of robotic technical complexes and the main directions of their use in modern military conflicts.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article is dedicated to highlighting the important factors of robotic technical complexes and the main directions of their use in modern military conflicts. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
military conflicts, robotic technical complexes, main areas of, harbiy mojarolar, foydalanishning asosiy yo‘nalishlari, uchuvchisiz uchish aparatlari, alohida jangovar vazifalar., robotlashgan texnik komplekslar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники