К содержанию
РецензированоRU2026

YOSHLARNING ILMIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHDA ILM-FAN VA INNOVATSION G’OYALARNI O’RNI

Misirova Gulhayo Utkir qizi · Mamanova Zulxumor Shamsiddin qizi

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

В данной статье анализируется процесс развития научного мышления у молодежи в современных условиях. В частности, подробно освещается влияние науки и инноваций на мышление молодого поколения, проводимые реформы в современной системе образования, приоритетные направления государственной политики, создаваемые условия для одаренной молодежи, а также роль международных программ и грантов. Кроме того, указаны методы формирования прочного научного мировоззрения в сознании молодежи посредством цифровых технологий, стартапов и платформ, стимулирующих креативное мышление, а также пути развития творческого мышления молодежи. 201 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Ключевые слова: Научное мышление, наука, инновация, образование, молодежь, технология Bugungi kunda O‘zbekistonning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri bu – yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirishdir. Bunda ularning ilm-fan bilan shug‘ullanishi, ilmiy tafakkurini shakllantirish, innovatsion fikrlashga o‘rgatish muhim o‘rin tutadi. Ilm-fan jamiyat taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusdan biri aynan yoshlarning ilm-fan va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan. Innovatsiya – foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan mahsulot (tovar, xizmat) yoki jarayon, sotuvlarning yangicha uslubi yoki ish amaliyotidagi, ish o‘rinlarini tashkil etishdagi va tashqi aloqalarni o‘rnatishdagi yangi tashkiliy uslub hisoblanadi. “Bugungi kunda dunyoda innovatsion g‘oyasiz, ilm-fan yutuqlarisiz bironta sohaning rivojlanishi mumkin emas” [1, 85-b]. Davlat innovatsion siyosatining asosiy maqsadlaridan biri bu innovatsion faoliyat yuritish uchun mahalliy mahsulotlarimiz raqobatga bardoshining o’sishi, fan- texnika yutuqlaridan samarali foydalangan holda huquqiy va tashkiliy sharoitlar yaratishni mustahkamlashdan iborat hisoblanadi. Ilmiy soha ya’ni faoliyat davlat siyosatining eng faol sohasi bo’lib kelgan va bundan keyin ham shunaqa bo’lib qoladi. Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda 16–30 yosh oralig‘idagi yoshlarning 23% ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanmoqda. Bu raqam yil sayin ortib bormoqda. Innovatsion fikrlash – bu an’anaviy usullarni emas, balki yangi texnologiyalar va g‘oyalar yordamida muammoga yechim topish san’atidir. Misol uchun, Toshkent shahridagi IT Park doirasida 2023-yilda 120 dan ortiq startap loyihasi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ulardan 75% ini yoshlar tashkil qiladi. Shuningdek, Xalqaro matematika va informatika olimpiadalarida O‘zbekistonlik o‘quvchilar yuqori natijalarni ko‘rsatib, dunyo sahnasida o‘z iste’dodini namoyon etmoqda. O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish borasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan: Fan olimpiadalari tizimi takomillashtirildi. So’nggi yillarda O’zbekistonda yoshlarning ilmiy faoliyatga qiziqishini orttirish, ularning salohiyati va iqtidorini to’liq ro’yobga chiqarish qobiliyatli yoshlarni aniqlash maqsadida fan olimpiadalarini takomillashtirish bo’yicha zarur choralar amalga oshirilmoqda. Bosqichma-bosqich va shaffof tanlov tizimi, raqamlashtirish va onlayn o’tkazish, respublika bosqichi go’liblari oliy ta’lim muassalariga imtihonsiz qabul qilishi va maxsus stipendiyalar hamda xalqaro musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatlariga ega bo’lishlari, iqtidorli yoshlar xalqaro olimpiadalarga tayyorlanib,ularda ishtirok etib, O’zbekiston nufuzini dunyoda oshirishga o’z hissalarini qo’shib kelishmoqda. 202 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Magistratura va doktorantura yo‘nalishlarida grantlar soni ko‘paytirildi.O’zbekistonda oliy ta’limning yuqori bosqichlarini — magistratura va doktorantura tizimini rivojlantirish borasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ilmiy salohiyatli kadrlar tayyorlash, fan rivojini ta’minlash va innovatsion g‘oyalarni hayotga tatbiq etish maqsadida ushbu yo‘nalishlar uchun ajratiladigan davlat grantlari soni yildan-yilga oshib bormoqda. Magistratura bosqichida ustuvor ilmiy yo‘nalishlar — axborot texnologiyalari, muhandislik, biotexnologiya, pedagogika, tibbiyot kabi sohalar uchun grant asosida o‘qish imkoniyati kengaytirildi. Bu, bir tomondan, yoshlarning ilmiy tadqiqotlarga bo‘lgan qiziqishini oshirsa, ikkinchi tomondan mamlakatda innovatsion taraqqiyot uchun kuchli zamin yaratmoqda. Doktorantura bosqichida esa PhD va DSc dasturlariga qabul kvotalari sezilarli darajada oshirildi. Shu bilan birga, doktorantlar uchun ilmiy maqolalar yozish, xalqaro jurnallarda chop ettirish, xorijda tajriba orttirish kabi imkoniyatlar kuchaytirildi. Ko‘plab yosh olimlar xorijiy hamkorlik doirasida grant asosida tahsil olib, o‘z ilmiy loyihalarini global maydonga olib chiqmoqdalar. Mazkur islohotlar natijasida O‘zbekistonda zamonaviy ilm-fan rivojlan

Доказательный фрагмент

«В данной статье анализируется процесс развития научного мышления у молодежи в современных условиях.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье анализируется процесс развития научного мышления у молодежи в современных условиях. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Scientific thinking, science, innovation, education, youth, yoshlar, innovatsiya, Ilmiy tafakkur, ta’lim, texnologiya, ilm-fan
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники