К содержанию
РецензированоUZ2026

ZAMONAVIY AXLOQIY TARBIYANING YUTUQLARI VA KAMCHILIKLARI

Toxirova Sarvinoz Shuhrat qizi · Shonazarova Nilufar Shuhrat qizi

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada yoshlarni axloqiy tarbiyasi va uning ta’sirchan omillari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, yoshlarni axloqiy tarbiyalashda mahalla, oila, maktab va jamoa tashkilotlarining birgalikdagi faoliyati muhim ahamiyat kasb etishi bayon etilgan. Kalit so‘zlar: Ahloqiy tarbiya, hulq-atvor, burch va ma’suliyat, vijdon, or- nomus, sadoqat, ezgulik,odamiylik,halollik, fidoiylik,mehr- oqibat,vijdoniylik,adolat, ma’naviy barkamol, jismoniy sog‘lom va boshqalar. Аннотатсия: В статье обсуждается нравственное воспитание молодежи и его факторы, влияющие на нее. Также было отмечено, что совместная работа сообщества, семьи, школы и общественных организатсий играет важную роль в нравственном воспитании молодежи. Ключевые слова: Нравственное воспитание, поведение, долг и ответственность, совесть, честь, верность, доброта, человечность, честность, преданность, доброта, добросовестность, справедливость, духовная зрелость, физическое здоровье и т.д. Annotation: This article discusses the moral education of young people and its influential factors. It was also noted that the joint work of community, family, school and community organizations plays an important role in the moral education of young people. Keywords: Moral education, behavior, duty and responsibility, conscience, honor, loyalty, kindness, humanity, honesty, devotion, kindness, conscientiousness, justice, spiritual maturity, physical health and so on. O‘z ma’naviy hayoti va kelajagini qurayotgan har bir davlat ezgulik, odamiylik, halollik, fidoiylik, mehr-oqibat, vijdoniylik,adolat singari axloqiy qadriyatlar asosida shakllanadi va mustahkamlanadi. O‘sib kelayotgan yosh avlod dunyoqarashi va ongini axloqiy qadriyatlar asosida shakllantirish va amalda qo‘llashni o‘rgatish barkamol avlodni har davrda uzviy o‘sishini ta’minlaydi. Ma’lumki, jamiyat hayotida komil insonni tarbiyalash nafaqat zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish, balki ma’naviy yetuklik va axloqiy yuksaklikka tayanishni ko‘p jihatdan talab etadi. Shu masalalar bilan mushtarak bo‘lgan ona Vatanga sadoqat va fidoiylik fazilatlarini 196 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 shakllantirish o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Bular zamirida oilalar,ta’lim maskanlari hamda mahallalarda beriladigan ta’lim-tarbiya ishlari katta o‘rin egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “hurmatli domlalarimiz va professor- o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi - yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir”[1]. Mazkur maqolada yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqib, yoshlarni axloqiy tarbiyalashning ta’sirchan omillari fikr yuritish maqsad qilib qo‘yildi. Axloqiy tarbiya – bolalar tarbiyasining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Bola shaxsiyati hayotning birinchi yillaridan boshlaboq shakllanib boradi. Bola har kuni ko‘rib, eshitib yurgan narsalarga qarab o‘z atrofidagilarga nisbatan tegishli munosabatda bo‘ladi. Kattalarning yurish turishi, qiladigan hatti- harakatlari, bolaga va atrofdagi odamlarga qanday qarashi – mana shularning hammasi bolaning ma’naviy qiyofasi shakllanib borishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham bolalarga go‘daklik vaqtidan boshlaboq axloq tarbiyani berib borish zarur. Bu tarbiya bolalardan axloq sezgilarini, yaxshi muomalada bo‘lish va axloqli yurish-turish odatlarini tarbiyalash, insonning ma’naviy fazilatlari kabi tasavvurlarni shakllantirishdan iborat. Bolalarni axloq-odobli qilib tarbiyalash uzoq muddatli, mashaqqatli jarayon bo‘lib, bu jarayonda bolaning hulq-atvori, odob axloqi shakllanib borishi hech kimga sir emas. Bolalarda axloq, hulq-atvor va hatti-harakatni tarbiyalashda ularda so‘z va ish birligini ta’min etish katta ahamiyatga ega. Darhaqiqat, “Bolaning odobli, axloqli va mehnatsevar bo‘lib o‘sishlari uchun har bir oiladagi sharoit, oila boshliqlarining namuna bo‘lishlari xal qiluvchi ahamiyatga egadir. Ularning yaxshi odatlari, muomila madaniyat, so‘zi bilan ishi birligi farzandlar uchun ibratdir”[2]. Bunga ko‘pchilik ota- onalar amal qilishmaydi. Shuni aytish kerakki, bolalik davrida hosil qilingan odatlar asta-sekin bola qalbida mustahkamlanib, singib qoladi. Shuning uchun ham kundalik turmushda bola odamlarning bir-biriga hurmat- e’tibor bilan qarashini, o‘zaro yordam berib turishini, muloyimligi, sofdilligi, mehnatsevarligi kabi madaniy axloq namunalarini ko‘rib turadigan bo‘lishi kerak. Axloqiy tarbiya bolaning kelgusida ota-onalarga atrofdagi kishilarga, jamoaga, jamiyatga, ona-vatanga, mehnatga, o‘z burchiga munosabatini belgilaydi va asta- sekin shakllanib boradi. Axloqiy tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyatga munosib bo‘lish, burch va ma’suliyat, vijdon, or-nomus, sadoqat kabi insoniy fazilatlarni har bir bolaning ezgu niyatiga aylantirishdan iborat. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, bolalarda axloqiy fazilatlarni shakllantirishda jamiyat va undagi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada yoshlarni axloqiy tarbiyasi va uning ta’sirchan omillari haqida fikr yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada yoshlarni axloqiy tarbiyasi va uning ta’sirchan omillari haqida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Moral education, behavior, duty and responsibility, conscience, vijdon, adolat, sadoqat, jismoniy sog‘lom va boshqalar., or- nomus, odamiylik, halollik, fidoiylik, burch va ma’suliyat, mehr- oqibat, hulq-atvor, ma’naviy barkamol, Ahloqiy tarbiya, ezgulik, vijdoniylik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники