К содержанию
РецензированоUZ2026

ZIRHLI TANK QUROL VA TEXNIKALARIGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISHNING MUAMMO VA YECHIMLARI

Mavlyutov Radislav Kamilovich · O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

This article examines the problems and solutions for the maintenance of armored weapons and equipment. At the same time, views and opinions on combat tasks, maintenance of armored tank weapons and equipment as the main means of ensuring security and increasing combat effectiveness have been expressed in the system of the Ministry of Defense. Keywords: armored tank weapons and equipment, problems and solutions, improving efficiency, improving the quality of education, combat mission, maintenance. Kirish. Zirhli tank qurol va texnikalari O‘zbekiston Respublikasi mudofaa tizimida muhim rol o‘ynaydi. Ular jangovar vazifalar, xavfsizlikni ta’minlash va jangovar samaradorlikni oshirishda asosiy vositalardan biridir. Zirhli tank qurol va texnikalarining eng muhim komponentlaridan biri ularning ichki yonuv dvigatellari. Dvigatelga sifatli texnik xizmat ko‘rsatish dvigatelning ishlash samaradorligiga bevosita ta’sir qiladi. Ayniqsa, jangovar sharoitda dvigatelning ishlashi muhim ahamiyatga ega, chunki u texnikaning harakatlanishi, tezligi va manyovirchanligini 183 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 ta’minlaydi. Shu bilan birga, ichki yonuv dvigatellariga texnik xizmat ko‘rsatishdagi muammolar ko‘pincha texnikaning ishdan chiqishiga, o‘rnatilgan motoresurs muddati bajarilmasligiga olib keladi, bu esa foydali samaradorlikka salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun, Zirhli tank qurol va texnikalarining dvigatel tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish muammolarini aniqlash va ularni yechish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Asosiy qismi. Zirhli tank qurol va texnikalarining ishlash samaradorligini ta’minlash uchun doimiy texnik xizmat ko‘rsatish zarur. Texnik xizmat ko‘rsatish — bu texnikalarni doimiy ravishda jangovar shay holda ushlab turish maqsadida, ularga texnik tavsifi va foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalarida keltirilgan tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish, shuningdek, ularning agregat va detallarining ishlashini tekshirish kabi ishlardan iborat. Dvigatel tizimlariga xizmat ko‘rsatish juda muhim, chunki dvigatel texnikaning asosiy agregatlaridan biridir. Dvigatelning ishonchli ishlashining barqarorligi va samaradorligi jangovar vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishda vaqti- vaqti bilan aniqlanadigan nosozliklardan xalos bo‘lishda katta ahamiyatga ega. Zirhli tank qurol va texnika — bu harbiy harakatlarda, jangovar va transport vazifalarini bajarishda ishlatiladigan maxsus texnikalaridir. Ular qurollar, maxsus himoya tizimlari va yuqori o‘tuvchanlik qobiliyatiga ega. Zirhli tank qurol va texnikalari ikki guruhga bo‘linadi: Zirhli tank qurollariga - tanklar, BTR, BMP va o‘ziyurar artillyeriya qurulmalari kiradi. Zirhli tank texnikalariga - tyagachlar, harakatdagi ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish vositalari va motosikllar kiradi. Ular asosan jangovar maydonlarda yoki xavfli hududlarda qo‘llaniladi, chunki ular kuchli himoya, tezlik va yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. Zirhli tank qurol va texnikalari asosan yengil va o‘rta og‘ir jangovar mashinalar bo‘lib, ular jang maydonlarida ko‘p turdagi vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan. Eng ko‘p qo‘llaniladigan Zirhli tank qurol va texnikalari quyidagilar: Tanklar: Jangovar sharoitda eng yuqori himoya va qurollanishga ega bo‘lgan texnika. Dvigatelining yuqori quvvatini talab etiladi. Zirhli transportyorlar (BTR): Kengroq o‘lchamda, ammo tanklarga nisbatan yengilroq, ko‘proq piyoda askarlarni tashishda foydalaniladi. Piyodalar jangovar mashinalari: Ular yuqori tezlik va manyovrchan, asosan razvedka va tezkor harakatlar uchun ishlatiladi. Yengil zirhlangan mashinalar: Avtomobil shasisiga o‘rnatilgan zirhli avtomobil bo‘lib, razvedka ishlarini olib borish, shaxsiy tarkib, qurol-aslaha, yonilg‘i- moy, oziq-ovqat mahsulotlarini tashish va jang maydonidan yaradorlarni olib chiqish, shuningdek, tibbiy ko‘chma sanitar punkti vazifalarini bajarish uchun mo‘ljallangan. Texnik xizmat ko‘rsatishdagi muammoli jihatlar Zirhli tank qurol va texnikalarining ichki yonuv dvigatellariga texnik xizmat ko‘rsatishda quyidagi muammolar kuzatiladi: 184 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Dvigatel mexanizm, osma agregatlari va tizim detallariga yetib borishning qiyinligi: Dvigatelning qismlari ko‘pincha zich joylarda bo‘lib, texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida mexanik-haydovchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislarga qiyinchilik tug‘diradi. Texnik va maxsus asbob-uskunalar yetishmasligi: Texnik xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan yuqori texnologiyalarga ega bo‘lgan maxsus asbob- uskunalarning kam sonliligi yoki umuman yuqligi. Malakali mutaxassislarning yetishmasligi: Ustalar va mexanik- haydovchilarning maxsus bilimlari va tajribalarining kamligi, ayniqsa, murakkab va maxsus dvigatellarda, texnik xizmat ko‘rsatishni qiyinlashtiradi. Bunga asosiy sabablari bevosita bo‘linma komandirlari va ularning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosa

Доказательный фрагмент

«This article examines the problems and solutions for the maintenance of armored weapons and equipment.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the problems and solutions for the maintenance of armored weapons and equipment. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
armored tank weapons and equipment, problems and solutions
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники