К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI UCHUN O‘Z-O‘ZINI BAHOLASHDA KREATIV, TEXNOLOGIK METODLAR VA O‘YINLAR

Adinamatova Dono Ilxom qizi

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

Maqolada globallashuv davrida o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda ularda o‘ziga-o‘zi baho berishni shakllantirish va uni rivojlantirishda foydalansa bo‘ladigan, samarali noodatiy va hozirgi kundagi texnologiyaga xos bo‘lgan metodlar, qolaversa o‘yinlar orqali baholashga o‘rgatish to‘g‘risida fikr yuritiladi. Kalit so`zlar: o ‘zini baholash, xatolar, qiyinchiliklar, “Traffic LightSystem” svetofor o ‘yini, “Yashil” va “Qizil” chiroq, 1dan 4gacha barmoqlar, suhbat, videorolik, “Rene Jilya” testi, “Zina” testi, Kahoot, Quizizz. Barchamizga ma’lumki, XXI asr texnologiyalar asri hisoblanadi. Shunday ekan, texnologiyalar rivojlanib borar ekan, kelajak avlodlar ham ularga moslashib boradi. Shulardan biri bo‘lgan, yurtimizga endi kirib kelayotgan tushunchadan biri bu o‘quvchilarda o‘zini-o‘zi baholay olish tushunchasidir. O‘z-o‘zini baholash – o‘quvchining o‘z imkoniyatlari, qobiliyatlari, shaxsiy sifatlariga bo‘lgan obyektiv munosabatini ifodalovchi tushuncha. O‘z-o‘zini baholash shaxsning bilish faoliyati, atrofdagi odamlar va moddiy borliqqa munosabatining ifodasidir. Andrade H.G. ta’kidlashicha, o‘quvchilarda ushbu qobiliyatni shakllantirish orqali ularga o‘z faoliyatlari va natijalari haqida tahlil qilishni o‘rgatadi. Bu ularning shaxsiy javobgarlik va o‘z xatolarini tan olish, o‘rganish jarayonidagi muvaffaqiyatlarini aniqlash qobiliyatlarini oshiradi[1].. O‘z- o‘zini baholash uchun o‘quvchilarga mo‘ljallangan ko‘plab metodikalar, o‘yinlar mavjud. Quyida ularning bir nechtasi keltirilgan:  Omma orasida eng ko‘p qo‘llaniladigan metodlar biri “Taffic Light System” ya’ni Svetofor o‘yini hisoblanadi. Ushbu o‘yinni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan birgalikda sinfda o‘tkazish maqsadga muvofiq. Bu o‘yin fanlar kesimida “Yangi mavzuni mustahkamlash”, “Bo‘lim yuzasidan takrorlash”, “Mustahkamlash” darslaridan so‘ng o‘tkazilsa foydali bo’ladi. O‘yin orqali o‘quvchilar o‘zlarining mavzularni qanchalik yaxshi tushunganini anglab oladi va keying safar yanada yaxshi o‘rganishga harakat qiladi. O‘yinda har bir o‘quvchi uchun 3 xil rangdagi (qizil, sariq, yashil) aylana shakldagi kartochkalar beriladi. Kartochkalar quyidagilarni ifodalaydi: 131 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Men topshiriqlarni yordamlarsiz bajara oldim. Men ba’zi topshiriqlarni bajarishda qiyinchilikka duch keldim. Men deyarli topshiriqlarni bajara olmadim. Ko‘p qiyinchilikka duch keldim.  Keyingi metodlardan biri bu 1dan 4gacha baholash metodikasi bo‘lib, barmoqlar yordamida bajariladi. Buni ko‘pincha mustaqil bajariladigan topshiriqlar uchun qo‘llagan ma’qul. 1dan 4gacha bo‘lgan raqamlar quyidagilarni anglatadi: 1. Buni hammasini yordam orqali bajardim. Umuman tushunmadim. 2. Tushunib bajarishga harakat qildim, lekin chalkashliklar bo`ldi. 3. Men misollar orqali yoki yordam bilan bajardim. 4. Men buni o‘zim bajardim va yaxshi tushundim. Ushbu metodda o‘quvchilar dars yakunida barmoqlari yordamida 1,2,3,4 raqamlarini ko‘rsatadi. Bu orqali o‘qituvchi mavzuni nechta o‘quvchi yaxshi tushungan tushunmaganligini, nechta o‘quvchida nimada qiyinchiliklar bo‘lganini aniqlay oladi.  “Qizil-chiroq yoki yashil-chiroq” metodi O‘quvchilar har bir topshiriqni yakunlaganidan keyin, “qizil” yoki “yashil” chiroqni tanlab, o‘z ishlari haqida baho berishadi. “Yashil” — ishni muvaffaqiyatli bajardim, “qizil” — ishni to‘liq tugatmadim yoki xatolarim bor. Bu metod o‘quvchilarga o‘z muvaffaqiyatlarini va xatolarini aniq ko‘rsatadi.  Bundan tashqari suhbat orqali o‘quvchilarda o‘zini-o‘zi baholash qobiliyatini paydo qilish va rivojlantirish mumkin. Bu o‘qituvchi yoki darsdan tashqari ota-ona bilan o‘tkaziladi. O‘tkazilish tartibi: Maktabda: o‘qituvchi dars so‘ngida baholash qismiga kelganda har bir o‘quvchidan bir nechta savollar so‘rashi zarur: 1. Sen bugun o‘zingni dars davomida qanday his qilding? 2. O‘zingni bugungi ishtirokingni qanday baholaysan? 3. Nima uchun bu bahoga loyiqman deb o‘ylaysan? Past baho berilsa: 4. Keyingi safar yaxshi baho olish uchun nima qilmoqchisan? Bu orqali o‘quvchi o‘zining xatolarini anglaydi va ularni keyingi darslarda to‘g‘irlashga harakat qiladi. Rivojlanish va darsni yaxshi tushunish uchun samarali metod hisoblanadi. Uyda: Buni ta’limiy maqsadda emas, balki tarbiyaviy maqsadda qo‘llash yana ham foydali bo‘ladi. Ota-ona farzandi uchun biror tarbiyaviy videorolik, sahna 132 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 ko‘rinishi, ertak, hikoya, she’riy misralar tayyorlaydi. Masalan, “Telefon” nomli videorolikni ko‘rsatadi. Ushbu videorolikda ustozga ota-ona tomonidan tahdid, telefon darsda qanday zarar berayotganini, o‘quvchi telefon orqali qolgan o‘quvchilarni darsga bo‘lgan munosabati pasayishiga sababchi bo‘layotgani, telefondan nima maqsadda foydalanayotgani tasvirlangan. Ushbu rolikdan so‘ng ota- ona farzandiga ushbu savollarni berish orqali tarbiyaviy tomonlam

Доказательный фрагмент

«Maqolada globallashuv davrida o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda ularda o‘ziga-o‘zi baho berishni shakllantirish va uni rivojlantirishda foydalansa bo‘ladigan, samarali noodatiy va hozirgi kundagi texnologiyaga xos…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada globallashuv davrida o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda ularda o‘ziga-o‘zi baho berishni shakllantirish va uni rivojlantirishda foydalansa bo‘ladigan, samarali noodatiy va hozirgi kundagi texnologiyaga xos… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“Traffic LightSystem” svetofor o ‘yini, “Zina” testi, “Yashil” va “Qizil” chiroq, 1dan 4gacha barmoqlar, videorolik, suhbat, Kahoot, “Rene Jilya” testi, o ‘zini baholash, xatolar, qiyinchiliklar, Quizizz.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ФилологияRUРецензированоОткрытый доступ
Контекстуальное согласование семантических образований и их эстетико-эмоциональное воздействие на описание языковой картины мира

Иностранная филология: язык, литература, образованиеЭМОЦИОНАЛ ТАЪСИРИ, Даниева М.Дж.2019

3