Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016
O‘ZBEK MARSHALI ALIXON TO‘RA SOG‘UNIYNING HAYOT YO‘LI VA IJODIY ME’ROSI
IJODIY ME’ROSI · TORA SOGUNI · АЛИХАНА ТОРА СОГУНИ · Amirqulov Feruz To‘rayevich
Interpretation and researches · 1 · 1916
Аннотация
В статье рассказывается о непростой жизни и деятельности Алихана Торa Согуни. В результате советских репрессий он с семьей переехал в Восточный Туркестан. Раскрывается его участие в восстании 1916 года, особенно в национально-освободительном движении в Восточном Туркестане. Он участвовал в создании Исламской Республики Восточного Туркестана. Также освещается политика Советского Союза и китайского правительства в этой стране. Ключевые слова. Алихан Тора Согуни, царское правительство, национально-освободительное движение, Восточно-Туркестанская Исламская Республика, Советский Союз, политика, Туркестанская скорбь. 128 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Kirish. O‘zbek xalqining farzandi, yetuk ulamo hamda tabib Alixon To‘ra Sog‘uniy 1885 yilda hozirgi Qirg‘iziston Respublikasining To‘qmoq shahrida ziyoliy oilada dunyoga keldi. Yoshlik davri boshqa tengqurlari kabi qiyinchilikda o‘tkazdi. Ilim olish yo‘lida ko‘plab shaharlarda bo‘ldi. Boshlang‘ich ilmini dastavval To‘qmoq shahridagi maktabda keyichalik esa Buxorodagi madrasada islom fiqhi, ilohiyot va adabiyot bo‘yicha ilm oldi. Oliy ma’lumotli, dindor kishi bo‘lgan. Musulmonlarning muqaddas shaharlari hisoblangan Makka va Madinada ham bo‘ldi. Birinchi jahon urushi davrida Chor hukumatining mahalliy aholini mardikorlikka olish to‘g‘risidagi farmoni qarshi xalq noroziligida qatnashdi. Musulmon diyoridagi Rus zulmiga qarshi 1916 yildagi qirg‘iz xalqining qo‘zg‘alonida ishtirok etdi. XX asrning 30-yillarida Markaziy Osiyoda Sovet davlatlari tashkil etilishi natijasida o‘lkada repressiya kuchaydi. U Sharqiy Turkistonga oilasi bilan ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ladi. Alixon To‘ra vatanini qattiq sevadi hattoki, uni tashlab chiqishga majbur bo‘lsa ham u kurashini Sharqiy Turkistonda davom ettiradi. Asosiy qism. Sharqiy Turkiston Islom Jumhuriyatining tashkil etilishada katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan Xitoy hukmronligidan ozod bo‘lishga intilgan Sharqiy Turkistonning istiqlol harakatida faol ishtirok etdi. Alixon To‘ra Sog‘uniy tomonidan G‘ulja shahrida 1943 yilda “Ozodlik tashkiloti” tuzildi5. Uning raisi Alixon To‘ra, Ivan Polinov va Rahimjon uning muovin, Qosimjon Qambariy esa tashkili ishlar muovini, Aleksandr Ramanov harbiy shtab boshlig‘i, Nuriddinbek esa Markaziy idorning xavfsizligini ta’minlash yuklatildi6. Uzoq davom etgan kurashlardan so‘ng 1944 yilda Sharqiy Turkiston Islom Jumhuriyati tashkil topadi. Unga Bosh jumhur bo‘lib saylanib, Marshal rutbasini oladi. Alixon To‘ra Sog‘uniy tuzilgan yosh davlatni tezda oyoqqa turg‘azib mustaqil bo‘lishiga harakat qildi. Tuzilgan davlat islom qonunlariga asoslanishi e’lon qilindi. Ijtimoy-iqtisodiy soha hamda boshqaruv sohasida islohatlar o‘tkazib, xalqning ahvolini yaxshi bo‘lishiga harakat qildi. Xitoy hukumatining mahkamalarini tugatdi. Alixon To‘ra Sog‘uniy Sharqiy Turkistonda yashovchi turkiy musulmon xalqlarn birlikka chaqiradi. Mustaqillik tantanasi kunida xalqqa yuzlanib, “Xaloyiq men-taronchiman, u qozoq, sen-qashqarlik” degan zararli so‘zlardan chek qo‘yishga chaqirgan, hadislardan misol keltirib xalqni ittifoq bo‘lishga chaqirgan. Darhaqiqat, u kishi aytganidek “Insonning qadrlab-suygan to‘rt narsasi bordur. Birinchisi, har bir inson o‘z erki va ixtiyoriga ega bo‘lishi, ikkinchisi, haloldan topgan mulki, uchinchisi, tug‘ilib o‘sgan, ota-bobosidan qolgan vatani, to‘rtinchisi, asrab-avaylab kelayotgan dini”. Ko‘rib turganimizdek, Alixon To‘ra Sog‘uniyning nafaqat ilmli 5 Alixon To‘ra Sog‘uniy Turkiston qayg‘usi. –Toshkent: Sharq, 2024. –B.290. 6 Shu asarda. –B.297. 129 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 inson balki, vatan fidoyisi bo‘lganini ushbu so‘zlardan bilib olishimiz mumkin. Ammo, Sovet ittifoqi Sharqiy Turkistondagi vaziyatdan havotirlanib, Alixon To‘rani 1946 yilning yozida uni o‘g‘rilab ketadi7. Toshkentga olib kelib, uni uy qamog‘ida saqlashadi. Sovet hukumati Sharqiy Turkistonda ham “Bo‘lib tashla, hukmronlik qil” shioriga amal qiladi. Bu holat albatta, milliy-ozodlik harakatiga o‘zining ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi. Natijada, Sharqiy Turkiston Sovet hukumatining yordami bilan Xitoy tomonidan egallandi. Mamlakatdagi ziyolilar bir qismi qochib ketishga majbur bo‘ladi, qolgani esa xitoy kommunistlari tomonidan qatag‘on qilindi. Alixon To‘ra qolgan hayotini Toshkentda o‘tkazib hayotini ijodga bag‘ishladi. Uning asarlari go‘yoki hozirgi yoshlar uchun chaqriqqa o‘xshaydi. “Turkiston qayg‘usi” nomli asari 1917-1950 yillar orasida yozilgan tarixiy-publitsistik asar hisoblanib, unda Turkiston xalqlarini bosqinchilarga qarshi kurashi, milliy-ozodlik harakati qatnashchilari haqida ma’lumotlar berilgan. O‘z navbatida mavjud ijtimoiy-siyosiy tizim, xalqning ijtimoiy ahvoli yoritib berilgan. “Tarixi Muhammadiy” asari Alixon To‘ra Toshkentga olib ketilgandan so‘ng yozilgan. Bu asar payg‘ambarimi
Доказательный фрагмент
«В статье рассказывается о непростой жизни и деятельности Алихана Торa Согуни.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассказывается о непростой жизни и деятельности Алихана Торa Согуни. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Alikhan Tora Soguni, tsarist government, national liberation, Sovet Ittifoqi, Turkiston qayg‘usi., Alixon To‘ra Sog‘uniy, podsho hukumati, milliy-ozodlik harakati, siyosat, Sharqiy Turkiston Islom Respublikasi
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025