К содержанию
РецензированоRU2026

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INFOGRAFIKA USLUBIDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Xo‘jayeva Dilrabo Furqat qizi · Shirinov Muzaffar Kucharovich

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

В данной статье анализируется значение метода инфографики в процессе начального образования, его дидактические возможности и роль в развитии мышления учащихся. Раскрываются особенности визуальной передачи сложных понятий, структурированного анализа учебного материала и его осознанного усвоения с помощью инфографики. Также изучается эффективность применения инфографики как современного педагогического средства и её влияние на мотивацию учеников младших классов к обучению. Ключевые слова: Инфографика, начальное образование, визуальное обучение, педагогическая технология, эффективность, учебная мотивация, инновации. Annotation: This article analyzes the role of the infographic method in primary education, its didactic potential, and its importance in the development of students' thinking. It highlights the advantages of delivering complex concepts visually and clearly, structuring educational content, and enhancing conscious learning. The article also explores the effectiveness of infographics as a modern educational tool and its impact on primary school students’ motivation to learn. Keywords: Infographic, primary education, visual learning, pedagogical technology, effectiveness, learning motivation, innovation. 123 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Kirish: Zamonaviy ta’limda vizual vositalar orqali ta’lim samaradorligini oshirish dolzarb masalaga aylangan. Ayniqsa boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun murakkab tushunchalarni soddalashtirish, tushunarli qilib yetkazish va diqqatni jamlashda grafik, rasmli, belgili ko‘rinishlar katta ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan infografika vositasi pedagogik texnologiyalar ichida alohida o‘rin egallaydi. Infografika bu murakkab axborot va ma’lumotlarni soddalashtirilgan, grafik tasvirlar orqali ifodalovchi vositadir. Infografika matn, raqam, diagramma, belgi va grafik elementlar uyg‘unligida ma’lumotni tez va tushunarli tarzda yetkazish imkonini beradi. Ta’limda infografika o‘quvchining diqqatini jalb qilish, mavzuni vizual idrok etish, mantiqiy tafakkur va tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirishda xizmat qiladi. O‘zbekiston ta’lim tizimida so‘nggi yillarda interfaol va innovatsion metodlarga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. O‘zbekiston 2030 strategiyasi, Yangi O‘zbekiston g‘oyasi doirasida ta’limda yangi texnologiyalar, xususan, raqamli pedagogik vositalarning joriy etilishi infografikaning ta’limdagi ahamiyatini yanada oshirmoqda. Xozirda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun murakkab ekologik, matematik, tarixiy yoki axloqiy tushunchalarni sodda grafik ifodalar orqali tushuntirish muhim didaktik vositaga aylanmoqda. Shu asosda, mazkur maqolada infografika vositasining boshlang‘ich ta’limdagi pedagogik va psixologik imkoniyatlari, amaliy tatbiqi, dars ishlanmalarida qo‘llanish holatlari va uning samaradorligi keng tahlil qilinadi. Asosiy qism: Infografikaning pedagogik ahamiyati: Infografika vizual materiallar yordamida o‘quvchilarga axborot taqdim etishning samarali usulidir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki inson miyasi vizual tasvirlarni matnli axborotdan ko‘ra tezroq va samaraliroq qabul qiladi. Infografika o‘quvchilarga murakkab ma'lumotlarni soddalashtirish, ularni tushunishni osonlashtirish va eslab qolishni yaxshilash imkonini beradi. Ta'kidlash lozimki boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun infografikaning ahamiyati ayniqsa tabiat ne’matlarini tushunish va ularga bo‘lgan hurmatni oshirishda katta o‘rin tutadi. Infografika yordamida o‘quvchilar uchun murakkab ekologik, biologik va tabiiy jarayonlar tushunarli va vizual tarzda taqdim etilishi mumkin. Demak infografika o'quvchilarga suvsizlik va havo ifloslanishi kabi global ekologik muammolarni tushuntirishda hamda bu muammolarni vizual tarzda tushunishlariga yordam beradi. Darxaqiqat bunday yondashuv ta’lim jarayonini yanada samarali va interaktiv tarzda olib borishda shuningdek, o‘quvchilarning diqqatini jalb qilishda va ularning mavzuga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda yordam beradi. Infografikaning boshlang‘ich ta’limda qo‘llanilishi metodologiyasi: Boshlang‘ich sinf ta’limida infografikalarni qo‘llash metodikasi o‘qituvchining kreativligi va o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga asoslanadi. Ammo tadqiqotda ko‘rsatilganidek, infografika o‘quvchilarga yangi bilimlarni taqdim etishda va 124 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 mavjud bilimlarni mustahkamlashda samarali vosita bo‘lishi mumkin. Masalan tabiat ne’matlari haqida darslar o‘tkazishda, o‘qituvchi infografika yordamida ob-havo, yer, suv, olov kabi tabiatning asosiy unsurlarini vizual tarzda ko‘rsatishi mumkin. Infografika yordamida tabiiy resurslar va ularning ahamiyatini o‘quvchilarga tushuntirishda quyidagi metodlarni qo‘llash mumkin: Mavzuga oid tasvirlar: Suv, tuproq, havo va olov kabi elementlar bilan bog‘liq suratlar yoki diagrammalar o‘quvchilarga ilmiy tushunchalarni vizual

Доказательный фрагмент

«В данной статье анализируется значение метода инфографики в процессе начального образования, его дидактические возможности и роль в развитии мышления учащихся.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье анализируется значение метода инфографики в процессе начального образования, его дидактические возможности и роль в развитии мышления учащихся. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Infographic, primary education, visual learning, pedagogical, pedagogik texnologiya, Infografika, samaradorlik, vizual ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, o‘quv motivatsiyasi, innovatsiya.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]ФилологияRUРецензированоОткрытый доступ
Контекстуальное согласование семантических образований и их эстетико-эмоциональное воздействие на описание языковой картины мира

Иностранная филология: язык, литература, образованиеЭМОЦИОНАЛ ТАЪСИРИ, Даниева М.Дж.2019

3