К содержанию
РецензированоUZ2026

YOSH FUTBOLCHILARNI O’YIN MASHQLARI ASOSIDA TEXNIK-TAKTIK JIHATDAN TAYYORLASH

TAKTIK JIHATDAN TAYYORLASH · Sattarov Ashraf Eshaliyevich

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

The article examines the problem of training a sports reserve in football, and discusses the important role of technical and tactical training in the 115 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 training of young football players. The main content of the study is aimed at improving the technical and tactical training of young football players in the process of training based on sets of game exercises. Key words: football, technical techniques, passing the ball, kicking the ball, ball control, feints, game technique, motor skills, game exercises. Ilmiy-metodik adabiyotlarning tahlili shuni koʻrsatadiki, hozirgi vaqtda aniq zarbalar va toʻp oshirishlarning turli jihatlarini modellashtiruvchi oʻyin mashqlarini qoʻllash orqali futbolchilarning texnik-taktik tayyorgarligi samaradorligini oshirish, zarur masalalardan biri hisoblanadi. Oʻquv adabiyotlarda tavsiya etilgan mashqlar va ularni mashgʻulotlarning turli bosqichlarida qoʻllash boʻyicha tavsiyalar tahlili, futbolchilar oʻzlashtirgandan soʻng, texnik va taktik imkoniyatlari doirasida aniq optimal xatti-harakatni tanlash imkoniyatiga ega boʻlishga toʻliq ishonch hosil qilmaydi. Shu bois mashgʻulot jarayonida yosh futbolchilarni texnik jihatdan tayyorlash uchun maqsadli vositalar va usullarni toʻgʻri tanlash orqali imkoniyatlarini kengaytirish zarur. Keyingi yillar ilmiy adabiyotlarda yosh futbolchilarni tayyorlash texnikasi, taktikasi va metodikasi boʻyicha koʻplab uslubiy tavsiyalar eʼlon qilinmoqda. Aksariyat ilmiy ishlarda oʻquv-mashgʻulot jarayonini oʻtkazihda ilgʻor amaliy tajribali murabbilar uslublari koʻrsatilgan. Lekin bu tavsiyalar koʻproq yosh futbolchilarga emas, balki yuqori malakalilarga taalluqlidir. Ishdan koʻzlangan maqsad oʻyin mashqlar toʻplamlarini mashgʻulot jarayonida qoʻllash samaradorligini asoslashdan iborat. Oʻyinchilarning texnik tayyorgarligini oʻrganish, harakatlanish, koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirish, boʻyicha usullarini muvaffaqiyatli ishlab chiqqan professor N.A. Bernshteynning ilmiy ishlari muhim rol oʻynadi. Uning ishlari sportchilarni zamonaviy sportga tayyorlash uchun juda muhimdir. V.V.Lobanovskiyning ta’kidlashicha, yosh futbolchilarni tayyorlashda umumiy jismoniy, balki texnik-taktik tayyorgarlikka ham e’tibor berish kerak, chunki u oʻyinning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Boshqa muallif K.I. Adambekov futbolchilar tayyorlash jarayonini oʻrganar ekan, unda sport mahoratini oshirishga koʻmaklashuvchi maydon oʻyinchisi texnikasi va darvozabon tomonidan toʻpni boshqarish texnikasi koʻrib chiqilgan. Uning fikricha, texnik tayyorgarlikda maqsadga muvofiq boʻlgan vositalar va usullardan foydalangan holda yosh futbolchilarning texnik mahorati sifatini yanada oshirish muammosini hal qilishga yordam beradi [1]. M.A. Godik, A.I. Shamardin, I.Xalil kabi ilmiy tadqiqotchilar yosh futbolchilarning jamoaviy, guruh va yakka tartibdagi harakatlarini oʻrganib kelishmoqda. Ular oʻz ishlarida futbolchining yosh xususiyatlariga oid rivojlanish qonuniyatlari va jismoniy tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda 116 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 tayyorgarlikning turli bosqichlarida mashgʻulot oʻtkazish zarurligini alohida ta’kidlashadi. Mashgʻulot jarayoni va musobaqa faoliyatida texnikaning xilma-xilligi va oʻyin taktikasidan kelib chiqib jismoniy yuklamalardan foydalanishni tartibga solishda yordam beradi [2]. Yosh futbolchilar turli xil texnik usullarga ega boʻlishlari bilan birgalikda oʻyin mashqlari va ularning turlaridan foydalanib, boshqa mashqlar bilan birgalikda oʻyin usullari va ularning xususiyatlarini baholash mezonlarini ko`rib chiqamiz (1-jadval). Ilmiy tadqiqotlar tahlili shuni koʻrsatishga asos boʻladiki, futbolchilarni tayyorlash jarayonida jismoniy, texnik, taktik, irodaviylik kabi sifatlarga alohida e’tibor berish zarur ekanligi ta`kidlangan. 1-jadval Mezonlar Ularning tavsiflari 1. Oʻyin davomida oʻyinchi Oʻyin davomida har bir oʻyinchining oʻyin tomonidan qoʻllaniladigan vaziyatida turli xil usullaridan oqilona foydalana usullar soni. olishi. 2. Har qanday vaziyatdan Uchrashuvning keskinligi, oʻyin maqomi, qat’iy nazar, qoʻllaniladigan raqiblarning faol qarshiligi, muxlislarning usullarning barqarorligi va munosabati, yomon ob-havo, futbolchining ishonchliligi. texnik koʻnikmalarga egaligi, psixologik bosimga tayyorligi. 3.Oʻyinda qoʻllaniladigan Oʻyin sharoitiga, ayni vaziyatdagi raqiblar usullarning samaradorligi va soniga, koʻnikmalarga bogʻliq aldamchi maqsadga muvofiqligi. harakatlari va ushbu holat uchun oʻyinchilarning texnik usullar zaxirasi (zarba, harakatlanish, toʻpni toʻxtatish turlari va boshqalar). 4. Yengillik, qulaylik va Oʻyinda usullarni bajarish. Jismoniy oqilona tezlik bilan oʻyinda qobiliyatlarni tarbiyalashga, harakat usullarni bajarilishi. reaktsiyasining tezligiga bogʻliqligi, yakka harakatning tezligi,

Доказательный фрагмент

«The article examines the problem of training a sports reserve in football, and discusses the important role of technical and tactical training in the 115 International scientific journal “Interpretation and researches…»

Образец извлечения

Демо-превью

The article examines the problem of training a sports reserve in football, and discusses the important role of technical and tactical training in the 115 International scientific journal “Interpretation and researches… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
football, technical techniques, passing the ball, kicking the ball, ball, oʻyin texnikasi, toʻpni egallash, oʻyin mashqlari., toʻpga zarba berish, harakatlanish qobiliyati, toʻpni uzatish, fintlar, futbol, texnik usullar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники