Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
METAFORALARNI TARJIMA QILISH JARAYONIDA DUCH KELADIGAN MUAMMOLAR
DUCH KELADIGAN MUAMMOLAR · Allaberganova Shodiya Yarashboy qizi
Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 1 · 2025
Аннотация
В данной статье кратко описываются проблемы, с которыми сталкиваются переводчики при переводе метафор. Метафора — это инструмент писателя, который оказывает большое влияние на воображение людей, а также на их психическое и эмоциональное состояние. Задача переводчика и метафоры — правильно сохранить смысл и эмоциональное состояние метафоры, а также выразить ее изначальный глубокий смысл на другом языке. Ключевые слова: метафора, стилистика, лингвистика, лингвист, переводчик, библиограф, культура; Annotation: This article briefly describes the problems that translators face when translating metaphors. Metaphor is a writer's tool, which has a great impact on people's imagination, as well as on the mental and emotional state. The task of the 54 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9 Volume 1, Issue 3, Series A 2025 translator and the metaphor is to correctly preserve the meaning and emotional state of the metaphor, and to express its original deep meaning in another language. Keywords: metaphor, stylistic, linguistic, linguist, translator, bibliographer, culture; Stilistika sohasining metafora boʻlimiga qiziqish bir necha yillardan beri dunyo tilshunosligining diqqat markazidagi eng dolzarb mavzulardan biri bo’lib kelmoqda. Ayniqsa, boy metaforik jumlalardan foydalanib ijod qiluvchi turkiy xalq yozuvchilarining asarlari va dostonlari nafaqat oʻzbek tilshunoshlarining, balki, chet ellik tilshunos olimlar va tarjimonlarining ham diqqat-etiborini oʻziga qaratti. Asosiy qism. Metaforalar nafaqat ma’no, balki tuyg’u va tasavvur kuchini ham taqdim etadi, shuning uchun ular adabiyotda ayniqsa muhimdir1. Chunki metaforalar ma’lum bir millatning qadriyatlari, urf-odatlari va tafakkurida kelib chiqqan holatda paydo bo’ladi. Buni xuddi oʻzidey tarjima qilish esa tarjimondan katta mahorat talab qiladi, va shu bilan birga bir nechta qiyinchiliklar ham tugʻdiradi. Misol uchun toʻgʻri keladigan ekvivalent topilmasligi, oʻquvchiga tushunarli izoh keltira olmasligi va chuqur qadriyat va urf-odatlarni oʻzida mujassam etgan konteksni ifodalay olishda qiyinchilikka duch kelishi mumkin. Bu muammolarga mutloq yechim topishda adabiyotshunos va tarjimashunos Peter Nyumarking klassifikatsiyasini keltirib oʻtishimiz mumkin. U tarjimon duch keladigan muammolarni to’rt xil yoʻl bilan amalga oshirish mumkinligini aytadi2: Birinchi uslub madaniyatga moslashtirish uslubi hisoblanadi. Ba’zi metaforalar ma’lum bir madaniyatga xos bo’lgan tushunchalarga asoslanadi. 1 I.A.Richards. The Philosophy of Rhetoric. – Oxford University Press, 1936. – p.57. 2 P.Newmark. Approaches to translation. - Prentice Hall, 1981 . – p.17. 55 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9 Volume 1, Issue 3, Series A 2025 Tarjimon bu metaforani boshqa madaniyatda ham tushunarli bo’lishi uchun o’zgartirishi mumkin. Masalan, ingliz tilidagi “a fish out of water” (“suvdan chiqqan baliq”) metaforasi, o’zbek tiliga “suvsiz baliq” deb tarjima qilinishi mumkin, ammo bu tushuncha boshqa bir metaforaga o’zgartirilishi ham mumkin (masalan, “o’z joyini topolmaydigan odam”)3. Ikkinchi uslub to’g’ridan-to’g’ri tarjima uslubi hisoblanadi. Agar metafora xalqaro bo‘lsa va bir xil ma’noni boshqa tilda ham to‘liq anglash mumkin bo‘lsa, tarjimon uni to’g’ridan-to’g’ri tarjima qilishi mumkin. Masalan, inglizcha “time is money” (“vaqt — pul”) metaforasini o’zbek tiliga shundayligicha tarjima qilish mumkin. Uchinchi uslub yangi metafora yaratish uslubi hisoblanadi. Ba’zan tarjimon asl metaforani to’g’ridan-to’g’ri tarjima qila olmaydi. Bunday holatda, tarjimon yangi, o’xshash ma’no va hissiyotga ega bo’lgan metafora yaratishi mumkin. Misol uchun, inglizcha “a sea of troubles” (“muammolar dengizi”) metaforasini o’zbek tilida “muammolar tog’u tekisligi” kabi bir tarzda ifodalash mumkin. Dengiz mavjud boʻlmagan davlatlar uchun, oʻz muammolarini dengizga oʻxshatish orqali hech qanday tassavvur va his-tuygʻularga ega boʻlishmaydi. To’rtinchi uslub izoh berish uslubi hisoblanadi. Agar metafora juda murakkab yoki kontekstga bog’liq bo’lsa, tarjimon uni izohlash orqali ma’noni yetkazib berishi mumkin. Bu usul o’quvchiga metaforaning asl ma’no va hissiy ta’sirini anglashda yordam beradi. Misol uchun “Sepsiz kelin- epsiz kelin”, bu maqoldagi metafora madaniy realiya so’z hisoblangani va uning ekvivalenti bo’lmaganligi uchun tarjimon bu so’zni izohlash orqali ( it is kinda dowry which is a payment, such as land property, monetary, cattle or any commercial asset that is paid by the bride's 3 George Lakoff and Mark Johnson, Metaphors We Live by. – the University of Chicago press, 1980. – p.23. 56 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9 Volume 1, Issue 3, Series A 2025 family to the groom or his family at the time of marriage) o’quvchida konsept paydo qilishimiz mumkin4. Xulosa. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tarjimon metaforalarni tarjima qilishda faqat ma’non
Доказательный фрагмент
«В данной статье кратко описываются проблемы, с которыми сталкиваются переводчики при переводе метафор.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье кратко описываются проблемы, с которыми сталкиваются переводчики при переводе метафор. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- metaphor, stylistic, linguistic, linguist, translator, adabiyotshunos, tarjimon, tilshunoslik, metafora, tilshunos, madaniyat, stlistika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025