Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MILLIY XAVFSIZLIK MUAMMOLARINING TIZIMLI TAHLILI VA PROGNOZLASHTIRISH
TAHLILI VA PROGNOZLASHTIRISH · Kamolova Sevara Azmiddin qizi
Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 1 · 2025
Аннотация
Национальная безопасность является одним из ключевых факторов обеспечения стабильности и суверенитета государства, требующим комплексного подхода к эффективному управлению. В статье рассматриваются правовые основы национальной безопасности, принципы системного анализа и направления прогнозирования. Ключевые слова: безопасность, анализ, прогнозирование, стабильность, политика. 4 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9 Volume 1, Issue 3, Series B 2025 Milliy xavfsizlik davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va barqarorligini ta’minlashning asosiy shartidir. Globallashuv jarayonida xavfsizlikka ta’sir etuvchi omillar murakkablashib, yangi xavf-xatarlar yuzaga kelmoqda. Islom Karimovning "O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarida "xavfsizlik", "barqarorlik" va "sobitqadam rivojlanish" tushunchalari mamlakat rivojining asosiy omillari sifatida e’tirof etilgan[1]. Shu sababli, O‘zbekiston mustaqillik davridan boshlab xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha izchil siyosat olib bormoqda. Milliy xavfsizlik har qanday davlat uchun ustuvor vazifa bo‘lib, uning huquqiy asoslari Konstitutsiya, maxsus qonunlar va xalqaro hujjatlar bilan mustahkamlangan. O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida milliy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy normalar belgilangan. XXVII bob "Mudofaa va xavfsizlik" mustaqillik, hududiy yaxlitlik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha davlat majburiyatlarini o‘z ichiga oladi. 18-modda tashqi siyosatda mustaqillik va tinchliksevarlik tamoyillarini, 22-modda fuqarolarning himoyalanganligini, 152-modda Qurolli Kuchlarning milliy xavfsizlikni ta’minlashdagi rolini belgilaydi[2]. 1996-yilda qabul qilingan "Milliy xavfsizlik to‘g‘risida"gi Qonun esa xavfsizlik tamoyillari, davlat organlarining vakolatlari va tahdidlarga qarshi kurash mexanizmlarini belgilaydi. 2001-yilgi "Mudofaa to‘g‘risida"gi Qonun harbiy xavfsizlik, Qurolli Kuchlarning vazifalari va chegaralarni himoya qilish tartibini o‘z ichiga oladi. 2000-yilda qabul qilingan "Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida"gi Qonun esa ekstremistik tashkilotlar faoliyatini cheklash va xalqaro hamkorlik asosida xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston xalqaro hamjamiyat bilan xavfsizlik sohasida faol hamkorlik qilib, turli xalqaro tashkilotlar doirasida majburiyatlarni bajaradi. BMT 5 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9 Volume 1, Issue 3, Series B 2025 xalqaro xavfsizlikni ta’minlash, terrorizmga qarshi kurash va tinchlikni mustahkamlashda ishtirok etadi. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik qiladi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mintaqaviy xavfsizlik va mudofaa sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti inson huquqlari, demokratik tamoyillar va xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha hamkorlik olib boradi. Xalqaro hamkorlik milliy xavfsizlikni mustahkamlashda muhim rol o‘ynab, tahdidlarga qarshi samarali choralar ko‘rish imkonini beradi. Shu bilan birga, xavfsizlik muammolarini chuqur tushunish va ularning yechimini topish uchun tizimli tahlil yondashuvi zarur bo‘lib, u tahdidlarning sabab-oqibat aloqalarini aniqlash va strategiyalar ishlab chiqishga yordam beradi. Komplekslik tamoyili xavfsizlikni harbiy, iqtisodiy, axborot va ijtimoiy jihatlar kesimida baholashni talab etadi. Iqtisodiy beqarorlik ijtimoiy norozilikni keltirib chiqarib, siyosiy barqarorlikka tahdid solishi mumkin. Shu sababli, milliy xavfsizlik strategiyasi barcha omillarni o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilishga asoslanishi lozim. Sabab-oqibat tahlili muammolarning asosiy ildizlarini aniqlashga qaratilgan. Masalan, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash faqat jinoiy choralar bilan cheklanishi mumkin emas, balki ularning ijtimoiy-iqtisodiy sabablarini bartaraf etish ham muhimdir. Dinamik tahlil xavfsizlik tahdidlarining vaqt o‘tishi bilan qanday rivojlanishini o‘rganishga qaratilgan. Geosiyosiy keskinliklar, iqtisodiy o‘zgarishlar va texnologik rivojlanish xavfsizlik sohasida yangi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, milliy xavfsizlik strategiyasini ishlab chiqishda nafaqat hozirgi vaziyat, balki kelajakdagi tahdidlar ham inobatga olinishi lozim. Prognostik tahlil xavfsizlik tahdidlarini oldindan bashorat qilish va ularga qarshi choralar ko‘rishni o‘z ichiga oladi. Masalan, global iqtisodiy inqiroz yoki kiberxavfsizlik muammolarini oldindan 6 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9 Volume 1, Issue 3, Series B 2025 baholash orqali davlat profilaktik choralarni ishlab chiqishi mumkin. Institutsional yondashuv esa milliy xavfsizlikni ta’minlashda davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining rolini o‘rganishga asoslanadi. Xavfsizlikni mustah
Доказательный фрагмент
«Национальная безопасность является одним из ключевых факторов обеспечения стабильности и суверенитета государства, требующим комплексного подхода к эффективному управлению.»
Образец извлечения
Демо-превьюНациональная безопасность является одним из ключевых факторов обеспечения стабильности и суверенитета государства, требующим комплексного подхода к эффективному управлению. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- security, analysis, forecasting, stability, policy, prognozlashtirish, xavfsizlik, barqarorlik, siyosat, tahlil
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026