Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DAVLAT ISHSIZLIK NAFAQALARINING IQTISODIY SAMARADORLIKKA TA’SIRI
SAMARADORLIKKA TA’SIRI · Sobirxo‘jayev Xadyatillo Billoxon o‘g‘li
Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 1 · 2025
Аннотация
The article analyzes the impact of the government's social functions on the business environment, household income, and employment. It highlights that social benefits and unemployment insurance may weaken entrepreneurial initiatives and increase the tax burden, which can ultimately reduce economic activity. The study discusses the long-term negative consequences of government intervention based on economic theories and empirical data. The findings emphasize the need to maintain a balance between government policy and business development. Keywords: Government, social transfer, business, household income, unemployment, government intervention, economic activity, tax burden, employment policy. Zamonaviy davlatlar iqtisodiyotning turli jabhalariga faol aralashib, ijtimoiy adolatni ta’minlash va aholining turmush darajasini oshirish maqsadida keng ko‘lamli sotsial dasturlarni amalga oshirmoqda. Ushbu dasturlar ishsizlik sug‘urtasi, ijtimoiy nafaqalar, kam ta’minlangan qatlamlarga moliyaviy yordam va boshqa turdagi sotsial imtiyozlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur chora-tadbirlar qisqa muddatli istiqbolda aholining farovonligini oshirishga xizmat qilishi mumkin, biroq uzoq muddatli iqtisodiy ta’siri yuzasidan akademik doiralarda jiddiy bahs-munozaralar mavjud. Davlat tomonidan taqdim etilayotgan sotsial imtiyozlar va moddiy yordam dasturlari biznes muhitiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bir tomondan, bunday siyosat iste’mol darajasini oshirish orqali umumiy iqtisodiy faollikka ijobiy ta’sir o‘tkazishi 50 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9 Volume 1, Issue 3, Series B 2025 mumkin. Biroq, boshqa tomondan, sotsial xarajatlarning ortishi davlat byudjetining defitsitga uchrash xavfini oshiradi va soliqlar yuklamasini ko‘paytiradi. Shu bilan birga, ishsizlik nafaqasi va boshqa davlat yordami shakllari mehnat bozoridagi rag‘bat tizimini o‘zgartirishi, iqtisodiy faollikni pasaytirishi va tadbirkorlik tashabbuslarining susayishiga olib kelishi ehtimoli mavjud. Yuqori soliq yuklamalari va davlatning ortib borayotgan sotsial majburiyatlari xususiy sektorning rivojlanishini sekinlashtiradi, sarmoyaviy faollikni pasaytiradi hamda iqtisodiy innovatsiyalarni cheklaydi. Shuningdek, uzoq muddatli istiqbolda davlatning haddan tashqari sotsial yuki mehnat unumdorligining kamayishiga va davlat byudjetining barqarorligi masalasiga xavf tug‘diradi. O’zbekistonda ishsizlik nafaqalari keng va uzoq muddatda mavjud emas. Biroq, so’nggi ijtimoiy rejalar ayni masalani kun tartibiga kiritmoqda. Ishsizlik nafaqalari o’rta va pastki qatlamni himoya qilishda keng qo’llaniluvchi usul bo’lsa-da, uning amaliy ta’sirlari va istiqboldagi ahamiyati bahsli. Maqolada ushbu muammolar iqtisodiy tahlil va empirik ma’lumotlar asosida baholanadi, bu esa siyosatchilar, iqtisodiy tadqiqotchilar hamda davlat boshqaruvi vakillari uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda foydali bo‘lishi mumkin. Mazkur tadqiqot natijalari kelgusida davlatning ijtimoiy siyosatini takomillashtirish va biznes rivojlanishini rag‘batlantirish bo‘yicha muvozanatli yondashuvni shakllantirishda ilmiy asos sifatida xizmat qiladi. Adabiyotlar Sharhi Iqtisodiy adabiyotda davlatning sotsial xarajatlari va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi bog‘liqlik bo‘yicha qarashlar turlicha. Barro va Sala-i-Martin (1992)1 tadqiqotlarida davlat xarajatlari va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilingan bo‘lib, haddan tashqari sotsial dasturlar iqtisodiy o‘sish sur’atlarini 1 Barro, R. J., & Sala-i-Martin, X. (1992). Public finance in models of economic growth 51 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9 Volume 1, Issue 3, Series B 2025 pasaytirishi mumkinligi ta’kidlangan. Ushbu tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, davlat tomonidan taqdim etilayotgan ortiqcha imtiyozlar resurslarning samarali taqsimlanishiga to‘sqinlik qilishi va xususiy sektorning investitsion faolligini cheklashi mumkin. Boshqa tomondan, Esping-Andersen (1990) tomonidan ishlab chiqilgan farovonlik davlatlari modeli davlatning sotsial majburiyatlari jamiyatning uzoq muddatli iqtisodiy barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ilgari suradi. Tadqiqotda, ayniqsa, Skandinaviya mamlakatlarida davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlanadigan sotsial siyosatlar barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlayotgani qayd etilgan. Ushbu modelga ko‘ra, davlat tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy himoya dasturlari mehnat unumdorligi va aholi salomatligi darajasini oshirish orqali iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashishi mumkin. Ishsizlik sug‘urtasi va boshqa sotsial yordam dasturlarining mehnat bozori ishtirokchilariga ta’siri iqtisodiy tadqiqotlarda muhim o‘rin egallaydi. Krueger va Meyer (2002) o‘z tadqiqotlarida ishsizlik nafaqalarining bandlik darajasi va ish qidirish jarayonlariga ta’sirini o‘rganib, uzoq muddatli ishsizlik darajasi oshishi bilan davlat tomonidan beriladigan yordam o‘rtasida kuchli bog‘liqlik mavjudligini aniqlashgan. Boshqa tomondan, Ca
Доказательный фрагмент
«The article analyzes the impact of the government's social functions on the business environment, household income, and employment.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article analyzes the impact of the government's social functions on the business environment, household income, and employment. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Government, social transfer, business, household income, Davlat, aholi daromadi, biznes, ijtimoiy transfer, soliq yuklari, ishsizlik, davlat aralashuvi, iqtisodiy faollik, bandlik siyosati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025