К содержанию
РецензированоRU2025

YANGI OʻZBEKISTON QONUNCHILIGIDA INSON HUQUQLARINI SUD ORQALI HIMOYA QILISHNING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI

KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI · Ibragimova Sabrina Olim qizi

Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 1 · 2025

Аннотация

В данной статье рассматриваются конституционные основы судебной защиты прав и свобод человека в системе законодательства Республики Узбекистан, заложенные в новой редакции нашей Конституции. Охрана человека, его жизни и достоинства рассматривается как приоритетная задача государственных органов, особенно судебной системы. Также приведены размышления о проводимых в нашей стране реформах в этой сфере. Ключевые слова: права человека, свобода, судебная система, государственные органы, реформа, конституционная основа. 63 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9 Volume 1, Issue 3, Series B 2025 Annotation: This article discusses the constitutional foundations of judicial protection of human rights and freedoms within the legal system of the Republic of Uzbekistan, as outlined in the newly revised Constitution. The protection of the individual, their life and dignity is regarded as a top priority of state bodies, particularly the judiciary. The article also presents reflections on the reforms being carried out in this area within our country. Keywords: human rights, freedom, judicial system, government agencies, reform, constitutional framework. Jadal sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan davrda inson huquqlari va erkinliklari, uning kafolatlarini taʼminlash, barcha islohotlarning zamirida inson manfaatlarining koʻzlanishi gʻoyat katta ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi texnika va texnologiyalar asrida inson sha’ni, qadr-qimmati va uning huquqlarini har jabhada himoya qilishning samarali mexanizmlari ishlab chiqilmoqda. Inson eng oliy qadriyat darajasida ulugʻlanishi ham uning konstitutsiyaviy jihatdan mustahkamlanishi bilan chambarchas bogʻliqdir. 2022-yil 26-yanvardagi Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning dastlabki ustuvor yoʻnalishi ham aynan inson qadrini yuksaltirishga qaratilgandir. Jahonning yetakchi davlatlari qatorida bugungi kunda oʻzining siyosiy- huquqiy, maʼnaviy-maʼrifiy, iqtisodiy va har jabhada kundan kunga rivojlanib borayotgan Yangi Oʻzbekistonda demokratik islohotlar yanada avj olmoqda, insonparvarlik prinsiplari ilgari surilmoqda. Inson, uning manfaatlari eng ustuvor vazifa sifatida koʻrilmoqda. Buni 2023-yil 30-aprelda umumxalq referendumi asosida qabul qilingan Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda: "Oʻzbekiston 64 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9 Volume 1, Issue 3, Series B 2025 Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, unga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr -qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi1“—deya belgilanishi orqali ham bilishimiz mumkin. Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini davlat va davlat organlari orqali himoya etishning "inson— jamiyat—davlat" tizimi joriy etildi. Bularning barchasi inson, uning hayoti va qadr- qimmatini himoya etish va har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tizimida inson manfaatlari, huquq va erkinliklarini sud organlari orqali himoya etish tizimining yanada takomillashtirilmoqda. Jumladan, inson huquq va erkinliklarini taʼminlashda sud organlari tizmining yanada ochiqligi, xalqchilligi va shaffofligini taʼminlash maqsadida " Elektron odil sudlov" tizimi joriy etildi2 aholi oʻz huquqlariga oid ma’lumotlarni tez va oson, qulay usulda olish uchun Advice.uz saytining imkoniyatlari yanada kengaytirildi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga koʻra, aybdor shaxs oʻzining haq- huquqlarini himoya etishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilishi zarur. Hech bir fuqaro sud hukmisiz 48 soatdan ortiq muddatda hibsda saqlanishi mumkin emasligi belgilangan va aybsizlik prezumpsiyasining bugungi kunda amaliyotga tatbiq etilganligi bu boradagi ishlar koʻlamini yangi bosqichga koʻtardi. Ilk marotaba insonlarning huquq va erkinliklarini cheklash bilan bogʻliq barcha harakatlarga faqat qoununga muvofiq va sud qarori asosida yoʻl qoʻyilishi, AQSh fuqarolarni himoya etish tizimidagi " Miranda qoidasi" zamirida gumonlanuvchi yoki ayblanuvchi shaxslarga "sukut saqlash" huquqining berilishi ham shular jumlasidandir. Bu 1 “ Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”. 30.04.2023-yil. 13-modda. 2 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori. “Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”. 30.08.2017-yil. PQ-3250-son. 65 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9 Volume 1, Issue 3, Series B 2025 borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning: “Sud binosiga kelgan har bir inson O‘zbekistonda adolat borligiga ishonib chiqib ketishi kerak. Bu Prezident talabi3“,—deya ta’kidlashlari ham inson huquqlarini himoya qilishda sud organlaring rolini yanada kuchaytirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganligini ifodalasidir. Yurtimizda s

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматриваются конституционные основы судебной защиты прав и свобод человека в системе законодательства Республики Узбекистан, заложенные в новой редакции нашей Конституции.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматриваются конституционные основы судебной защиты прав и свобод человека в системе законодательства Республики Узбекистан, заложенные в новой редакции нашей Конституции. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
human rights, freedom, judicial system, government agencies, Inson huquqlari, konstitutsiyaviy asos., davlat organlari, sud tizimi, erkinlik, islohot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники