К содержанию
РецензированоUZ2026

BO`LAJAK O`QITUVCHINING KASBIY KOMPETENTLIK NAZARIYASI

Insights Across the

SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 2 · 2026

Аннотация

Bo`lajak o`qituvchining o`z kasbiga doir bilimlarni chuqur egallashlarida ularning kompetensiya haqidagi tushunchalarga ega bo`lishlari va amal qilishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada bo`lajak o`qituvchining kompetentligi haqida so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar. Kompetensiya, kasbiy kompetensiya, kommunikativ kompetensiya, kreativ, tayanch kompetensiya Hozirgi tezkor rivojlanish davrida mutaxassis-kadr kompetensiyasi masalasi o‘z dolzarbligi, katta qiziqish uyg‘otayotganligi va ta’lim jarayonini tashkil qilish, uning samaradorligini ta’minlash uchun muhimligi va zaruriyatini namoyon etmoqda. Faol va harakatchan, tashabbus ko‘rsatib, o‘zining professional maqsadlarini aniq anglaydigan, tanqidiy, tahliliy va kreativ fikrlovchi, innovatsion tafakkurga ega, o‘z faoliyatida yangiliklarni amalga oshirishga tayyor mutaxassis kompetensiyasini shakllantirish va ta’minlash masalasi ta’lim jarayonining eng muhim unsurlaridan biri hisoblanadi. Xodimlami boshqarish nazariyasi va amaliyotini tahlil qilishda kompetensiya tushunchasiga muhim ahamiyat berilmoqda. Kompetensiya - xodimning kompaniya kutayotgan darajada va belgilangan tarkibda ishlab chiqarish xulqini muntazam ravishda namoyish qilishga tayyorlik qobiliyati. Kompetensiyalar tizimini yaratishda tashkilot xodimlaming faoliyatiga taalluqli muhim mezonlarmajmuasini standart talablarga asosan tuzadi. Shuningdek, kompetensiya xodimlaming tashkilotda ham professional, ham ijtimoiy jihatdan tengligi xususida guvohlik beradi. Bugungi kunda Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti istiqbolini belgilash, jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib o‘rin egallashga intilish yo‘lidagi keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. “Kompetensiya” tushunchasi, kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv, kompetensiya egasi. Bu atamalaming mazmuni haqida to‘xtalish uchun, eng avvalo, asrlar davomida shakllangan bu boradagi milliy an’ana va qadriyatlarga e’tibor qaratamiz. Kompetensiya - lotincha so‘z bo‘lib, o'zbek tilida “munosib”, “to‘g‘ri keladi” yoki “mos keladi” ma’nolarini anglatadi. O‘z bilim, mahorat va amaliy 167 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 2, Issue 4 tajribalami qo‘llagan holda oddiy va murakkab masalalami yecha olishga munosib inson deb tushunsa bo‘ladi. Ko‘p hollarda “kasbiy kompeteniik” atamasi qo‘llaniladi. Bu so‘zni kasbiy vazifalarini amalga oshirishda o‘z amaliy tajribalari, bilim va ko‘nikmalarini muvaffaqiyatli qo‘llay olish qobiliyati deb tushunsa bo‘ladi. Kompetensiya — huquqshunoslik atamasi. Shunday aniq organ yoki shaxsning vakolatiga kiradigan huquq va burchlari bo‘lib, davlat va jamoat tizimida mazkur insonning o'rnini belgilaydi. Huquqshunoslik mazmuniga ko‘ra, kompetensiya quyidagi unsurlami o‘z ichiga oladi: targ‘ib etiluvchi predmetlar (hududlar, hodisalar, harakatlar, ma’lum bir doirada yuritiladi), ma’lum organ va shaxsning o‘z faoliyati uchun qo‘llashi mumkin bo‘lgan huquq va burchlari, vakolatlari yig‘indisidir. Kompetensiya (ijtimoiy huquq). Bu aniq bir subyektning boshqaruv jarayonlari uchun qonun bilan belgilab qo‘yilgan vakolati bo‘lib, ma’lum bir ijtimoiy vazifa ana shu vakolat zimmasiga yuklatilgan bo‘ladi. Kompetensiya boshqaruv vakolati. Bu ma’lum bir kasbiy vazifalarni hal etishda mutaxassis (xodim)ning shaxsiy vakolati sanaladi. Madaniyatlararo kompetensiya. Boshqa madaniyat namoyandalari bilan muvaffaqiyatli muloqot qilish qobiliyati. Tashkilotning asosiy kompetensiyasi. Tashkilotning raqobatbardoshligini ta’minlovchi omil bo‘lib, raqobat kurashida asosiy tayanch vositasi sanaladi. Kompetensiya hududi. Shaxs yoki jamoaning bilim va mahorati yig'indisidan iborat bo‘lib, ular o‘z vazifasini oliy va raqobatbardoshli doirasida amalga oshiradilar. 1983 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan chop etilgan ruscha-o‘zbekcha lug‘atda “компетентность” - “chuqur bilimga egalik”, “chuqur bilimga asoslanganlik”, “xabardorlik”, “omilkorlik” deb o‘zbek tiliga tarjima qilingan. “Компетентный” - yetarli ma’lumotga ega bo‘lgan, puxta bilimli, yaxshi biladigan, kompetensiyaga ega bo‘lgan, vakolatli, masalani ko‘rib chiqishga haqli, ma’nolarida tarjima qilingan. “Kompetensiya” - biron-bir kishi xabardor bo‘lgan soha yoki masala, huquq yoki ixtiyor kabi tushunchalarda berilgan. O'zbekiston Fanlar akademiyasi A.S.Pushkin nomidagi Til va adabiyot instituti tomonidan 1981 yilda chop etilgan ikki tomlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “kompetensiya” tushunchasi butunlay kiritilmagan. Umuman, mamlakatimizda har qanday sohaga, xususan, pedagogik faoliyatga kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv keyingi besh yil davomida qo‘llanila boshlandi. O‘zbek tilining o ‘ziga xos morfologik va semantik xususiyatlari nuqtai nazaridan yondoshgan holda “kompetensiya” atama va tushunchalari lotinchadagi “competere” - “munosib”, “competo”- “munosibman” yoki “erishaman” so‘zlariga yaqin ma’noda ishlatilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Lotin yozuviga as

Доказательный фрагмент

«Bo`lajak o`qituvchining o`z kasbiga doir bilimlarni chuqur egallashlarida ularning kompetensiya haqidagi tushunchalarga ega bo`lishlari va amal qilishlari muhim ahamiyat kasb etadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bo`lajak o`qituvchining o`z kasbiga doir bilimlarni chuqur egallashlarida ularning kompetensiya haqidagi tushunchalarga ega bo`lishlari va amal qilishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kompetensiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники