Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OILAVIY (MAISHIY) ZO`RAVONLIKLARNING OLDINI OLISH
Pirmanova Sabrina · O`zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
This article examines the supporting women who have suffered pressure and violence, protecting their rights and interests, and implementing social rehabilitation. Keywords: harassment, violence, family violence, legislation, women Malumki, insoniyat doimo har tomonlama mukammallikka intilib kelgan. Lekin, afsuski, jamiyat bir maromda rivojlanmaydi. Xotin-qizlarga nisbatan tajovuz, afsuski, dunyoning har qaysi nuqtalarida keng targalgan. Buning ta'siri bir shaxs, bir oila yoki bir jamiyat bilan cheklanmaydi, balki butun jahon miqyosida qoralanishi shart. Sog‘lom avlod jamiyatning eng katta boyligi hisoblanadi. Yosh avlodlari qadrlanmagan jamiyat hech qachon mukammal hamda tez rivojlana olmaydi. Kelajakni ishonib topshirish uchun har qanday jamiyat o‘sib kelayotgan yosh avlodni qadrlamog‘i, uning har tomonlama sog‘lom qilib tarbiyalanishiga sharoit yaratib bermog‘i lozim. Insonlarning o‘zaro ijtimoiy munosabatlari asosida insoniyat taraqqiyotining o‘ziga xos jihatlari va tarixiy rivojlanish shakllari paydo bo’lgan. Tazyiq va zo‘ravonlikka asoslangan xulq-atvor hamda o‘zaro munosabatlar ham mazkur jarayonda o‘z o‘rniga ega. Zero zo‘ravonlik ham ijtimoiy munosabatlarning bir ko‘rinishi sifatida azaldan barcha jamiyatlarda mavjud bo‘lib kelgan. Tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini ijtimoiy munosabatlar nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqish insoniyat taraqgiyotini boshqa tomondan anglash imkonini beradi. Jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari shaxsning nafaqat jismoniy tomondan, balki ruhiy tomondan ham jabrlanishiga sabab bo‘ladi. Jinsiy zo‘ravonlikka uchragan voyaga yetmagan shaxsda yuzaga keladigan uyat hissi, jamiyatdan o‘zini izolyatsiya qilishi, sodir etilgan harakatda aybdorlik hissi vujudga keladi. Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilishi bola huquqlari buzilishining eng jiddiy ko‘rinishidir. Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik umumiy tushuncha 17 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference sifatida bevosita jinsiy aloqadan tortib, ularga nisbatan sodir etiladigan axloqsiz harakatlar, jinsiy ekspluatatsiyaga yollash va boshga aloqasiz sodir etiladigan jinsiy zo‘ravonlik harakatlarini o‘z ichiga oladi. Zo‘ravonlikning mohiyati odamlar o‘rtasidagi iroda erkinligini yo‘q qilish jarayoni bo‘lib, bir tomonning kuch ishlatish va tashqi majburlash yo’li bilan o‘z irodasini boshqalarga yuklashidir. Zo‘ravonlik va tazyiq tushunchasini har tomonlama o‘rganish va ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Chunki bunday munosabatlar doimiy ravishda davlatlar, millatlar, alohida guruhlar, shaxslar va oila a'zolari o‘rtasida sodir bo‘lishi kuzatiladi. Oiladagi zo‘ravonlik va tazyiq holatlarini o‘rganganda uning tarkibiy elementlarini alohida inobatga olish hamda omillarni tahlil qilish dolzarb sanaladi. Ayollarga nisbatan eri yoki yaqin sherigi tomonidan zo‘ravonlik va tazyiq o‘tkazilishi sog‘liqni saqlash va inson huquqlarining jiddiy buzilishi hisoblanadi. Oilaviy zo‘ravonlik global muammolardan biri bo‘lib, ayollar begonalar tomonidan emas, balki o‘z oila a'zolarining tajovuzkor harakatlari qurboni bo‘ladi. Bugungi kunda oiladagi tazyiqlar va zo‘ravonliklar tufayli ayollarni asrash va himoya qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oilaviy zo‘ravonlik va tazyiq o‘tkazish zo‘rlik qilish xatti-harakatlarida namoyon bo‘lib, u ko‘p hollarda jismoniy zo‘ravonlik va tazyiq bilangina chegaralanmaydi, balki oiladagi insonlarni qat'iy chegaralash, xo‘rlash, zug‘um o‘tkazish va qo‘rqitish kabi shakllar orqali ham namoyon bolishi mumkin. Dunyoda har kuni ko‘plab bolalar oilaviy zo‘ravonlikning guvohi boladi. Ular jamiyatning eng zaif va yordamga muhtoj qatlami bolib, bu kabi ayanchli holatlarning guvohi, jabrlanuvchisiga aylanadi. Yillar davomida ayollar va voyaga yetmagan qizlarga nisbatan o’tkazilayotgan tazyiq, zo‘ravonliklarnig davom etib kelayotganining asosiy sabablaridan biri bu o‘quvsizlik va erta turmushga berishdir.Darvoqe xalqimiz orasida “bo’yi yetdi turmushga berish kerak”, degan gap bor albatta, ammo bo’yi emas aksincha aqli yetdi degan tushunchani singdirilishi kerak deb hisoblayman. Chunki kelajakning sog’lom davomchilarini ruhan, jismonan ham aqlan sog’lom ayol dunyoga keltiradi. Tarixga nazar tashlasak ham dunyo tanigan va tan olgan mashhur ajdodlarimizning onalari ham teran fikrli, oqila ayollar bo’lishgan. Qulog’imizga chalinib turadigan ba’zi so’zlarning ma’nosiga nazar tashlasak Jismoniy zo’ravonlik deganda : shapaloq tortish, tepish, turtkilash, musht bilan urish; zarb bilan itarib yuborish; 18 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference turli o‘tkir buyum va narsalarni otish; qurol bilan xavf solish yoki yaralash; uydan chiqishga jismonan yo‘l qo‘ymaslik; kechasi uxlashga qo‘ymaslik va boshqa. (Zo’ravonlikdan jabrlanganlarni huquqini himoya qilish va zo’ravonlikni oldini olish) kabilarni misol qilishimiz mumkin. Shu kabi harakatlarni ijtimoiy tarmoqlarda sodir etilganini ko’rganimizda nafrat hissi bilan qaraymiz, ammo yon-atrofimizga nazar tashlas
Доказательный фрагмент
«This article examines the supporting women who have suffered pressure and violence, protecting their rights and interests, and implementing social rehabilitation.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the supporting women who have suffered pressure and violence, protecting their rights and interests, and implementing social rehabilitation. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- harassment, violence, family violence, legislation, women, tazyiq, zo„ravonlik, himoya orderi., ayollar, oilaviy zo„ravonlik, qonunchilik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025