Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TRIKOTAJ MATOLARINING TAHLILI
UZBEKISTAN” JURNALI · TRIKOTAJ MATOLARINING TAHLILI · Xomidov Voxidjon Obidovich · Maxsudova Xilolaxon Baxtiyorjon qizi (Farg’ona politexnika instituti,)
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 3 · 2025
Аннотация
В данной статье анализируются типы, характеристики и различия трикотажных тканей. Рассматриваются наиболее распространенные виды трикотажных тканей, такие как резинка, гладь, узорная гладь, сепочка, а также их различия по эластичности, воздухопроницаемости, прочности и дизайну. Также указаны области применения каждой из типов трикотажных тканей. Сравнив различные характеристики трикотажных тканей, были четко определены наиболее оптимальные области их применения. Ключевые слова: Трикотажные ткани, эластичность, резинка, гладь, узорная гладь, ажур, ceпочка, прочность, различия трикотажных тканей, сравнение тканей, трикотажная промышленность, характеристики дизайна. Annotation. This article analyzes the types, characteristics, and differences of knitted fabrics. The most common types of knitted fabrics, such as ribbed, plain, patterned plain, lace, and how they differ in terms of elasticity, breathability, durability, and design, are discussed. The areas of use for each type of knitted fabric 619 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 are also highlighted. By comparing the different characteristics of knitted fabrics, the most optimal application areas for each type are clearly defined. Keywords: Knitted fabrics, elasticity, ribbed, plain, patterned plain, lace, durability, differences of knitted fabrics, fabric comparison, knitting industry, design characteristics. Kirish, Reslublikamizda to‘qimachilik va yengil sanoat rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratib berishga qodir tabiiy xomashyo resurslari mavjud. Ushbu resurslardan foydalanib ip, ipak va trikotaj matolaridan yuqori sifatli va raqobatbardosh tikuv va trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish davlatimiz iqtisodiyotining yetakchi yo‘nalishlaridan biridir. Trikotaj matolari bugungi kunda toʻqimachilik sanoatining eng muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Ushbu matolar kiyim-kechak, sport kiyimlari va boshqa tekstil mahsulotlarining asosiy matolari sifatida keng qoʻllaniladi. Trikotaj matolarining xususiyatlarini o‘rganish, ularni to‘g‘ri tanlash va turli sohalarda samarali qo‘llashning ahamiyati zamonaviy to‘qimachilik sanoatida alohida o‘rin tutadi. Trikotaj matolarining elastiklik, mustahkamlik, o‘tkazuvchanlik, va boshqa fizik-mexanik xususiyatlari ularning dizaynini va ishlash qobiliyatini ta’minlaydi. Bu matolar kundalik kiyim-kechakdan tortib, maxsus sport anjomlari, tibbiyot mahsulotlari va hatto sanoat sohalarida ham keng qo‘llaniladi. Matolarni ishlab chiqarish jarayonida trikotaj texnologiyalarining alohida o‘rni bor. Trikotaj matolari, an’anaviy to‘qimachilik matolaridan farqli o‘laroq, o‘zining elastikligi, yengilligi va qulayligi bilan ajralib turadi. Ushbu xususiyatlar matolarni keng ko‘lamda ishlatish imkoniyatini beradi, Misol uchun, lastik matolar elastikligi yuqori bo‘lgani uchun sport kiyimlari va yuqori harakat talab qiladigan kiyimlarda qo‘llaniladi, aksincha, glad matolarining mustahkamligi va tekis yuzasi ularni maxsus kiyimlar uchun to’g’ri keladi. Har bir matoning fizik- mexanik xususiyatlari elastiklik, mustahkamlik va boshqa parametrlari ularning qo‘llanilishi uchun eng maqbul sharoitlarni yaratadi. Maqolada lastik, glad, xosilali glad, sepochka kabi trikotaj matolarining har biri alohida tahlil qilindi. Asosiy qism, Trikotaj iplarning tarkibiga, ishlatilishi, pardozlash usuli va tuzilishiga qarab turlarga boʻlinadi. Tarkibiga qarab, paxta ipi, jun, ipak va kimyoviy tola aralashgan iplardan toʻqilgan xillarga boʻlinadi. Ishlatilishiga qarab, to‘qimachilik buyumlar yoki matolarga boʻlinadi. To‘qimachilik. buyumlariga kostyum, jemper, kofta, palto, qoʻlqop, koʻylak, ichki kiyim, paypoq va boshqa 620 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 04, 2025. APRIL ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 matolariga sunʼiy moʻyna, sunʼiy charm kiradi; bular texnik maqsadlarda va turli xil kiyimlar tayyorlashda ishlatiladi. Pardozlash usuliga qarab, dagʻal, oqartirilgan, tekis va boʻyalgan xillarga boʻlinadi. To‘qimaning asosiy fizik-mexanik xossalari uning tuzilishiga, halqalarning shakli va oʻlchamiga, ipning yoʻgʻon va ingichkaligiga, qalinligi va pishikligiga bogʻliq. Trikotaj halqalarining qanday hosil boʻlishiga qarab, koʻndalang toʻqilgan va boʻylama tandadan toʻqilgan turlarga bo‘linadi. Koʻndalang toʻqilgan matodagi hamma halqalar qatori bitta ipning birin- ketin egilib bukilishidan hosil boʻladi. Boʻylama tandadan toʻqilganida esa har bir xalqa alohida ipdan hosil boʻladi, oʻrilishi bir qavatli va ikki qavatli boʻlishi mumkin. Bir qavatli trikotajning oʻng tomoni bir tomonda, teskari tomoni boshqa tomonda joylashadi. Ikki qavatli trikotajda esa ikkala oʻng tomoni yoki ikkala teskari tomoni bir yoqda joylashgan boʻladi. Ikki qavatlisi qalinroq, pishiqroq va ogʻirroq. Trikotaj oʻrilish asosiy, xosilaviy va gulli oʻrilishga boʻlinadi. Asosiy oʻrilishlar guruhiga bir xil halqa
Доказательный фрагмент
«В данной статье анализируются типы, характеристики и различия трикотажных тканей.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье анализируются типы, характеристики и различия трикотажных тканей. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Knitted fabrics, elasticity, ribbed, plain, patterned plain, lace, matolarni taqqoslash, trikotaj matolarining farqlari, sepochka, elastiklik, glad, trikotaj sanoati, xosilali glad, dizayn xususiyatlari., mustahkamlik, Trikotaj matolar, lastik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026