К содержанию
РецензированоUZ2026

“TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ” ASARINING BOSHLANGʻICH TA’LIM OʻQUV - TARBIYAVIY JARAYONLARIDA AMALIY QOʻLLANISHI

PSIXOLOGIK AHAMIYATI · Abrorxonova Kamolaxon Abrorxon qizi · Rajabova Sarvinoz Shovkatjon qizi

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishdagi pedagogik va psixologik imkoniyatlari yoritilgan. Asardagi axloqiy nasihatlar, maqollar, hikmatli fikrlar orqali o‘quvchilarning fikrlash, o‘z fikrini bayon etish, odob-axloq va nutq madaniyatini shakllantirish yo‘llari tahlil qilingan. Ushbu maqola boshlang‘ich ta’lim jarayonida nutq kompetensiyalarini rivojlantirishda milliy-ma’naviy merosdan samarali foydalanish imkoniyatlarini ochib beradi. Kalit so‘zlar: Abdulla Avloniy, Turkiy Guliston, axloqiy tarbiya, og‘zaki nutq, yozma nutq, pedagogik imkoniyatlar, psixologik yondashuv, boshlang‘ich ta’lim, nutqni rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya. Bugungi tezkor taraqqiyot va zamonaviy axborot oqimi sharoitida yosh avlodning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish orqali ularning tafakkur doirasi, ma’naviy qiyofasi va kommunikativ salohiyatini yuksaltirish davlatimiz oldida turgan ustuvor vazifalardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bu borada milliy qadriyatlar, tarixiy va madaniy merosni ta’lim-tarbiya jarayoniga integratsiya qilish muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu borada shunday degan edi: “O‘z tarixini, tilini, madaniyatini bilgan, milliy g‘urur va iftixorga ega bo‘lgan yoshlar – bizning eng katta boyligimiz va tayanchimizdir”[1]. Bu fikrlar asosida ta’lim jarayoniga o‘zbek adabiyoti va ma’rifatparvarlik merosini singdirish, ayniqsa, Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud axloq” asaridan foydalanish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham og‘zaki, ham yozma nutqni rivojlantirish bilan birga, ularni axloqiy jihatdan kamol toptirishga xizmat qiladi. Shunday ekan, “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarini ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb etish — bu nafaqat adabiy manbadan foydalanish, balki yosh avlod qalbiga ezgulik, mehr-oqibat, hurmat, mehnatsevarlik va insonparvarlik g‘oyalarini singdirish yo‘lida muhim qadamlardan biridir. Asarda keltirilgan har bir hikmat, nasihat yoki badiiy misra bolaning ma’naviy olamida chuqur iz qoldirishi, uni ijtimoiy va ruhiy jihatdan yetuk shaxs bo‘lib shakllanishiga xizmat qilishi mumkin. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishda bu kabi asarlarning o‘rni katta. Chunki bolalar bu bosqichda til va tafakkur jihatdan faol shakllanish jarayonida bo‘lishadi. Agar biz ularga to‘g‘ri va ibratli matnlar asosida og‘zaki fikr bildirish, mustaqil yozma ifoda qilish, ijtimoiy voqealarga munosabat bildirishni o‘rgatsak, bu kelajakda ularning nutq madaniyati, mulohaza yuritish ko‘nikmalari va muloqotda faolligini oshiradi. Shuningdek, Avloniy asaridagi pedagogik-psixologik jihatlar — bolaning ruhiy dunyosiga mos keladigan iboralar, sodda tilda 126 berilgan axloqiy qadriyatlar, qisqa va mazmunli hikmatlar — bugungi darslarda metodik vosita sifatida qo‘llanishi mumkin. Masalan, “Odobli bo‘lmagan odam — xazinasi yo‘q boy kabidir” [2:25] degan ibora asosida darsda rolli o‘yinlar tashkil etish, kichik munozaralar o‘tkazish orqali o‘quvchilarning og‘zaki nutqini mustahkamlash, yozma topshiriqlar orqali esa ularning izchil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkin. “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarining pedagogik-psixologik ahamiyati yosh avlodni tarbiyalashda va ularning nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishda juda katta rol o‘ynaydi. Abdulla Avloniy o‘z asarida axloqiy qadriyatlar, odob-axloq, shaxsiyatni shakllantirish va ijtimoiy javobgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratadi. Bu asar pedagogik nuqtai nazardan yoshlarning axloqiy va ma’naviy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘quvchilarni yaxshi muomala, adolat, halollik va mehr-oqibat kabi fazilatlarni egallashga undaydi. Pedagogik nuqtayi nazardan, “Turkiy Guliston” asaridagi nasihatlar va hikmatlar o‘quvchilarning axloqiy va ma’naviy rivojlanishini ta’minlaydi. Bu asar o‘quvchilarga dunyoqarashini shakllantirishda yordam beradi, ularga jamiyatda to‘g‘ri xulq-atvorni va axloqiy qoidalarni o‘rgatadi. Asardagi fikrlar, o‘quvchilarga yaxshi muomala, boshqalarga nisbatan hurmat va odobni o‘rgatish bilan birga, ularning o‘z-o‘zini tahlil qilish, fikrlarni mantiqiy ravishda bayon etish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bu nafaqat bilimni kengaytirish, balki shaxsiy dunyoqarashni shakllantirishga ham yordam beradi. Asarda ta'kidlashicha, “...zehnsiz kishilarning oʻlchovsiz soʻzlari oʻzlarini uyaltirgoni kabi eshituvchini ham zeriktirur...” [2:40] bu esa o‘quvchilarga faqat kitob va bilimlar orqali fikrlarini aniq va to‘g‘ri ifodalashni, so‘zning kuchini anglashni o‘rgatadi. Zehnni quvvatlantirish va fikrni ochish jarayonida, o‘quvchilarga mutolaaning ahamiyatini tushuntirish, ularni kitob o‘qishga undash, ma’naviy yetuklikka erishishlariga yordam beradi. Bu pedagogik ahamiyatga ega bo‘lib, o‘quvchilarga nutqni rivojlantirish va ilmiy fikr yuritishning samarali usullarini taqdim etadi. Demak, Avloniyning bu fikrlari o‘quvchilarn

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishdagi pedagogik va psixologik imkoniyatlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishdagi pedagogik va psixologik imkoniyatlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
axloqiy tarbiya, Abdulla Avloniy, o‘quv-tarbiyaviy faoliyat, Turkiy Guliston, didaktik materiallar, psixologik ta’sir, nutqni rivojlantirish, pedagogik jarayon, boshlang‘ich ta’lim, milliy qadriyatlar.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники