К содержанию
РецензированоUZ2026

9-SINFLARDA “MODDALAR ALMASHINUVI” MAVZUSINI O’QITISHDA INTERFAOL METODLAR VA TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH ORQALI DARSNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Xusanova Dilorom Nurmatjon qizi (in-academy.uz/index.php/si) · Tayanch Bilaman Bilishni Bilib oldim (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada 9-sinflarda “Moddalar almashinuvi” mavzusini o’qitishda interfaol metod va ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda darsni tashkil etish, o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ularning biologiya faniga bo’lgan qiziqishlarini orttirish va darsning samaradorligini oshirish yo’llari haqida ma’lumot berilgan. Kalit so’zlar: moddalar almashinuvi, metabolizm, assimilyatsiya, plastik almashinuv, dissimilyatsiya, energiya almashinuvi, biosintez, “Beshinchisi ortiqcha” metodi, “BBB” metodi, “Insert” metodi. Kirish. Dars - maktab taʼlimining asosiy tashkiliy shakli. Dars muayyan miqdordagi doimiy oʻquvchilar tarkibi bilan qatʼiy tartibda uyushtiriladigan va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan didaktik tadbirdir. Mavzuni tushuntirishdan avval o’quvchilarga “BBB” metodini qo’llagan holda topshiriq berdim. Topshiriq 1. Tayanch Bilaman Bilishni Bilib oldim tushunchalar xoxlayman Moddalar almashinuvi Plastik almashinuv Energetik almashinuv Biosintez ATF O’quvchilar bilish darajasiga qarab yuqoridagi jadvalni to’ldirdilar. Ya’ni dasrni boshlashdan avval jadvalning birinchi va ikkinchi ustunini to’ldirdilar. Birinchi ustunga yangi mavzu o’tilmasidan avval berilgan tushunchalar haqida nimalarni bilsa, shuni yozdilar. Ikkinchi ustunga yuqoridagi tushunchalar haqida nimalarni bilishini xoxlaydi, shuni yozdilar. Uchinchi ustunni esa darsning so’nggida to’ldirdilar. Bu ustunga dars davomida nimalarni bilib oldi, shu haqida yozishdi. Darsni boshlagandan so’ng o’quvchilarga mavzu to’g’risida qisqacha ma’lumot berdim va mavzu o’quvchilarga yanada tushunarli bo’lishi ular tasavvurining to’g’ri shakllanishi uchun taqdimotdan foydalandim. O’quvchilar moddalar almashinuvi to’g’risida ma’lumotga ega bo’lganidan so’ng, “Beshinchisi ortiqcha” metodidan foydalangan holda mavzuni mustahkamlash va o’tilgan mavzuni qisqacha takrorlash o’quvchilarning faolligini orttirishga katta yordam berdi. Metoddan foydalanish tartibi: 36 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si 1. O’quvchilarga 5 ta tushuncha berdim. Ulardan 4 tasi mavzuga oid va 1 tasi mavzudan tashqari tushuncha. 2. O’quvchilar mavjud 5 ta tushunchadan qaysi biri ortiqcha ekanligini topib uni chiqarib tashlashi va nima sababdan bunday qilganligini asoslab ko’rsatib berishlari kerak bo’ladi. Misol: metabolizm, anabolizm, akseleratsiya, katabolizm, biosintez. Topshiriq 2. Yuqorida keltirilgan tushunchalardan qaysi biri ortiqcha va nima uchun? Javob: mazkur qator uchun akseleratsiya so’zi ortiqcha. Chunki, u bu mavzuga oid tushuncha emas. O’quvchilar darsni yanada yaxshiroq o’zlashtirishlari uchun youtubedan moddalar almashinuviga oid bo’lgan video dars qo’yib berdim. So’ngra ayrim o’quvchilarni turgizib, video darsni ko’rish mobaynida nimalarni tushunganiligini qolgan o’quvchilarga gapirib berishlarini so’radim. Bu usul ham mavzuni mustahkamlashga ancha yordam berdi. O’quvchilar mavzuni qay darajada tushunganligini aniqlash uchun “Insert” metodidan foydalandim. Metoddan foydalanish tartibi: Yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matnni o’quvchilarga tarqatdim. O’quvchilarga individual tarzda matn bilan tanishib chiqib, o’z shaxsiy qarashlarini maxsus belgilar orqali ifodalashlarini aytdim. Matn bilan ishlashda o’quvchilarga quyidagi maxsus belgilardan foydalanishni tavsiya etdim. Topshiriq 3. 1-matn Tirik organizmlar tarkibidagi turli-tuman kimyoviy moddalar xilma-xil reaksiyalar natijasida doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Bu jarayon moddalar almashinuvi yoki metabolizm deb ataladi. Moddalar almashinuvi tirik organizmning yashashi, o‘sishi, hayot faoliyati, ko‘payishi va tashqi muhit bilan doimo aloqada bo‘lishini ta’minlaydi. Bu esa tirik organizmlarning o‘zini o‘zi yangilashga, o‘ziga o‘xshash nasl qoldirishga olib keladi, ularning yashashi uchun zarur shart hisoblanadi. 2-matn Moddalar almashinuvi jarayonida tirik organizm tashqi muhitdan turli-tuman moddalarni qabul qiladi. Hayotiy hodisalar asosan moddalar almashinuvi tufayli namoyon bo‘ladi. Moddalar almashinuvi bir-biriga qarama-qarshi, lekin o‘zaro bog‘langan ikki jarayonni o‘z ichiga oladi. Bular assimilyatsiya (anabolizm, plastik almashinuv) va dissimilyatsiya (katabolizm, energetik almashinuv) reaksiyalaridan iborat. Moddalar almashinuvi organizmda ikkita: qurilish va energetik funksiyalarni bajaradi. 3-matn Parchalanish reaksiyalarining yig‘indisi hujayrada energiya almashinuvi yoki dissimilyatsiya deyiladi. Dissimilyatsiya assimilyatsiyaga qarama-qarshi, lekin o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan jarayonlardir. Chunki, har qanday assimilyatsiya reaksiyalari uchun energiya sarflanishi kerak, bu energiya esa dissimilyatsiya reaksiyalari natijasida hosil bo‘ladi. Belgilar 1-matn 2-matn 3-matn “V” – tanish ma’lumot “?” – mazkur ma’lumotni tushunmadim, izohlang “+” – bu ma’lumot men uchun yangilik 37 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si “-“ – bu fikr yoki mazkur ma’lumotga qarshiman? Belgilangan vaqt yakunlangach, o’quvchilar uchun notanish va

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada 9-sinflarda “Moddalar almashinuvi” mavzusini o’qitishda interfaol metod va ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda darsni tashkil etish, o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ularning biologi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada 9-sinflarda “Moddalar almashinuvi” mavzusini o’qitishda interfaol metod va ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda darsni tashkil etish, o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ularning biologi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“Beshinchisi ortiqcha” metodi, metabolizm, assimilyatsiya, “BBB” metodi, dissimilyatsiya, “Insert” metodi., energiya almashinuvi, biosintez, plastik almashinuv, moddalar almashinuvi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники