Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TALABALARDA KASBIY IDENTIFIKATSIYANING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Qurbonova Feruza Maxamatjon qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
This article is aimed at analyzing the psychological foundations of the process of professional identification in students, identifying the factors influencing its formation, and showing ways to effectively develop it based on a psychological approach. The role and importance of the social and psychological environment in the development of professional identification in students are discussed. The methods of developing professional identification in students are described. Keywords: professional identification, social environment, professional competencies, personal and professional development, psychological environment, higher education. Jaxonda XXI asrga kelib barcha sohalarda, iqtisodiy va ijtimoiy omillarda jadal rivojlanishni taqozo etadi. Shunga muofiq ravishda jamiyatning chuqur ilmiy ahamiyatga ega manbalarga tayanishiva shu borada jamiyat hayotining barcha sohalarida yuqori malakali mutaxassislarga ijtimoiy ehtiyoj kuchayib boradi. Oliy ta’lim muassasalariga innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish zarurligini va kelajak kadrlarning raqobatbardoshligini ta'minlovchi psixologik dasturlar talabini qo‘ydi. Shu o‘rinda oliy ta’lim muassasalariga zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash eng ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda. Zamonaviy ta’lim jarayonida talabaning nafaqat kasbiy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, balki o‘zini tanlagan sohaga tegishli shaxs sifatida anglash, ya’ni kasbiy identifikatsiya jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tishi muhim ahamiyatga ega. Kasbiy identifikatsiya shaxsning o‘zini ma’lum bir kasbga oid deb hisoblashi, o‘zini ushbu kasb orqali anglash va shu kasbda o‘z o‘rnini topish ehtiyoji bilan bog‘liq psixologik holatdir. Aynan talabalik davri — kasbiy yo‘nalishni mustahkamlash, kasb tanlashga oid qarorlarni shakllantirish va o‘zlikni rivojlantirish davri sifatida bu jarayon uchun eng muhim bosqich hisoblanadi. 153 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Bugungi kunda kasbiy identifikatsiyaning psixologik mexanizmlarini chuqur o‘rganish dolzarb masalalardan biridir. Chunki shaxsning kelgusidagi professional faoliyati, kasbiy qoniqishi, ijtimoiy moslashuvi va ruhiy barqarorligi bevosita kasbiy o‘zini anglash darajasiga bog‘liq. Psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, talabalar orasida kasbiy yo‘nalishda ikkilanish, noaniqlik, motivatsiyaning pasayishi holatlari tez-tez uchraydi, bu esa kasbiy identifikatsiyaning to‘laqonli shakllanmasligidan dalolat beradi. Kasbiy identifikatsiaya - bu shaxsning malaka rivojlanishining asosiy xususiyatidir, talabalarda tanlangan kasbiy faoliyatning o‘ziga xos xususiyati, o‘z-o‘zini boshqarish va rivojlanish vositasi sifatida uning shaxsini guruh bilan bilish va ahamiyatini baholash vositasi sifatida qabul qilish va uning mohiyatini baholash vositasi [1:3]. Shakllangan professional identifikatsiyaga ega bo‘lgan shaxs o‘zini kasb bilan aniqlaydi va o‘zini professional hamjamiyat vakili deb hisoblaydi [2:5]. Kasbiy identifikatsiya — bu shaxsning o‘zini ma’lum bir kasb bilan bog‘lash jarayoni bo‘lib, u shaxsiy tajriba, motivatsiya, qadriyatlar, ijtimoiy ta’sirlar hamda psixologik yetuklik darajasiga asoslanadi. Talabalik davri — bu kasbiy identifikatsiyaning shakllanishi va mustahkamlanishi uchun eng faol bosqichlardan biri bo‘lib, bu davrda aynan psixologik mexanizmlar hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Quyida talabalarda kasbiy identifikatsiyani shakllantiruvchi asosiy psixologik mexanizmlar tahlil qilinadi: O‘z-o‘zini anglash (self-awareness)- Shaxsning o‘z qobiliyatlari, kuchli va zaif tomonlari, qiziqishlari hamda ehtiyojlarini anglash orqali o‘z kasbiy yo‘nalishini aniqlashi — identifikatsiya jarayonining birinchi bosqichidir. Talaba o‘zini chuqur anglay boshlaganda, tanlagan sohaga nisbatan ichki ishonch va daxldorlik hissi shakllana boshlaydi. Ichki motivatsiya (intrinsic motivation) - Kasbiy identifikatsiya jarayoni tashqi bosim emas, balki ichki qiziqish va intilishlarga asoslangan bo‘lsa, u yanada samarali kechadi. Talaba o‘z faoliyatidan zavq olganida, bu kasbiy o‘zlikni mustahkamlaydi va doimiy o‘sish ehtiyojini rag‘batlantiradi. Shaxsiy qadriyatlar tizimi - Har bir shaxsning ichki qadriyatlari kasb tanlashda hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, “odamlarga yordam berish” qadriyatiga ega bo‘lgan talaba tibbiyot, psixologiya yoki pedagogik sohalarga moyil bo‘ladi. Qadriyatlar bilan kasb mos kelganda — identifikatsiya mustahkam bo‘ladi. Ijtimoiy ta’sirlar va rol modellari - Oila, do‘stlar, ustozlar va ommaviy axborot vositalarining bevosita va bilvosita ta’siri orqali shaxs o‘ziga kasbiy ideal (rol modeli) tanlaydi. Ushbu modelga intilish, unga o‘xshashlik hissi kasbiy identifikatsiyani rag‘batlantiradi. Kasbiy tasavvur va kognitiv baholash - Talabaning kasbga bo‘lgan tasavvuri (ya’ni, bu kasb nima, qanday faoliyatni o‘z ichiga oladi, qanday malaka talab qiladi) uning identifikatsiya darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. To‘g‘ri va realistik tasavvurga ega bo‘lgan talaba o‘zini bu kasbda aniqroq tasavvur qila oladi. Sh
Доказательный фрагмент
«This article is aimed at analyzing the psychological foundations of the process of professional identification in students, identifying the factors influencing its formation, and showing ways to effectively develop it…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is aimed at analyzing the psychological foundations of the process of professional identification in students, identifying the factors influencing its formation, and showing ways to effectively develop it… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- professional identification, social environment, professional competencies, psixologik muhit, oliy ta’lim., kasbiy identifikatsiay, shaxsiy va kasbiy rivojlanish, ijtimoiy muhit, professional kompetensiyalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014