Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INKLYUZIV TA'LIMGA BO'LGAN EHTIYOJLAR VA ULARNING SABABLARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Umaraliyeva Qoriyaxon (in-academy.uz/index.php/yo) · Ziyoiddinova Salomatoy (in-academy.uz/index.php/yo) · Oxunov Ilxomjon (Andijon Davlat Pedagogika Instituti talabalari)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
This thesis discusses the content of inclusive education, the needs for it, and the main factors that give rise to these needs. The importance of inclusive education in creating and shaping equal opportunities for every child is analyzed. Kalit so‘zlar: Inklyuziv ta’lim, maxsus ehtiyojli bolalar, ta’limda tenglik, moslashtirilgan ta’lim, gospital ta’lim, bag‘rikenglik, ta’lim huquqi. Ключевые слова: Инклюзивное образование, дети с особыми потребностями, равенство в образовании, адаптированное образование, больничное образование, толерантность, право на образование. Keywords: Inclusive education, children with special needs, equality in education, adapted education, hospital education, tolerance, right to education. Inklyuziv ta’lim – bu imkoniyati cheklangan bolalarni sog‘lom tengdoshlari bilan birgalikda umumta’lim maktablarida o‘qitish tizimidir. Bunday ta’lim har bir bolaning shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olib, ularga teng imkoniyatlar yaratishni maqsad qiladi. Zamonaviy ta’lim tizimi har bir insonning teng huquqliligini ta’minlashga intilmoqda. Shu nuqtai nazardan inklyuziv ta’lim tushunchasi alohida ahamiyat kasb etadi. Inklyuziv ta’lim – bu barcha bolalarni, jumladan, jismoniy yoki aqliy imkoniyati cheklangan, ijtimoiy noqulay sharoitdagi hamda boshqa maxsus ehtiyojli o‘quvchilarni umumta’lim muassasalarida birgalikda ta’lim-tarbiyalash tizimidir. Bunday yondashuv jamiyatda ijtimoiy tenglik va adolat tamoyillarini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda O‘zbekiston ta’lim tizimida ham inklyuziv yondashuvni joriy etishga qaratilgan muhim islohotlar olib borilmoqda. Asosiy qism; Inklyuziv ta’limga bo‘lgan ehtiyojning shakllanishi quyidagi asosiy omillar bilan bog‘liq: Huquqiy asoslar va inson huquqlari. Har bir bolaning ta’lim olish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, hamda BMTning “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyasida mustahkamlab qo‘yilgan. Bu huquqni ta’minlashda inklyuziv ta’lim muhim rol o‘ynaydi. Maxsus ehtiyojli bolalar sonining ortishi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, nogironligi bor bolalar soni yildan-yilga ortmoqda. Ularni alohida muassasalarda emas, balki sog‘lom tengdoshlari bilan birga o‘qitish ularning jamiyatga moslashuvini ta’minlaydi. Ijtimoiy integratsiya va bag‘rikenglik muhitining shakllanishi. Inklyuziv muhitda o‘qiyotgan o‘quvchilar bir-birlarini hurmat qilish, birga 4 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo yashash va ishlash madaniyatini o‘zlashtiradilar. Bu esa ijtimoiy jipslik va totuvlikka olib keladi. Psixologik moslashuv va shaxsiy rivojlanish Inklyuziv muhitda o‘qiyotgan maxsus ehtiyojli o‘quvchilar o‘zini jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida his qiladi. Bu ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi, mustaqil fikrlashga undaydi. Pedagogik yondashuvlarning yangilanishi Inklyuziv ta’lim pedagoglardan har bir o‘quvchining individual ehtiyojiga mos metodik yondashuvni talab etadi. Bu esa umuman ta’lim sifati va samaradorligining oshishiga olib keladi. Xulosa Inklyuziv ta’lim – bu nafaqat ta’lim tizimidagi islohot, balki jamiyat taraqqiyotining muhim ko‘rsatkichidir. Har bir bolaning ta’lim olish huquqini teng asosda ta’minlash, ularning jamiyatga moslashuvi va ijtimoiy jipslikni mustahkamlashda inklyuziv yondashuv beqiyos ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Bu esa kelajakda barqaror va bag‘rikeng jamiyatni shakllantirishga xizmat qiladi.
Доказательный фрагмент
«This thesis discusses the content of inclusive education, the needs for it, and the main factors that give rise to these needs.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis discusses the content of inclusive education, the needs for it, and the main factors that give rise to these needs. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Inclusive education, children with special needs, equality in education, moslashtirilgan ta’lim, Inklyuziv ta’lim, gospital ta’lim, ta’limda tenglik, maxsus ehtiyojli bolalar, bag‘rikenglik, ta’lim huquqi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024