К содержанию
РецензированоRU2026

JEFRI CHOSER – INGLIZ SHE’RIYATINING ATOQLI NAMOYONDASI

G‘ofurova Nazokat Komiljonovna

Журнал универсальных научных исследований · 2026

Аннотация

В данной тезисной работе рассматривается выдающееся произведение английской литературы – «Кентерберийские рассказы» Джеффри Чосера, а также другие образцы его творчества. Несмотря на то что произведение считается незавершённым, оно на протяжении веков занимает особое место в сердцах англоязычных читателей. В работе не только представлена полная информация об этом произведении и его авторе, но и осуществляется глубокий подход к личности Чосера – любимого писателя английского народа, сопоставимого с Алишером Навои для узбекского народа. Ключевые слова: основоположник английской литературы, “Кентерберийские рассказы”, собор, двадцать четыре рассказа, представитель духовенств, божественная любовь. Annotatsiya: Ushbu tezisda ingliz adabiyotining faxri hisoblanmish Jefri Choserningning shoh asari – “The Canterbury tales” (Kenterberi hikoyalari) asari, shuningdek, boshqa ijod namunalari haqida so‘z boradi. Garchi tugallanmagan deya e’tirof etilsa-da, asrlar mobaynida inglizzabon kitobxonlar qalbidan joy olgan ushbu asar va uning ijodkori haqida nafaqat to‘liq ma’lumotlar beriladi, balki ingliz xalqining “Alisher Navoiyi” kabi suyukli ijodkori shaxsiga yaqindan yondashiladi. Kalit so‘zlar: “Ingliz adabiyotining otasi”, “The Canterbury tales”, sobor, 24 hikoya, ruhoniy, ilohiy muhabbat. 349 "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Jefrey Choser hayotiga razm solsak, u nafaqat atoqli ijodkor, balki u qirol oilasiga yaqindan xizmat qilgan shaxs edi. 1342-yil o‘rtahol savdogar oilasida tug‘ilgan J.Choser, o‘n yetti yoshidayoq o‘sha davrdagi qirol Edvard uchinchining o‘g‘illaridan biri shahzoda Lionel xizmatiga kiradi, keyinchalik esa yana bir shahzoda Jon Gaunt xizmatiga yollangan. Uning hayot yo‘li mana shu tarzda yuqori aristokrat tabaqaga yaqin o‘tgani uchun ham, u yuz yillik urushda qatnashgan, parlament a’zoligiga ham erishgan, siyosiy maqsadlarda Ispaniya, Fransiya hamda Italiyaga sayohat qilgan. O‘z ona yurtida toj-taxt uchun kurashlar, hukumat almashinuvlariga guvoh bo‘ldi, yoshi ulg‘ayib, keksalik yetganida esa qirol Genri IV unga nafaqa tayinlaydi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay, 60 yoshida, 1402-yilda shoir vafot etadi, va mashhur “Wesminister abbey” – Westminister abbatligi burchagiga dafn etiladi. Ingliz adabiyoti, ingliz she’riyati haqida so‘z ketganda, J.Choserning ingliz adabiyotiga qo‘shgan hissasini eslamay iloji yo‘q. A.Navoiyni biz turkiylar qanday e’zozlasak, inglizzabon xalqlar ham Jefrey Choserni shunday e’zozlaydi. Choserni g‘arbda “Ingliz adabiyotining otasi”, yoxud “Ingliz she’riyatining otasi” deya atashadi.1 J.Choserning “The Canterbury Tales” (Kenterberi hikoyalari) nihoyatda mashhur bo‘lib, uni mashhurlik jihatidan A.Navoiyning “Xamsa” asariga qiyoslash mumkin. Garchi J.Chocer ko‘plab yuksak asarlar yaratgan bo‘lsa ham, uning nomi asosan “The Canterbury Tales” (Kenterberi hikoyalari) (1386–1400) bilan bog‘liq holda yodga olinadi.2 Bu asar turli tabaqalarga mansub ingliz erkak va ayollarining hikoyalari to‘plamidir. Ular Avliyo Tomas Beket ziyoratgohiga – Kanterberi soboriga yo‘l olgan ziyoratchilar sifatida tasvirlanadi. Chaucerning vafoti tufayli tugallanmay qolgan ushbu to‘plam kirish prologi va hajmi turlicha bo‘lgan yigirma to‘rt hikoyani o‘z ichiga oladi.3 “The Canterbury Tales” – (Kenterberiya hikoyalari) 1387-1400- yillarda yaratilgan bo‘lib, asar ingliz adabiyotida tub burilish yasagan va eng ko‘p e’tiborga tushgan adabiy namunalardan biridir. Choser aytib o‘tilganidek, “The Canterbury Tales” ustida XIV asrning saksoninchi yillari o‘rtalarida yaratilgan. Choser asar ustida taxminan 80-yillarning o‘rtalarida ishlashni boshladi, lekin o‘z rejasini to‘liq amalga oshirishga ulgurmadi. Biroq, hozirgi ko‘rinishida ham kitob ichki yaxlitlikni tashkil etadi. Choser zamonaviy Angliyaning keng va yorqin tasvirini yaratdi va uni to‘laqonli obrazlar va tasvirlar galereyasida taqdim etdi.4 “The Canterbury Tales”da keltirilgan hikoyalarning bari turlicha janr va turlicha mavzularda yaratilgan jumladan, g‘urur, o‘lim, muhabbat, oila kabi mavzular ana shular jumlasidandir. O‘rta asrlardagi ingliz tili hozirgi zamon Ingliz tilidan farq qilgani uchun ham, asar tilini tushunish murakkab jarayondir. Asarda Kenterberiyaga diniy 1 https://en.wikipedia.org/wiki/Geoffrey_Chaucer 2 Ford B. The Age of Chaucer. vol I – England: Penguin books Ltd., 1954. – P. 23. 3 Ruud J. Encyclopedia of Medieval Literature. – New York: Infobase, 2006. – P. 107. 4 Avezova A.M. Jefri Choser ijodini o‘rganish//Scientific Progress. Issue. 4, 2022.– B. 909-914 350 "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman majburiyatlarini o‘tashga ketayotgan 30 ta qahramon bo‘lib, har bir ertak (hikoya) mana shu qahramonlarning biri tomonidan hikoya qilib beriladi.5 Asar boshida Choser har bir asar qahramonining ibodat safariga ham borish, ham qaytishida – hammasi bo‘lib ikkitadan hikoya aytishini maqsad qilgan bo‘lsa-d

Доказательный фрагмент

«В данной тезисной работе рассматривается выдающееся произведение английской литературы – «Кентерберийские рассказы» Джеффри Чосера, а также другие образцы его творчества.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной тезисной работе рассматривается выдающееся произведение английской литературы – «Кентерберийские рассказы» Джеффри Чосера, а также другие образцы его творчества. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“The father of English literature”, “The Canterbury Tales”, clergyman, divine love., cathedral, twenty-four tales
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники