Журнал вестник врачаДехканов Т.Д., МОРФОЛОГИЯ КЛЕТОК ДИФФУЗНОЙ ЭНДОКРИННОЙ СИСТЕМЫ2012
BOLALARDA KUZATILADIGAN LARINGIT KASALLIGI VA UNING PROFILAKTIKASI
Saburova Yakutjan Nurumbetovna · Hamshiralar Akademiyasi
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Bugungi kunda juda ko‘plab kasalliklar atrof-muhitning ifloslanishi natijasida yuzaga kelyapti desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayniqsa, yosh bolalarda kuzatiladigan ko‘plab kasalliklar havoning ifloslanganligi sababli vujudga kelgan. Inson organizmida kuzatiladigan turli xil yallig‘lanish kasalliklarini ham bunga misol qilib aytsak bo‘ladi. Quyidagi maqolada aynan shunday yallig‘lanish turlaridan biri bo‘lgan laringit kasalligi haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: kasallik, laringit, yallig‘lanish, gripp, ko‘kyo‘tal, oʻtkir laringit, surunkali laringit, kataral laringit, bemor. Laringit (laringo yunoncha – yalligʻlanish) – hiqildoq shilliq qavatining yalligʻlanishidir. Mazkur kasallikning oʻtkir va surunkali turlari mavjud bo‘lib, oʻtkir laringit koʻpincha gripp, qizamiq, skarlatina, koʻkyoʻtal vas hu kabi boshqa kasalliklarning alomati hisoblanadi. Shuningdek, butun organizmning sovqotishi, baqirib gaplashish natijasida ovoz boylamlariga zoʻr kelishi, muzdek yoki juda issiq ovqat isteʼmol qilish, tamaki chekish, spirtli ichimliklarga ruju qoʻyish natijasida ham roʻy beradi. Oʻtkir laringitda bemor tomogʻi qurib, qirilishi, tirnalishidan shikoyat qiladi; yoʻtal tutadi, tovushi boʻgʻiq, doʻrillagan yoki butunlay chiqmay qoladi, baʼzan yutinganda ogʻriq paydo boʻladi. Oʻtkir laringitning kataral, diffuz, gemorragik, flegmonoz va boshqa shakllari farq qilinadi. Koʻpincha, bolalarda, xususan, 6-8 yoshgacha boʻlgan bolalarda oʻtkir laringitning soxta krup (boʻgʻma) shakli uchraydi. Bu, odatda, ekssudativ diatez va boshqa allergik kasalliklarga moyil bolalarda kuzatiladi. Oʻtkir kataral laringit tezda tuzalib ketishi, diffuz-gemorragik shakli esa ogʻirroq kechib, uzoq, davom etishi mumkin. Flegmonoz laringitda bemorning ahvoli mushkullashadi, harorati koʻtariladi, hiqildoq sohasida ogʻriq paydo boʻlib, yutinish qiyinlashadi va hokazo. Bundan tashqari laringitning yana bir qancha ko‘rinishlari mavjud. Bular: kataral, gipertrofik, atrofik. Bularning barchasi bir-biridan belgilari bilan ajralib turadi. Kataral turi— laringit kasalligining yengil formasi. Xirillash, tomoqning qichishib achishishi, damba-dam yo‘tal bilan namoyon bo‘ladi. Gipertrofik laringitda xirillashning zo‘rayishi, yo‘tal va qichishish kabi alomatlar bor. Kataral laringitdan farqi shundaki, hiqildoqda to‘g‘nog‘ichning boshidek keladigan kichik tugunchalar paydo bo‘ladi. Aynan shu ovozning xirillashiga sabab bo‘ladi. Atrofik laringitda hiqildoq shilliq qavatining yupqalashgani kuzatiladi. Og‘iz qurib, og‘riqli yo‘tal bezovta qiladi. Qattiq yo‘talganida balg‘am qon aralash ko‘chishi ham mumkin. Laringitning bu turi bolalarda deyarli uchramaydi. Mazkur kasallikning alomatlarini yana quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin. Kasallik jarayonida to‘satdan yarim tunda tana haroratining keskin oshishi kuzatiladi. Bundan tashqari yo‘tal boshlanib, bemorning nafas olishi shovqinli bo‘lib, hansirash yuzaga keladi. Masofadan ham bolaning xirillab nafas olayotgani eshitiladi. Bola tomog‘ining quriganidan, 122 achishganidan, ba’zan hiqildog‘idagi og‘riqdan shikoyat qiladi. Ovoz xirillashi, qo‘pollashishi yoki umuman yo‘qolib qolishi mumkin. Nafas olishdagi qiynalish oqibatida yurak yetishmovchiligi yuzaga kelish ehtimoli oshadi. Bu esa bola hayoti uchun xavfli. Bemor to‘g‘ri davolansa, kasallikning 3-4-kunlarida balg‘am ajralishni boshlaydi. 7-10 kundan so‘ng esa laringit alomatlari butunlay yo‘qoladi. Oʻtkir laringitning bot-bot qoʻzib turishi va uni yaxshi davolamaslik, tamaki chekish, spirtli ichimliklar ichish, ovozni zoʻriqtirib qoʻyish (oʻqituvchilar, lektorlar, ashulachilarda) va boshqalar surunkali laringitga sabab boʻladi. Surunkali laringit bilan ogʻrigan bemorning tovushi xirillab boʻgʻiladi, tez toliqadi, koʻpincha yoʻtalib turadi. Davosi: kasallikning xili va kechishiga qarab fizio-terapevtik muolajalar, dorivor moddalardan ingalyatsiya buyuriladi, organizmni chiniqtirish, kasbga oid zararli moddalarni yoʻqotish tavsiya etiladi. Kasallik go‘daklarda kuzatilganda onalar go‘daklarni imkon qadar ko‘krak suti bilan boqishlari kerak. Bu bolani har qanday infeksion kasalliklardan himoyalashning eng samarali chorasi. Shu bilan bir qatorda kichkintoyning organizmini chiniqtirib borish lozim. Parhez ham davolashning muhim shartlardan biri hisoblanadi. Laringit kasalligi bilan og‘rigan bemorlarga sovuq, juda issiq, achchiq, sho‘r yeguliklar, shirinliklar, gazli ichimliklar tavsiya etilmaydi. Sitrus mevalar, tuxum, shirinliklar, asal, yong‘oq, mosh, no‘xat, tovuq va qo‘y go‘shtidan tayyorlangan ovqatlar mumkin emas. Sut mahsulotlari va ulardan tayyorlangan yeguliklar, giyohlardan tayyorlangan damlama (shifokor tavsiyasiga ko‘ra), mol go‘shtidan qaynatib, bug‘da dimlab pishirilgan taomlar berish mumkin. Yuqorida ta’kidlaganimizdek laringitni davolashning eng samarali usuli ingalyatsiya hisoblanadi. Lekin ahamiyat berish kerakki, laringit bilan og‘rigan bemorlarga sovuq ingalyatsiya (maxsus ingalyator apparati orqali) qilinadi. Ingalyatsiya vaqtida bola og‘zi bilan nafas ola
Доказательный фрагмент
«Bugungi kunda juda ko‘plab kasalliklar atrof-muhitning ifloslanishi natijasida yuzaga kelyapti desak mubolag‘a bo‘lmaydi.»
Образец извлечения
Демо-превьюBugungi kunda juda ko‘plab kasalliklar atrof-muhitning ifloslanishi natijasida yuzaga kelyapti desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yallig‘lanish, oʻtkir laringit, surunkali laringit, kataral laringit, laringit, kasallik, bemor., ko‘kyo‘tal, gripp
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025