К содержанию
РецензированоRU2026

SINONIMLARNING INGLIZ TILIDAN O’ZBEK TILIGA TARJIMASI MUAMMOSI

Kholmurodova Flyura Ulugbekovna

Журнал универсальных научных исследований · 2026

Аннотация

Данная статья посвящена проблемам, связанным с синонимами в процессе перевода с английского на узбекский язык и их устранению. Ключевые слова: Дословный перевод, значение слова, стилистический аспект, лексическое значение, контекст, словосочетание, содержание текста, фразеологическое выражение. Annotatsiya: Ushbu maqola ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilish jarayonida sinonimlar bilan bog’liq bo’ladigan muammolar va ularni bartaraf etish masalalariga bag’ishlangan. Kalit so’zlar: So’zma-so’z tarjima, so’z ma’nosi, uslubiy jihat, lug’aviy ma’no, kontekst, so’z birikmasi, matn mazmuni, frazeologik ibora. Bugungi kunda globalizatsiya jarayoni va raqamli iqtisodiyotning tez sur'atlarda rivojlanishi, ilmiy yangiliklarning doimiy ravishda paydo bo'lishi insoniyatning leksik boyligida sezilarli o'zgarishlarni keltirib chiqaryapti. Jumladan, turkum sintezining keng tarqalishi, shakldosh so'zlarning ko'payishi, tilda polifunksional so'zlar sonining ortishi va nutqda konversiya hodisasining tez-tez uchrashi kuzatilmoqda. Bunday o'zgarishlar, ayniqsa, sinonim (ma'nodosh) so'zlar to'plamining o'ziga xos o'zgarishlarni boshdan kechirishiga olib kelmoqda. Sinonimiya - bu til birliklari o'rtasidagi semantik munosabatlarning bir turi bo'lib, leksik birliklar ma'nolarining bir-biriga to'liq (bu kamdan-kam hollarda uchraydi) yoki qisman mos kelishidan iboratdir. Sinonimiya 1) tilning leksik, frazeologik, grammatik va so'z yasash tizimlariga xosdir; 2) umumjahon hodisa (til universaliyasi) hisoblanadi; 3) eng muhim paradigmatik munosabatlardan biridir. Shuning uchun dunyo tilshunosligida 281 "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman sinonimiya hodisasining o'rganilishi davr nuqtai nazaridan ham dolzarb masala hisoblanadi[1.353]. Bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilishda so‘zning to‘g‘ri tanlovi muhim ahamiyatga ega. Ayrim jumlalarni so‘zma-so‘z tarjima qilish mumkin bo‘lsa, ba’zilarini kontekstga qarab qayta ishlab tarjima qilish talab etiladi. Bunday hollarda tarjimon matn mazmunini to‘g‘ri yetkazish uchun sinonimlarni mohirona qo‘llay bilishi zarur. Tarjimaning sifatini ta’minlashda har bir so‘zning ma’nosi va uslubiy jihatini hisobga olish muhimdir. Tarjimon sinonimlarni kontekstga mos ravishda tanlasa, ma'lumotlar aniq va tushunarli bo‘ladi. Har doim ham bir so‘zning birlamchi lug‘aviy ma’nosi boshqa tilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘girilavermaydi. Masalan, “Oxford Dictionary” kitobiga ko’ra ingliz tilidagi "to make a decision" iborasi o‘zbek tilida "qaror qabul qilish" deb tarjima qilinadi. Agar ushbu iborani so‘zma-so‘z "qaror qilish" shaklida o‘girsak, u tushunarsiz ko‘rinishi va ma’no aniq ifodalanmasligi mumkin. Shuning uchun sinonimlarni qo‘llashda matnning uslubi va mantiqiy mazmunini saqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ingliz tilida aksariyat so‘zlarning bir nechta ma’nosi mavjud bo‘lib, bu tarjima jarayonini murakkablashtiradi. Xato sinonim tanlovi matn mazmunini noto‘g‘ri tushunishga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, iboralar va so’z birikmalarini so‘zma-so‘z tarjima qilish qiyin. Noto‘g‘ri tarjima matnning o‘qilishini murakkablashtiradi. Masalan, “Dictionary for library and information science”ga ko’ra "to give up" iborasini "berish" deb tarjima qilish noto‘g‘ri, negaki uning mazmuni "voz kechmoq" yoki "taslim bo‘lmoq" kabi ma’nolarni anglatadi. Shuning uchun tarjima jarayonida lug‘aviy ekvivalentlardan tashqari, uslub va konnotativ (qo‘shimcha) ma’nolar ham e’tiborga olinishi lozim. Misol uchun, ingliz tilidagi "large" va "big" so‘zlari bir-biriga yaqin ma’noga ega bo‘lsa-da, qo‘llanilish jihatidan farq qiladi. "Big mistake" ifodasi kundalik so‘zlashuvda ishlatilsa, "large mistake" odatda rasmiyroq ohangda qo‘llaniladi. Ikkalasini ham o‘zbek tiliga "katta xato" deb tarjima qilish mumkin, ammo ularning stilistik farqini to‘g‘ri anglash matn mazmunining aniqligini ta’minlaydi. Xuddi shuningdek, "huge" va "enormous" so‘zlari ham o‘z kontekstiga qarab turli taassurot uyg‘otishi mumkin. Tarjimada bunday farqlarga e’tibor bermaslik uslubiy moslashuvga putur yetkazadi. O‘zbek tili ham sinonimlarga boy til bo‘lgani uchun ekvivalent tanlashda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Masalan, ingliz tilidagi "dark" so‘zi turli kontekstlarda bir nechta sinonimga ega. "Longman Dictionary" ma’lumotlariga ko‘ra, bu so‘zning to‘rtta asosiy ma’nosi mavjud: 282 "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman O’zbek tilidagi Ingliz tilidagi Misol ma’nosi sinonimlar I. I. Qorong’u Dim, shadowy, The room was dark, gloomy making it hard to see. I. II. Yomon Evil, sinister, wicked He has a dark sense of humour. I. III. Sirli Mysterious, There is a dark aura enigmatic, obscure around her past. Ruhiy tushkunlik Depressed, She was in a dark [“Longman dictionary” – p- melancholic state. 290] Yuqoridagi misollarda so‘zning qaysi ma’noda ishlatilganini aniqlash nihoyatda muhim. Aks holda, noto‘g‘ri sinonim tanlovi matnning ma’

Доказательный фрагмент

«Данная статья посвящена проблемам, связанным с синонимами в процессе перевода с английского на узбекский язык и их устранению.»

Образец извлечения

Демо-превью

Данная статья посвящена проблемам, связанным с синонимами в процессе перевода с английского на узбекский язык и их устранению. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Literal translation, word meaning, stylistic aspect, lexical meaning, text content, idiomatic expression., phrase, context
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники