Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“LUG’AT SARLAVHASI VA SO’ZBOSHI LEMMA KO’RSATKICHLARI SIFATIDA”
Yuldashova Adolat Adilbayevna · Mirzo Ulug’bek nomidagi
Журнал универсальных научных исследований · 100 · 2026
Аннотация
В данной статье рассматривается выбор заголовков для лингвистических терминов в словарях, созданных в немецком языкознании, а также определения, приведённые в предисловии к этим словарям. Ключевые слова: заголовок словаря, предисловие, область лингвистики, направление лингвистики, лингвистический лексикон, лингвистическая терминология Lug’at yaratishda unga beriladigan sarlavha va so’zboshi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki foydalanuvchi lug’at nomini o’qiganda u taxminan qaysi soha yoki yo’nalishga oid terminlarni o’z ichiga olganini taxmin qilishi mumkin. Har bir lug’atshunos lug’at yaratayotganda o’z oldiga biror soha yoki yo’nalish terminlarini qamrab olishni ko’zlasa ham amalda bu ish deyarli imkonsiz hisoblanadi. Bunga tilshunoslik sohasini misol qilib olinsa, ushbu fan ham boshqa fanlar singari tinimsiz rivojlanib, unga yangidan-yangi yo’nalishlar kirib keladi, bu esa o’z navbatida fanga yangi termin va atamalar kirib keladi hamda terminologiya qamrovi kengayib boraveradi. Nemis lug’atshunosligidagi tilshunoslik terminlariga oid lug‘atlardan biri bo’lgan "Lexikon der grammatischen Terminologie" [1,194] nomli lug’at nomiga ko’zi tushgan foydalanuvchi unda kompyuter lingvistikasi terminologiyasini topishi 234 "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman mumkinligi haqida o’ylamaydi. Xuddi shuningdek, „Terminologie der generativen Grammatik “ kabi generativ grammatika terminologiyasiga oid asarda tarixiy tilshunoslik atamalar to‘plamini topishdan ham umid qilinmaydi. Biroq, metatilli lexikografiyada bunday aniq nomlanishlar kam uchraydi. Odatda, lexikograflar mutlaqo istisnosiz xalqaro "lingvistika" yoki nemischa "tilshunoslik" atamalaridan foydalanib, o‘z tadqiqot obyekti haqida tushuncha berishga harakat qiladilar. Agar ular qo‘shimcha sarlavha keltirmasalar, aniqrog‘i, bu aniq terminologik tushunarlilikka xizmat qilmaydi, chunki "lingvistika" atamasi "tilshunoslik" bilan sinonim ham, unga nisbatan torroq ma’noda ham bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, lingvistik terminlar lug‘ati bilan tilshunoslik terminlari lug‘ati bir xil sohani qamrab oladimi yoki "lingvistika leksikoni" "tilshunoslik leksikoni"dan farqli atamalarni o‘z ichiga oladimi – bular faqatgina sarlavhadan kelib chiqib hal etilmaydi. Bunday farqlarni, ehtimol, faqat muallifning so‘zboshi orqali aniqlash mumkin. Ammo u yerdan ham juda katta yordam kutish to’g’ri emas. Ayrim leksikograflar bu borada kam ma’lumot berishadi. Masalan, Helbig umuman o‘z tadqiqot sohasiga ta’rif berishga harakat ham qilmaydi. Aksincha, u o‘z kitobini bilimdon auditoriya uchun mo‘ljallangan deb hisoblaydi va muqaddimada faqatgina o‘zining Kleines Wörterbuch linguistischer Termini (Kichik lingvistik terminlar lug’ati) lug’atining cheklangan xususiyatini asoslash bilan kifoyalanadi: "So‘nggi o‘n yilliklarda lingvistikaning jadal rivojlanishi shunchalik ko‘p yangi terminlarni yuzaga keltirdiki, yangi tilshunoslik ishlarida yo‘nalish topish ko‘pincha qiyinlashdi. Bundan tashqari, bu yangi terminlar turli lingvistik yo‘nalishlarda har xil ma’noda qo‘llaniladi. Shu sababli, quyida ba’zi yangi va kam tanilgan terminlarni jamlab, ularni izohlashga harakat qilinadi"[1,195]. Helbig singari tilshunoslik va lingvistika atamalarini sinonim sifatida ishlatadigan Konrad ham sarlavha tanlash borasida izoh berish bilan shug‘ullanmaydi. Biroq, u Helbigga qaraganda o‘quvchiga ancha aniqroq ma’lumot taqdim etadi. Chunki Helbig o‘z tadqiqot doirasini faqat formal jihatdan belgilasa, Konrad esa mazmuniy yo‘nalishni ham aniqlashga harakat qiladi. U Kleines Wörterbuch linguistischer Termini lug‘atida ko‘rib chiqilgan barcha mavzularni tuzuvchilarga muvofiq tartibda batafsil sanab o‘tadi: umumiy asosiy tushunchalar, til nazariyasi, tilshunoslik tarixi va uslublari, grammatika nazariyasi, fonetika/fonologiya, morfologiya, til tipologiyasi, yozuv, sintaksis, tarixiy grammatika va fonetika, leksikologiya, so‘z yasalishi, etimologiya, onomastika, dialektologiya, ijtimoiy lingvistika, poetika va stilistika, til oilalari [4,3]. O‘n yil o‘tib, u Lexikon sprachwissenschaftlicher Termini ( Tilshunoslik terminlari leksikoni) lug’atining so‘zboshi orqali oldingi asariga yana qaytadi va uning terminologik taklifini hozirgi 235 "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tadqiqot darajasiga mos kelmay qolgan joylarini kengaytirib, ko‘plab yangi sohalarni qo’shadi. Uning asosiy mazmuni Kleines Wörterbuch linguistischer Termini lug‘atidan kelib chiqqan bo‘lsa-da, u an’anaviy tilshunoslik sohalari, jumladan, klassik strukturalizm va generativ grammatika bilan birga, so‘nggi 10-15 yil ichida lingvistik tadqiqot markaziga aylangan sohalarni ham o‘z ichiga oladi." Busman ham o‘zining Lexikon der Sprachwissenschaft (Tilshunoslik leksikoni) katta lug’ati orqali o‘qituvchilar va o‘quvchilarga lingvistik terminlarning keng doirasini taqdim etish maqsadini ko‘zlaydi[2,7]. Biroq, Konraddan
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматривается выбор заголовков для лингвистических терминов в словарях, созданных в немецком языкознании, а также определения, приведённые в предисловии к этим словарям.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматривается выбор заголовков для лингвистических терминов в словарях, созданных в немецком языкознании, а также определения, приведённые в предисловии к этим словарям. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- dictionary title, preface, field of linguistics, linguistic direction, so’zboshi, lingvistik terminologiya, lingvistik leksikon, lug’at sarlavhasi, tilshunoslik yo’nalishi, tilshunoslik sohasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024