Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NEMIS TILINING RIVOJLANISH TARIXIDA YUNON TILIDAN O‘ZLASHGAN SO‘ZLARNING O’RNI
O‘ZLASHGAN SO‘ZLARNING O’RNI · Умарова Замира Қаҳрамон қизи (Немис филологияси кафедраси)
Журнал универсальных научных исследований · 2026
Аннотация
The German language has adopted many words from various languages throughout history, especially from Latin and Greek. The incorporation of Greek words into German is primarily related to the fields of science, medicine, philosophy, and religion. This process began in ancient times and continues to this day. This article explores the process of Greek word adoption into German, their phonetic, morphological, and semantic characteristics, as well as their significance in the German language. Key words: Loanwords, German language, Greek language, historical connections, Greek culture, Renaissance, science, scientific terminology, ancient Indo- European languages, scientific research. Har qanday til tarixiy taraqqiyot jarayonida turli omillar ta’sirida rivojlanadi. Bunda madaniy, iqtisodiy, siyosiy aloqalar, urushlar va tarixiy voqealar, mafkuralar hamda ilmiy va texnik taraqqiyotning natijasida boshqa tillardan so‘zlar o‘zlashishi muhim rol o‘ynaydi. Turli xalqlar o‘rtasidagi aloqalar tilni boyitib, unda sezilarli izlar qoldirgan bo‘lib ular o‘zlashtirilgan so‘zlarda o‘z aksini ifodalaydi. Nemis tilining rivojlanish bosqichlarda turli tillar, jumladan, kelt, lotin, yunon, fransuz, slavyan, italyan va ingliz va boshqa tillaridan ko‘plab so‘zlar o‘zlashtirilgan 225 "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman va bu o‘zlashgan so‘zlar nemis tili leksik qatlamining sezilarli qismini tashkil etadi. Ularning aksariyati lotin va ingliz tilidan olingan so‘zlardan iborat bo‘lib, lotin tili orqali yunon tilidan ham so‘zlar kirib kelganligi va ular ko‘proq ilmiy terminologiya, falsafa, tibbiyot va diniy atamalarda uchrashi kuzatiladi. Yunon tili qadimgi dunyoning asosiy ilmiy va madaniy tili bo‘lgan. Miloddan avvalgi IV asrda Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr Makedonskiy) Sharqiy Yevropadan Hindiston chegaralarigacha bo‘lgan hududlarga yunon madaniyatini yoygan. Keyinchalik Rim imperiyasi yunon madaniyatini o‘zlashtirdi va yunoncha ilmiy, diniy va falsafiy atamalar lotin tili orqali butun Yevropaga tarqaldi. Yunon tilidan nemis tiliga asosan falsafa, din, ilm-fan va texnika, tibbiyot madaniyat va san’at sohalariga oid so‘zlar o‘zlashgan.[2;32] XX asrning boshlarida nemis tilini chet tillardan kirib kelgan so‘zlardan tozalash harakatlari mavjud edi. Faqat XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, ommaviy axborot vositalari, matbuot va siyosatda chet so‘zlardan foydalanish keng tarqaldi, chunki bu tushunchalarni aniqroq ifodalash va jamoatchilikning e’tiborini osonroq jalb qilish imkonini berdi. Falsafiy va diniy adabiyotlarda nemis tilida mos keladigan ekvivalentlar yetishmasligi, lotin va yunon tillaridan so‘zlar o‘zlashishiga sabab bo‘ldi. Masalan: Apostel, Engel, Kirche, Bischof, Teufel. Yunoncha so‘zlarning nemis tiliga o‘zlashish jarayoni bir necha bosqichda kechgan: – Antik davr: Antik davrda yunoncha ilmiy va diniy atamalar lotin tili orqali Yevropa tillariga, jumladan, nemis tiliga ham kirib kelgan. Bu jarayon asosan Rim imperiyasi va keyinchalik O‘rta asr monastirlari, universitetlari orqali amalga oshgan. Masalan, Philosophie (φιλοσοφία – falsafa), Demokratie (δημοκρατία – demokratiya), Astronomie (ἀστρονομία – astronomiya), Theologie (θεολογία – ilohiyot), Liturgie (λειτουργία – diniy marosim). – O‘rta asrlar: Xristianlik va cherkov ta’siri. O‘rta asrlarda xristianlik Yevropada keng tarqalib, diniy yozuvlar va cherkov faoliyati yunon tilidan ko‘plab so‘zlarni o‘zlashtirdi. O‘sha davrda lotin tili Yevropadagi asosiy ilm-fan va cherkov tili bo‘lib xizmat qilgan. Cherkov va diniy atamalar nemis tiliga kirib kelgan: Bischof (episkop) – yunoncha episkopos (nazoratchi), Evangelium (“injil”) – yunoncha euangelion (“xushxabar”). Bu davrda yunon tilidan kirib kelgan so‘zlar asosan diniy va cherkov faoliyatiga tegishli bo‘lgan. – Uyg‘onish davri (Renessans) – XV–XVI asrlarda Yevropada ilm-fan, san’at va madaniyatning yuksalish davri bo‘lib, ayniqsa, yunon va rim klassik merosi qayta kashf etildi va chuqur o‘rganildi. Ushbu davrda olimlar va faylasuflar qadimgi yunon va lotin tilidagi ilmiy hamda falsafiy asarlarni o‘rganib, ularni Yevropa tillariga, jumladan, nemis tiliga tarjima qilishdi. Shu orqali yunoncha ilmiy va falsafiy terminlar 226 "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman lotin va nemis tillarida keng tarqala boshladi. Masalan, Logik (mantiq), Analyse (tahlil), Synthese (sintez), Physik (fizika); –Yangi davr (XVIII–XIX asrlar): Ilm-fan va texnologiyaning jadal rivojlangan davri bo‘lib, ayniqsa, nemis olimlari bu jarayonda yetakchi rol o‘ynadi. Ular fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, falsafa va tilshunoslik sohalarida muhim kashfiyotlar qilishdi. Bu davrda ilmiy terminologiyani yaratishda qadimgi yunoncha so‘zlar asos sifatida ishlatilgan, chunki yunon tili qadimdan falsafa va tabiiy fanlar tili hisoblangan. Tibbiyot va tabiiy fanlarga oid yunoncha ildizga ega nemis atamalari: Biologie (βι
Доказательный фрагмент
«The German language has adopted many words from various languages throughout history, especially from Latin and Greek.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe German language has adopted many words from various languages throughout history, especially from Latin and Greek. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Loanwords, German language, Greek language, historical, немис тили, илм-фан, юнон тили, қадимги ҳинд-европа тиллари, илмий терминология, тарихий алоқалар, илмий тадқиқотлар., уйғониш даври, юнон маданияти, Ўзлашган сўзлар
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026