К содержанию
РецензированоRU2026

DETEKTIV ASARLAR QAHRAMONLARIDA NEVROLINGVISTIK MUOMMOLARNING YUZAGA KELISHI (Agatha Christiening “The ABC murders” qahramonlari talqinida)

MUOMMOLARNING YUZAGA KELISHI · Xoliyorova Charosxon Davron qizi

Журнал универсальных научных исследований · 2026

Аннотация

Нейролингвистика — новое направление современной лингвистики, изучающее речевые проблемы, возникающие на стыке языка и нервной системы. В данной статье анализируются речевые проблемы персонажей детективного романа А. Кристи «Убийства по алфавиту». В основном изучаются речевые проблемы, возникающие, когда наши персонажи находятся в состоянии сильного волнения или страха. Ключевые слова: нейролингвистика, детектив, волнение, страх, правое и левое полушарие мозга Inson tanasi, uning harakatlari mukammal va ular necha yillardan beri olimlar qiziqishini o’ziga jalb qilib kelmoqda. Inson bosh qismida joylashgan miya barcha tana a’zolarining boshqaruv tizimi ekanligi bugungi kunda barchaga ayon. Eramizdan avvalgi 3500 yillardayoq miya va uning ahamiyati olimlar e’tiboriga tushib ulgurgan[2:566]. Ularning fikriga ko’ra, bosh suyagining muayyan qismidagi jarohat tananing boshqa a’zolariga ham ziyon yetkazishi mumkin. Shu sababdan ular inson 230 "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman a’zolari va ularning faoliyati miyaning turli maydonlariga bog‘liq, deb hisoblaganlar. Ayniqsa, Gippokrat, Gerofil, Platon, Demokrit, Aristotel, Galen kabi zabardast faylasuf olimlarning xulosalari asosida o‘sha qadimgi davrlardanoq inson tanasining har bir a’zosi faoliyati miya bilan aloqador ekanligi ta’kidlangan. Insonni boshqa mavjudodlardan ajratib turuvchi til va uning ishlash mexanizmi ham aynan miya faoliyatiga bog’liq, ayni paytda tilning miya bilan bog‘liqligi, ularning ayro holdagi tuzilishi, nutqiy faoliyat, nutqiy buzilishlar kabi hodisalarni o‘rganuvchi zamonaviy soha – neyrolingvistika jadal rivojlanish bosqichida turibdi. Takidlanishicha “neyrolingvistika nevrologiya va tilshunoslik chorrahasida paydo bo‘lgan fan sohasidir. Uni o‘rganishning asosiy obyekti nutq xatti-harakatlarining miya mexanizmiga nisbatan til tizimidir. Neyrolingvistika, shuningdek, nutqiy faoliyat mexanizmlarining jarayonlarini, til, tafakkur va inson ongi o‘rtasidagi munosabatlarni, nutqiy bayonotlarni yaratish usullarini o‘rganadi” [4:53]. Yuqoridagi fikrlarga tayanib aytish mumkinki, neyrolingvistika nutqning paydo bo’lishi va nutq jarayonida yuzaga keladigan muommolarni o’rganadigan tilshunoslikning zamonaviy sohalaridan biridir. Kuzatishlarimiz davomida inson nutqidagi muommoning sabablari doirasida qattiq hayajon yoki qo’rquv ham mavjudligi ma’lum bo’ldi. His-tuygʻular kishining oʻz hayotida nimalar yuz berayotgani, nimalarni bilib olayotgani yoki nima bilan mashgʻul boʻlayotganiga nisbatan ichki ehtirosli munosabatidir. His-tuygʻularni boshdan kechirishning turli ko’rinishlari, hususan – hayajon, affekt, kayfiyat, stress (kuchli asabiylashish), ehtiros singari koʻrinishlari mavjud. Olimlar miyani o’rganishi davomida qiziqarli bir hodisani kuzatishdi unda inson biror bir voqea sababli hissiy tajribaga ega bo’lganda, o’ng yarimsharning miya to’lqinlari juda faollashadi va yarimsharning miya to’lqinlarini bostiradi. Ya’ni kishi hissiyotlar bilan mashg’ul bo’lganda, atrofni aynan shu his tuyg’ular o’rnatgan filtrlar doirasida ko’radi, harakatlar, fikrlar his tuygular orqali boshqariladi va o’z o’rnida inson qilgan tanlovlar ularning his tuyg’ularining rahm shavqatiga bog’liq bo’ladi. Shunday qilib tadqiqotchilar inson miya yarimsharlar faoliyatini nima muvozanatga olib kelishi mumkinligi haqida tadqiqotlar olib borishga kirishishdi. Ular bir qancha bahs va munozaralardan so’ng o’z fikringizga shubha qilish orqali fikringizni vaziyatga real qaytarishga erishishingiz mumkin degan to’xtamga kelishdi. Taxminan 2000 yil oldin rim stoik faylasufi Epiktet shunday degan edi: "Odamlarni narsalar emas, balki ularga qarashlari bezovta qiladi". Bu shuni anglatadiki, sizning fikrlash tarzingizga qarash va hissiy xafagarchilikni keltirib chiqargan narsaga bo'lgan munosabatingizni shubha ostiga qo'yish sizni fikrlashga yanada real yondashishga olib kelishi mumkin. Demakki, insonning his-tuyg’usi, fikrlashi, va hatti-harakati bir-biriga uzviy bog’liq bo’lar ekan. Bazan inson kuchki hayajon, qo’rquv yoki stress tufayli nutqini yo’qotib qo’yishi, duduqlanib qolishi, ba’zan bitta gap yoki so’zni takror va takror aytishini 231 "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman kuzatamiz. Keling yuqoridagi vaziyatlarni barchamizga tanish bo’lgan Agatha Christining “The ABC murders” detektiv asari qahramonlari nutqida qo’rquv, hayajon yoki uning oqibatlaridan kelib chiqadigan nutqiy muommolari orqali tahlil qilamiz. Bizga ma’lumki detektiv asarlar asosan jinoyat sodir bo’gani va uning aybdorlarini izlash uchun qidiruv olib borish jarayonlarini yoritib beradi. Bunday vaziyatda izquvar, politsiyachilar gumonlanuvchilarni tergovga tortadi va sodir bo’lgan jinoyat doirasida savol javob o’tkazadi. Tergov jarayoni umuman olganda ko’p insonlarni vahimaga soladigan va asabiylashtiradigan holatdir. Ushbu vaziyatni o’quvchilarga to’laqonli yetkazib beris

Доказательный фрагмент

«Нейролингвистика — новое направление современной лингвистики, изучающее речевые проблемы, возникающие на стыке языка и нервной системы.»

Образец извлечения

Демо-превью

Нейролингвистика — новое направление современной лингвистики, изучающее речевые проблемы, возникающие на стыке языка и нервной системы. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
neurolinguistics, detective, excitement, fear, right hemisphere and, hayajon, detektiv, neyrolingvistika, qo’rquv, o’ng yarimshar va chap yarimshar miya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники