Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NEMISCHA-O’ZBEKCHA FRAZEOLOGIK LUG’AT TUZISH MASALALARINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI
Rahimova Mahzuna Husan qizi
Журнал универсальных научных исследований · 2026
Аннотация
В данной статье анализируются вопросы создания немецко- узбекского фразеологического словаря с точки зрения современных требований и языковых проблем. Фразеологизм – это совокупность выражений, содержащих образные выражения в языке, которые играют важную роль в объяснении генеалогии и культуры. Сегодня в процессе глобальной коммуникации и межкультурного обмена возрастает значение немецко-узбекских фразеологических словарей, которые являются важным инструментом в изучении языка и переводческой деятельности. Ключевые слова: Фразеология, фразеологические словари на немецком и узбекском языках, словарный запас, культура. Hozirgi zamonda, axborot texnologiyalari va globalizatsiya tufayli turli tillar va madaniyatlar o’rtasida tez va samarali muloqot o’rnatish muhim ahamiyatga ega. 176 "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Tilning faoliyati frazeologizmlar orqali amalga oshiriladi, bu esa tilda noan’anaviy ifodalarni o’z ichiga oladi. Nemis tilida frazeologiya asosan madaniyat va an’analar bilan bog’liq bo’lib, ularning erkin ravishda o’zlashtirilishi va qo’llanilishi inson hayotining turli jabhalarida bevosita aks etadi. Ushbu maqolaning maqsadi, nemischa- o’zbekcha frazeologik lug‘at tuzish masalalarining ahamiyatini yoritish va til o‘rganish jarayonida unga ergashish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni oshirishdir. Bu sohada davom etuvchi ilmiy izlanishlar til va madaniyatni yanada boyitishga xizmat qiladi. Frazeologik lug’at tuzish jarayoni, nemis va o’zbek tillarida murakkab va qiziqarli bir jarayon bo’lib, u ko’proq tajriba va bilimlarni talab qiladi. Nemis frazeologizmlari har doim o’zgarib turadi va agar bu jarayon yetarlicha qo’llab- quvvatlanmasa, tilning boyligi o’z salmog’ini yo’qotishi mumkin. Ijtimoiy hayotdagi o’zgarishlar, yangi terminlar va iboralarning paydo bo’lishi ham frazeologik lug’atni yangilash zaruratini keltirib chiqaradi. Nemis tili va o’zbek tili madaniyati o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganish, tilning boyligini va iboralarni o’zlashtirishning samarali usullarini kashf etishga yordam beradi. Frazeologik ifodalar va iboralar yordamida inson muloqotida aniq va ma’noli fikrlarni ifodalay oladi. Shuning uchun ham nemischa frazeologik lug’atlarning tuzilishi va rivojlanishi zamonaviy muloqotda katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda frazeologik lug’atlar, til o’rgatuvchilar, tarjimonlar va hatto til o’rganayotgan shaxslar uchun zarurdir. Nemis tilini o’rganayotgan shaxslar uchun frazeologik iboralarni bilish nafaqat tilni to’g’ri tushunishga, balki madaniy aspektni ham hisobga olishga yordam beradi. Shu sababli, nemis frazeologik lug’at tuzish masalalarining ahamiyati doimiy ravishda o’sib bormoqda. Nemis tili, o’zining boy va xilma-xil frazeologik ifodalari bilan ajralib turadi. Frazeologiya tilning o’ziga xosligini, madaniyatini va xalqning ruhini aks ettiradi. [6,177] Bugungi kunda globalizatsiya va til o’zgarishlari sharoitida nemischa frazeologik lug’atlarni yaratish va rivojlantirish masalasi katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu maqolada nemis tilidagi frazeologizmlar va ularning zamon talablariga muvofiq rivojlanishi haqida fikr yuritiladi. Nemis tilining frazeologik boyligi, nemis xalqining urf-odatlari va tarixiy tajribalariga asoslanadi. Har bir frazeologik ifoda ma’lum bir vaziyatni ifodalaydi, bu esa tilni o’rganayotgan insonlarni madaniy kontekstda rivojlantirish imkonini beradi. Frazeologik ifodalar orqali nemis tilini o’rganish, nafaqat grammatika va lug’at bilimini oshirish, balki madaniyatni tushunish imkonini ham beradi. Masalan, ” Das ist nicht mein Bier” (Buning menga aloqasi yo’q) frazeologizmi nemis xalqining munosabatlarni ifodalash tarzini aks ettiradi. Bundan tashqari (festen) Fuss fassen – (oyog’ini mustahkam tutmoq) o’rnashib olmoq, China ist es gelungen, auch in Afrika politisch Fuss zu fassen. Xitoy Afrikada ham siyosiy jihatdan ildiz otishga muvaffaq bo’ldi. [9,67] 177 "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Frazeologiya biror tilning o’ziga xos belgilaridan biridir [1,45].Nemischa- o’zbekcha frazeologik lug’atlar, bu ikki til o’rtasidagi muhim madaniy va fikr almashuvining vositalari sifatida qaraladi. Nemischa-o’zbekcha frazeologik lug’at tuzish jarayoni: Nemischa-o’zbekcha frazeologik lug’at tuzish jarayoni bir qator bosqichlardan iborat. Birinchidan, frazeologik birikmalarni to’plash va tizimlashtirish zarur. O’zbek tili va nemis tili frazeologizmlari o’rtasidagi o'xshashliklar va farqlarni o’rganish muhimdir. Frazeologik bog’lanishlar madaniyatni ifodalaydi va shuning uchun ularni to’g’ri tushunish va qoidalar doirasida ifodalash zarur. Til va madaniyat o’rtasidagi bog’liqlik frazeologik lug’at tuzish jarayonida kuchli ta’sir ko’rsatadi. Nemis va o’zbek madaniyatlari orasidagi farqlar va o’xshashliklar frazeologik iboralar orqali namoyon bo’ladi. Har bir frazeologizm o’ziga xos tarixiy, ijtimoiy va madaniy kontekstsiz tushunib bo’
Доказательный фрагмент
«В данной статье анализируются вопросы создания немецко- узбекского фразеологического словаря с точки зрения современных требований и языковых проблем.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье анализируются вопросы создания немецко- узбекского фразеологического словаря с точки зрения современных требований и языковых проблем. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Phraseology, phraseological dictionaries in German and Uzbek, madaniyat., Frazeologiya, lug’at tuzish, nemis va o’zbek tillaridagi frazeologik lug’atlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014