К содержанию
РецензированоRU2026

ZAMONAVIY NEMIS YOSHLAR LEKSIKASIDAGI SINONIMLAR VA ULARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Saidova Durdona Akrom qizi

Журнал универсальных научных исследований · 2026

Аннотация

This article discusses the concept of youth lexicon in contemporary German, the synonyms and their types found in this lexicon, and the semantic properties of synonyms in the German youth lexicon. Keywords: youth lexicon, sociolinguistics, synonyms, jargon, vulgarism, neologism Аннотация: В данной статье рассматривается понятие молодежной лексики в современном немецком языке, встречающиеся в этой лексике синонимы и их виды, а также семантические особенности синонимов в немецкой молодежной лексике. Ключевые слова: молодежная лексика, социолингвистика, синонимы, сленг, вульгаризм, неологизм. Annotatsiya: Ushbu maqolada hozirgi zamon nemis tilida yoshlar leksikasi tushunchasi, ushbu leksikada uchrovchi sinonimlar va ularning turlari, nemis yoshlari leksikasigi sinonimlarning semantik xususiyatlari haqida so’z yuritilgan. Kalit so’zlar: yoshlar leksikasi, sotsiolingvistika, sinonimlar, o’zlashtirma so’zlar, jargon, vulgarizm, neologizm Zamonaviy nemis tilida yoshlar leksikasi (Jugendsprache) dinamik va doimiy o‘zgarib turadigan lingvistik registr bo‘lib, psixolingvistik jihatdan ushbu til yoshlarning o‘zligini ifoda etish usullaridan biri hamdir. Ushbu maqolada hozirgi nemis yoshlar leksikasidagi sinonimlar ko'rib chiqilgan bo’lib, bunda yoshlar o'zlarining shaxsiyatlarini ifodalash va ijtimoiy rishtalarni mustahkamlash uchun tildan ijodiy foydalanishlarini, ushbu til hodisalarining paydo bo‘lishi, qo‘llanilishi va ijtimoiy ahamiyatini yoritib beradi. Yoshlar leksikasi ma'lum yosh darajasidagi yoshlarning turli xil guruhlari tomonidan turli xil davrlarda qo‘llanilgan yoki qo‘llanib kelinayotgan so‘zlar yoki iboralarni tashkil etadi. Zamonaviy yoshlar leksikasi tadqiqotlarida birinchi bo’lib mashhur tilshunos olim Helmut Henne sotsial-psixologik kategoriyalarga asoslangan aspektni qo’lladi va bu aspekt mazkur tadqiqotlarning keyingi rivojlanishi uchun juda muhim ahamiyat kasb etdi. Helmut Henne yoshlar leksikasini faqatgina yoshlargagina xos bo’lgan maxsus og’zaki va yozma holdagi uslub sifatida baholagan. [1;200.] Bugungi kunga kelib esa Peter Schlobinski, Gaby Kohl, Irmgard Ludewigt kabi olimlar 193 "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tomonidan kompleks til registeri sifatida qaralmoqda. [2;12.] Shuni ta'kidlab o‘tish kerakki, bunday leksikani butun dunyo bo’ylab ko‘plab tillarda kuzatish mumkin. Ushbu leksika odatda teng yoshlilar o‘rtasida qo‘llaniladi hamda bunda yangi so‘zlar odatdagidan ko‘ra juda tez tarqaladi. Nemis tilida so’zlashuvchi yoshlar leksikasi so’z boyligida sinonimlar va dubletlar salmoqli o’rin tutadi. Yoshlar leksikasi yangi so’zlar orqali boyib borishi bilan mazkur leksikada uchrovchi o’zaro sinonim so’zlar soni ham ortib boradi. Yoshlar leksikasida uchrovchi sinonim va dubletlarni yasalish, paydo bo’lish usuliga ko’ra bir necha turlarga bo’lish mumkin. Ulardan asosiylarini quyida ko’rib chiqamiz. 1. Standart – substandart sinonim juftliklar. Bunday sinonim juftliklar yasalishiga ko’ra bir vaqtning o’zida standart va substandart tildan kelib chiqqan bo’ladi: Zigarette: Kippe, Hand: Pfote, Geld: Kohle: Knete: Moos, urinieren/ regnen: pissen/ schiffen va boshqalar. Bunday juftliklar substandart tilga xos qismi ko’pincha metafora usulida orqali vujudga keladi va so’zlovchining tashqi muhitga bo’lgan ichki munosabatini ifodalaydi. Ular ko’p hollarda kompositada va frazeoleksemalarda yasaladi. Yoshlar leksikasida uchrovchi bunday sinonimik juftliklar sifatida Gitarre: Klampfe, Musik: Mucke kabilarni keltirishimiz mumkin. 2. Substandart uchun standart tildagi so’zning qo’llanishi. Bunda substandart tildan kelib chiqqan so’z yoki ibora uchun sinonim tariqasida standart tildagi yoki ilmiy tildagi so’z qo’llaniladi. [3;399] Masalan, das ist der Hammer: der Axt yoki salbiy ma’noni beruvchi signal so’z null! uchun boshqa variantda zero! ishlatiladi. Bunda ba’zida hazil tarzida qo’llanuvchi dublettlarni ham keltirish mumkin: Vorab – tape: Vorab – zelluloidspulenkopie. 3. Vulgarizmlar. Mazkur nuqtada aniq, o’z ma’nosidagi va ko’chma ma’nodagi vulgarizmlar o’zaro farqlanadi. Aniq ma’nodagi vulgarizmlar o’rnida ko’pincha evfimizmlar (Euphemismen) (Abort: Scheißhaus) yoki ilmiy tildagi so’zlar, tushuntirishlar keladi (Samen: Wixe). Ko’chma ma’nodagi vulgarizmlar o’rnida sinonimlar qo’llanilganda baholashni bildiruvchi so’zlar (schlecht: scheiße: kacke) va shuning bilan birga mavhum so’zlar ham qo’llaniladi (Angst: Schiß, Betrug: Beschiß). Yoshlar o'z tilida individuallik va ijodkorlikka intiladi. Sinonimlar ifodani o'zgartirish va monotonlikdan qochish usulini ta’minlaydi. Turli xil sinonimlardan foydalangan holda, o'smirlar ma'no yoki konnotatsiyadagi nozik farqlarni ta'kidlashlari va shaxsiy o'ziga xosligini ta'kidlashlari mumkin. Sinonimlar ham turli yosh orasidagi guruhlarga xos bo'lishi mumkin. Turli ijtimoiy guruhlar ichida ma'lum so'zlar yoki iboralar tegishlilik va o'ziga xoslikni bildirish uchun xizmat qiladi. Shuning uchun

Доказательный фрагмент

«This article discusses the concept of youth lexicon in contemporary German, the synonyms and their types found in this lexicon, and the semantic properties of synonyms in the German youth lexicon.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the concept of youth lexicon in contemporary German, the synonyms and their types found in this lexicon, and the semantic properties of synonyms in the German youth lexicon. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
youth lexicon, sociolinguistics, synonyms, jargon, vulgarism, neologizm, yoshlar leksikasi, vulgarizm, sinonimlar, o’zlashtirma so’zlar, sotsiolingvistika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники