Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIBBIY TERMINLARNING LINGVISTIK XUSUSIYATI
Mamadaliyeva Madina Usubjonovna
Журнал универсальных научных исследований · 2026
Аннотация
Terminological activity in each sphere directly depends on the productivity of the industry in which new concepts are created. In connection with the intensive development of medical and biological, medical and chemical, medical and technical knowledge, the number of special medical terms increases. Based on a comparative analysis, it was studied that the linguistic image of the formation of a medical term was determined in its translation movement and the increasing pace of its development. Keywords: term, terminology, medicine, lexical system, homonymy, affix, prefix. Har bir sohadagi terminologik faoliyat to‘g‘ridan to‘g‘ri yangi tushunchalar yaratilayotgan sohaning mahsuldorligiga bog‘liq. A. A. Reformatskiyning so‘zlariga ko‘ra, “Terminologiya – bu tegishli og‘zaki ifodada mustahkamlangan ushbu fan tushunchalari tizimi” [1;78]. Danilenko, V, Pfikricha, “Terminologiya–tegishli bilimlar 147 "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman sohasidagi (bitta fan yoki bir yо‘nalish) atamalar majmui, tegishli tushunchala rtо‘plamini aks ettiradi”[2;10]. Tibbiyot terminologiyasi mutaxassislik (shifokorlar) tili sifatida qabul qilingan va tibbiyotda bir hodisaning semantik ma’nosini bildiruvchi termin tizim sifatida belgilanadi. Terminlarni qiyosiy-tipologik tadqiq etish hozirgi zamon tilshunosligida terminologiyaning shakllanish muammolarini o‘rganishda muhim jihatga aylanib bormoqda. Tibbiy-biologik, tibbiy-kimyoviy, tibbiy-texnikaviy bilimlarning jadal rivojlanishi tufayli maxsus tibbiy atamalar soni ortib bormoqda. Terminlarning semantik tashkil etilishini, jumladan, tibbiy terminologiyani qiyosiy tahlil qilish, terminologiyani ana shu tamoyil asosida tizimlashtirish va malakasini oshirish, fan sohasi terminologik fondining obyektiv tabaqalanishini o‘rganish terminologiyaning muhim muammolaridan hisoblanadi. Tilshunoslikda kognitiv yo‘nalishning rivojlanishi bilan insonni tashqi dunyo bilan o‘zaro munosabatlarida o‘rganishning o‘ziga xos jarayoni muhim ahamiyat kasb etdi. Tibbiy atama shakllanishining lingvistik manzarasi uning oldinga siljishi va rivojlanish sur’atlarining tobora ortib borishi aniqlandi. Termin oddiy so‘z kabi kontekstga muhtoj emas, shuning uchun u 1) kontekst o‘rnida ishlovchi ma’lum bir atamaning a’zosi; 2) alohida-alohida matnlarda, masalan, ro‘yxatlar yoki texnologiyadagi buyruqli matnlarida ishlatilishi mumkin, 3) buning uchun u tilda umumiy emas, balki berilgan terminologiya doirasida bir ma’noli bo‘lishi kerak. Tilning leksik qatlamida atamalar boshqa so‘zlar bilan bir xil xususiyatni namoyon etadi. Masalan, “valve”[3;28] atamasi tibbiyotda “klapan(ichi bo‘sh kovak a’zoning ichki pardasi burmalaridan iborat bo‘lgan va biror bir teshikni to‘sib, berkitib turadigan qismi)”, mashinasozlikda “klapan(biror bir suyuqlik yo‘lini ochib-yopib turadigan qismi, qopqoqchasi)”, radiotexnikada “elektrontrubka”, gidravlikada “murvat”; “power”[3;29]atamasi tibbiyotda "qobiliyat(odam va jonivorlarning o‘z muskullarini ishlatib, jismoniy harakat qilish)", fizikada "quvvat(jismlarning o‘zaro mexanik ta’siri va uning o‘lchovi)", "energiya", matematikada "daraja", huquq sohasida “kuch(qaror, qonunlarni qo‘llanishi, amali, joriyligi)” degan ma’noni anglatadi. Xuddi shu atama ma’lum bir tilning turli terminologiyalariga kiritilishi mumkin, u fanlararo terminologik omonimiyani ifodalaydi, masalan: reaction 1) tibbiyotda, 2) kimyoda, 3) filologiyada, 4) siyosatda; reduction 1) tibbiyotda, 2) falsafada, 3) huquqshunoslikda, 4) fonetikada; assimilation 1) etnografiyada, 2) fonetikada. So‘zda, atamada o‘z ifodasini topgan ilmiy bilim muayyan fan tilining semantik tizimi va tarkibiga kirib, shu tilning leksik-semantik tizimining tarkibiy qismiga aylanib, sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tadi. Yagona yaxlit tushunchalarni ifodalovchi atama-so‘z birikmalari umumiy adabiy tilning erkin so‘z birikmalariga nisbatan o‘zining leksik-semantik tashkil etilishi jihatidan har xil darajada barqarordir. Ularni leksik iboralar deb tasniflash mumkin, ularning xarakterli xususiyati shundan 148 "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman iboratki, komponentlardan birining o‘rni tegishli turkumdagi biron-bir so‘z bilan emas, faqat ba’zilari bilan to‘lib, ma’lum bir semantik guruhni tashkil qiladi. O‘zbek va tojik tillarida atamashunoslik tahlili shuni ko‘rsatadiki, ushbu fan sohasi terminologiyasining shakllanishida bir ma’nolilik hodisasi asosiy hisoblanadi. Ko‘p leksik atamalarning yasalishi yasovchi o‘zakka affiks, qo‘shimcha va old qo‘shimchalarning qo‘shilishi asosida amalga oshiriladi. Shunga qarab, bu tur shakllanishning affiksal usuli deyiladi. Ko‘p komponentli atamalar, tilshunos olimlarning fikricha, ikki turga bo‘linadi: 1) ajralmas termin-so‘z birikmalari: gipertoniya(yuqori qon bosimi[4;45]) – гипертония(фишор баландӣ), antibiotik - антибиотик, nevrologiya(asab tizimi)–неврология(илм бора с
Доказательный фрагмент
«Terminological activity in each sphere directly depends on the productivity of the industry in which new concepts are created.»
Образец извлечения
Демо-превьюTerminological activity in each sphere directly depends on the productivity of the industry in which new concepts are created. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- term, terminology, medicine, lexical system, homonymy, affix, atama, terminologiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024