К содержанию
РецензированоRU2026

O’ZBEK TILLARIDAGI ORNITONIMLARNING LISONIY TADQIQI

Anvarova Shohista Valijonovna

Журнал универсальных научных исследований · 2 · 2026

Аннотация

В статье анализируются мнения ученых, изучавших орнитонимию в узбекских языках. В исследовании на основе изучения названий птиц в узбекском языке описываются орнитонимы, характерные для тюркских языков. В лингвистике мифологические существа, представленные в образах птиц, называются «мифорнитонимами», в статье они анализируется как символическое значение. Ключевые слова: ученые, орнитонимы, зоонимы, мифорнитонимы, лингвистика, язык, лексема, названия птиц, слова O‘zbek tilshunosligida maxsus tadqiq etishni talab etadigan leksik qatlamlardan biri qush nomlari (ornitonimlar)dir. Qush nomlarini lisoniy nuqtayi nazardan o‘rganish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Tilshunoslik fanida ornitonimlarning til xususiyatlarini ilmiy asosda tadqiq etish borasida qator jiddiy ishlar amalga oshirilganligi ilm ahliga, ayniqsa, onomastlarga yaxshi ayon. Ma‘lumki hozirgi zamon turkiy tillaridagi zoologik terminologiya chuqur tarixiy ildizlarga, qadimgi turkiy, eski turkiy va eski o‘zbek adabiy til obidalariga borib taqaladi. Shuningdek, o’zbek tilshunosligida tilimizdagi xayvon nomlari zoonim tushunchasi bilan ifodalanadi. Shuni unutmaslik zarurki, 87 "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman xayvon leksemasi mazmunan “zoonym” va “arnitonim” leksemalaridan ancha keng bo’lib, qisman ana shu ikki leksema mazmunini ham o’zida qamrab oladi. “Zoonim” atamasi sut emezuvchilar oilasini, keng ma’noda esa nabotot olamiga nisbatan qarama- qarshi, jonli-jonsiz zidlanishda butun hayvonot olamini o’zida aks ettiradi. Shu bolan birga u ma’lum darajada qushlar olaminiyam o’z ichiga oladi. Turkiy xalqlar hayotining qadimgi davrlaridayoq xayvon nomlari, zoonimlar va ornitonimlar bu tillar leksikasinig ajralmas tarkibiy qisimi bo’lib kelgan. Jahon folklorida qushlar qanotli bo‘lgani uchun osmon ilohlari bilan ham bog‘lanadi. Shuningdek, qushlar olov va suv, ruh tushunchalari bilan bog‘lab talqin etilishi an’anaga aylangan. Jumladan, zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da ham qushlar masalan, Xvarna far olov bilan bog‘lab talqin etilgani kuzatiladi. Qadimgi miflarda qush quyosh olovini olib kelib, insonlarga yaxshilik qilgan jonzot sifatida ulug‘lanadi. Sayena – Semurg, Humo shunday qushlar obrazi hisoblanadi. Xvarna Far olov ma’budi, omad va tole timsoli bo‘lib, u kimning boshiga qo‘nsa yoki soya solsa, unga baxt va iqbol ato etadi, deb qaralgan.[ 1; 16] Turkiy xalqlarda burgut, qaldirg‘och shunday talqin qilinadi. Rus mifologiyasidagi Olov qush “Jarptisa” obrazi ham shundan darak beradi. Qushlarning suv bilan bog‘lab talqin etilganini Buxorodagi Varaxsha xarobalaridan topilgan qanotli, qo‘shoyoq, yarmi qush, yarmi ayol surati ham tasdiqlay oladi. Bu suratda Semurg‘ va suv ma’budasi Anaxita timsolining uyg‘unlashtirilgani anglashiladi. [2; 25] Tilshunoslikda qush ko‘rinishidagi mifologik jonzotlar “mifoornitonimlar” deb yuritiladi. Bunga Semurg‘, Humo, Anqo, Bulbuligo‘yo, Samandar (Qaqnus) kabilar misol bo‘la oladi. Mifologik qushlar to‘qima obraz bo‘lib, ko‘pincha epik qahramonlarga yetib bo‘lmas va xayolan tasavvur qilingan manzilga borishda, bajarilishi imkonsiz bo‘lgan, aslida sodir bo‘lishi orzu qilingan ishni bajarishda yordamchi, homiy obrazlarida gavdalantiriladi. Ular inson qiyofasiga evrilishi va inson tilida gapira olishi bilan g‘aroyiblik kasb etadi. D.X.Bazarova o‘z tadqiqotida o‘zbek tilida mavjud qush nomlarini o‘rgangan. Asrlar mobaynidagi tashqi aloqalar natijasida o‘zbek tilida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar qush nomlarining variantlashuvi, dubletlar va sinonimlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lganligi ta’kidlangan.Tadqiqotda o‘zbek tilidagi qush nomlari tadqiqi asosida turkiy tillarga xos ornitonimlar tavsiflangan. Ko‘pincha abadiy hayot, adolat va baxt, davlat timsollarini ifodalashga xizmat qiluvchi, ertak va dostonlarda epik qahramonni o‘zga olamga olib borib, olib keluvchi vazifasida talqin qilinadigan Semurg‘ obrazi dunyo xalqlari, xususan, eron-so‘g‘d xalqlari folkloridagi mushtarak mifologik obrazlardan yana biridir. Semurg‘ obrazi o‘zbek folklorida quyidagi epic vazifalarda talqin topgani ko‘rinadi: 1. “Hayot daraxti” ining himoyachisi. 2.Uzoq masofalarni ko‘z ochib- yumguncha bosib o‘tishga ko‘makdosh. 3. Yer osti mamlakatidan yer yuziga chiqarib qo‘yuvchi qudratli qush. 4. Dono maslahatgo‘y. 5. Gʻaroyib xususiyatli sehrli narsalarni qo‘lga kiritishda yaqin yordamchi. 6. Ikki olam – yer usti va yer 88 "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman osti olami o‘rtasida vositachi. 7. Tupigi bilan davolovchi qush. 8. Taqdirni oldindan bashorat qiluvchi. 9. Baxt va davlat in’om etuvchi. Yana o‘zbek folklori namunalarida Semurg‘ quyidagi xarakter-xususiyatlarda tasvirlanadi: 1. Bolajon qush. 2. Inson kabi bilag‘on, sezgir, dono qush. 3. Insonlardek rahmdil, mehr- muruvatli, oqibatli va diyonatli qush. 4. Muruvvatli, saxovatli, najotkor qush. 5.Go‘shtxo‘r qush. 6. Ju

Доказательный фрагмент

«В статье анализируются мнения ученых, изучавших орнитонимию в узбекских языках.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье анализируются мнения ученых, изучавших орнитонимию в узбекских языках. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
scientists, ornithonyms, zoonym, mythornithonyms, linguistics
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники