К содержанию
РецензированоRU2026

“BOSHLANGICH SINF O‘QUVCHILARINING INGLIZ TILIDA GAPIRISH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA SKAFOLDING MODELIDAN FOYDALANSIH METODIKASI”

KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA SKAFOLDING · MODELIDAN FOYDALANSIH METODIKASI” · Tajibayev Gayratjon Shovdorovich · Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat

Журнал универсальных научных исследований · 2026

Аннотация

В статье описывается методика использования модели скаффолдинга для развития англоязычной компетенции учащихся начальной школы, обучение которых ведется на узбекском языке. Автор считает, что использование данной модели создает бесстрессовую обстановку на уроках английского языка, что обеспечивает качество и эффективность обучения. Ключевые слова: подстановочных таблиц, Зона ближайшего развития, леса, социолингвистические и прагматические компетенции, языковая компетенция, речевая компетенция, языковая компетенция Annotatsiya: maqolada ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan boshlangich sinf o‘quvchilarining ingliz tilida gapirish kompetensiyasini shakllantirishda skafolding modelidan foydalansih metodikasi yoritilgan. Muallifning fikricha ushbu modeldan foydalanish natijasida ingliz tili darslarida stresdan holi vaziyat yaratiladi va bu ta’lim sifati va sanaradorligini ta’minlaydi. Kalit so‘zlar: Almashtiriladigan jadval, Eng yaqin rivojlanish zonasi, skafolding, sotsiolingvistik va pragmatik kompetensiyalar, lingvistik kompetensiya, nutqiy kompetensiya, lisoniy kompetensiyasi Bugungi kunda chet til o‘rganish va o‘rgatish samaradorligini oshirishda o‘qituvchi nazorati, ya’ni mutaxassisning ko‘magi, yordami va xayrixohligini ifodalovchi “Scaffolding” (Havoza) atamasi keng qo‘lanilmoqda. Mazkur atamaga O‘zbek tilining izohli lug‘atida “qurilish yoki ta’mir ishlari uchun devor yoniga yog‘och yoki metalldan qavat-qavat qilib ishlangan vaqtinchalik qurilma”, deb ta’rif berilgan [1; 469 "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 470.]. Lekin atamaning ingliz tilidagi muqobili ot va fe’l turkumiga oid so‘z bo‘lib, uning ta’rifi quyidagicha: - n. a temporary structure on the outside of a building, made of wooden planks and metal poles, used by workmen while building, repairing, or cleaning the building – the materials used in scaffolding (Oxford dictionary, Collins Cobuild dictionary, Oxford American Dictionary). Atama Vigotskiy tomonidan qo‘llanilmagan, lekin uning “Eng yaqin rivojlanish zonasi” nazariyasi ma’lum topshiriqni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlash maqsadiga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va o‘quvchining hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etishning Skaffolding (Havozalash) modelining ishlab chiqilishiga asos bo‘lgan [7; 161.]. Ushbu model kompetensiyalarning egallanish jarayonini osonlashtirish, ya’ni qiynchiliklarni bartaraf etish maqsadidagi o‘qituvchining o‘quvchiga beradigan ko‘magi, yordami, ma’lum topshiriqni bajarishda duch kelinishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarning oldini oluvchi pedagogik usuldir [6; 98]. Mazkur atama kompetensiyalar egallanishini ta’minlashning pedtexnologiyasi ma’nosini ham ifodalaydi. Ya’ni o‘qituvchi: - takrorlash orqali o‘quvchining javobini to‘ldiradi (Yes, a big cow.); - hatolarni to‘g‘rilab javobni qayta shakllantiradi, (Yes, a cow is a farm animal.); - o‘quvchining eng yaqin rivojlanish zonasidan ozgina yuqori lekin tushunarli tildan foydalanadi (Open the drawer. Take out the chopsticks.); - tilning tushunarli bo‘lishini ta’minlash maqsadida imo-ishora, yuz ifodalari, jismoniy harakatlar, rasmlar va tovushlardan (brm, brm – bus; ba, ba - sheep) foydalanadi, real nutq vaziyatlarida jonli muloqot modellarini qo‘llash imkoniyatidan keng foydalanadi (Look, I am opening the thermos for you. It is really hard.); - o‘quvchining eng kichik yutug‘iga ham munosabat bildiradi (Very good, Madina! Nice job!); - darsni tashkil etishda nutq namunalaridan omilkorlik bilan foydalanadi (Zohida, give out the pencils. Open your books at page 7.); - o‘zlashtirishga qiynalayotgan o‘quvchi uchun savolni soddalashtiradi (Do you like to play with your dog or your cat? Play with cat or dog? My cat. Good. You like to play with your cat.). Ushbu atamani kompetensiyalar egallanishini ta’minlashning pedagogik texnologiyasi ma’nosida ham qo‘llash mumkin. Buning uchun havozaning nima maqsad yoki qay tarzda o‘rnatilishiga e’tibor qaratdik. Inshootni qurish uchun o‘rnatiladigan havoza, ya’ni qurilish konstruksiyasi qurilish jarayonini osonlashtiradi, binoning oson va tez qurib bitkazilishida muhim vazifa bajaradi, ishchining faoliyat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi, ishchiga imkoniyatidan chetdagi topshiriqni bajarish uchun sharoit yaratadi, xavfsizlikni ta’minlaydi. Shuningdek, uni istalgan vaziyat va zaruratga moslashtirish mumkin [6; 2.]. 470 "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman XX asr boshlarida chet el auditoriyalarida ingliz tilidan pragmatik maqsadlarni ko‘zlagan metodist G.Palmer almashtiriladigan jadvallar (Substitution tables) tizimini ishlab chiqdi. Almashtiriladigan jadvallar o‘quvchining yangi so‘zlarni eslab qolishiga, tilning fonetik tuzilishini amaliy o‘rganishiga, chet tilda fikr ifodalash usullarini o‘zlashtirishiga yordam bergan [8; 264.]. Biz esa almashtiriladigan jadvallardan mashqlarning oson va muvaffaqiyatli bajarilishiga ko‘maklashish

Доказательный фрагмент

«В статье описывается методика использования модели скаффолдинга для развития англоязычной компетенции учащихся начальной школы, обучение которых ведется на узбекском языке.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье описывается методика использования модели скаффолдинга для развития англоязычной компетенции учащихся начальной школы, обучение которых ведется на узбекском языке. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Substitution table, Zone of proximal development, scaffolding, sociolinguistic and pragmatic competences, linguistic competence, language competence, speech competence
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники