К содержанию
РецензированоRU2026

AXBOROT TA’LIM MUHITIDA XORIJIY TILLARNI O‘RGANISHNING IJTIMOIY ZARURATI

IJTIMOIY ZARURATI · Dilmurodova Dilnura Ilhom qizi

Журнал универсальных научных исследований · 2026

Аннотация

В статье представлены сведения о роли информатизации в различных сферах деятельности человека в обществе, социальной необходимости изучения иностранного языка в информационно- образовательной среде, возможностях использования информационных технологий в широких масштабах, основных группах коммуникативных отношений по их направленности. Также в настоящее время особое внимание уделяется важности обучения студентов иностранному языку с использованием современных многофункциональных электронных средств коммуникации. Ключевые слова: общество, информационно-образовательная среда, коммуникация, коммуникативные отношения, технология, социальность языка, иностранный язык, образование. Annotatsiya: Mazkur maqolada jamiyatda inson faoliyatining turli sohalarida axborotlashtirishning roli, axborot ta’lim muhitida chet tilini o‘rganishning ijtimoiy zarurati, axborot texnologiyalaridan keng miqyosda foydalanish imkoniyatlari, kommunikatsion munosobatlarni yo‘nalishiga ko‘ra asosiy guruhlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, hozirgi vaqtda zamonaviy ko‘p funksiyali elektron aloqa vositalari asosida talabalarga chet tilini o‘rgatishning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan. Kalit so’zlar: jamiyat, axborot ta’lim muhiti, kommunikatsiya, kommunikatsion munosobatlar, texnologiya, tilning ijtimoiyligi, xorijiy til, ta’lim. Jamiyatda shaxs atroflicha shakllanishi va rivojlanishi, normal faoliyat olib borishi uchun doimiy ravishda axborotlar almashinish jarayonida ishtirok etishi lozim. Xususan, har bir shaxs axborot ta’lim muhiti haqida tushunchaga hamda mazkur 429 "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman muhitda o‘qish, o‘rganish, yashash vositalari va mexanizmlari hamda modernizatsiyalashtirilgan tizimiga ega bo‘lishi nafaqat nazariy muammo, balki kundalik muammoga aylanib bormoqda. Ma’lumki, inson o‘zi uchun zarur ma’lumotni bevosita o‘z tajribasidan, insonlar bilan muomala jarayonidan, hamda turli axborot manbalaridan oladi (kitoblar, radio, televideniye, jurnallar, gazetalar, yangi axborot kommunakatsion texnologiyalaridan ya’ni internet va boshqalar). Axborot ta’lim muhiti “kommunikativ”, “kommunikatsion holatlar”. Ijtimoiy psixologiyada “kommunikatsiyani – axborot, xabar va turli ma’lumotlarni taqdim etishdir” deb talqin etiladi. Lekin muomoladan farq qilgan holda, u ikki tomonlama yoki bir tomonlama bo‘lishi mumkin. Kommunikatsiya nafaqat insonlar o‘rtasida, balki inson va mashina o‘rtasida yoki turli tirik organizmlar o‘rtasida ham bo‘lishi mumkin. Aksariyat hollarda axborotlar turli texnik qurilmalar yordamida uzatiladi, jumladan ommaviy kommunikatsiya vositalari – televideniye, radio, Internet va boshqalar orqali[2]. Subektlar va obektlar o‘rtasidagi kommunikatsion munosobatlarni yo‘nalishiga ko‘ra, quyidagi uchta asosiy guruhlarga bo‘linadi: Shaxslar o‘rtasidagi bevosita munosobatlar, ya’ni “yuzma-yuz” muloqot holatidagi axborot almashinish. Bunda inson bir vaqtning o‘zida ham subekt, ham obekt ko‘rinishidagi holatda bo‘lishi mumkin, ya’ni ikki tomonlama kommunikatsion jarayon amalga oshadi. Shaxs va guruh o‘rtasidagi kommunikatsion munosobatlar. Shaxsga ta’sir etuvchi ommaviy kommunikatsion vositalar (televideniye, radio, gazeta, jurnallar va Internet tarmog‘i). Ommaviy kommunikatsion vositalar funksiyalari nimalardan iborat bo‘lishi mumkin? Ular funksiyasi jihatidan uchta guruhga bo‘linadi: -insonlarning shaxs sifatida talabini qondirish; -ma’lum bir ijtimoiy guruh talabini va inson shu guruhning a’zosi sifatida talabini qondirish; - jamiyat talabini va inson shu jamiyatning a’zosi sifatidagi talabini qondirish. Jamiyatda borayotgan tub o‘zgarishlar, undagi axborot muhitining son va sifat jihatidan tez o‘zgarishlariga olib kelmoqda. Bu o‘zgarishlar telekommunikatsion vositalar va yangi axborot texnikalarining juda tez sur’atlar bilan rivojlanish sharoitida yuz bermoqda[2]. Ta’limning murakkab tizimini tashkil etuvchi axborotlar muhitida uni dinamik ravishda o‘zgarayotgan qismi – informatsion kommunikativ jarayonlar bo‘lib, ular yakka tartibda, guruhlarda va jamoatchilik psixologiyasiga (shaxs, guruh va omma ongiga) o‘zining faol ta’sirini o‘tkazadi. Ma’lumki, XXI asr axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan ajralib turadi. Zamonaviy jamiyatda inson faoliyatining turli sohalarida 430 "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman axborotlashtirishning roli tobora ortib bormoqda. Kompyuter texnologiyalari axborot jamiyatining zarur elementidir. Unda axborot va bilim hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Ulardan foydalanish darajasi asosan ijtimoiy rivojlanish istiqbollarini belgilaydi.Texnologik taraqqiyotning natijasi ham professional kadrlarga, xususan, ularning xorijiy tillarni bilish darajasiga qo‘yiladigan talablarning ortishi bo‘ldi. Xorijiy tillarni o‘qitish xususiyatlari bu davlatimizning xalqaro aloqalarining kengayishi, jamiyat hayotining barcha sohalarini

Доказательный фрагмент

«В статье представлены сведения о роли информатизации в различных сферах деятельности человека в обществе, социальной необходимости изучения иностранного языка в информационно- образовательной среде, возможностях испол…»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье представлены сведения о роли информатизации в различных сферах деятельности человека в обществе, социальной необходимости изучения иностранного языка в информационно- образовательной среде, возможностях испол… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
society, information and educational environment, communication, sociality of language, foreign language, education., communicative relations, technology
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники