Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARI LEKSIKASIDA GENDER TAHLILI
Yusupova Gulxumor
Журнал универсальных научных исследований · 2026
Аннотация
This article analyzes gender-related vocabulary in German and Uzbek, highlighting their linguistic structures and the role of language in shaping social perceptions of gender. German has a grammatical gender system that explicitly distinguishes between masculine, feminine, and neutral forms, including occupational titles. In contrast, Uzbek lacks grammatical gender but exhibits lexical gender differences, often associating certain professions with men. Modern linguistic trends in both languages reflect efforts toward gender inclusivity, with German incorporating gender-neutral forms and Uzbek gradually adopting gender-specific occupational terms. This comparative analysis provides insight into how languages reinforce or challenge gender norms. Keywords: gender linguistics, grammatical gender, lexical gender, inclusive language, German, Uzbek, occupational titles, sociolinguistics. Аннотация: В данной статье рассматривается гендерная лексика в немецком и узбекском языках, анализируются их лингвистические структуры и роль языка в формировании социальных представлений о гендере. Немецкий язык имеет грамматическую категорию рода, различая мужской, женский и нейтральный роды, включая названия профессий. В узбекском языке грамматического рода нет, но наблюдаются лексические различия, при этом ряд профессий традиционно ассоциируется с мужчинами. Современные лингвистические тенденции показывают стремление к гендерной инклюзивности: в немецком языке появляются гендерно-нейтральные формы, а в узбекском – новые феминативы. Сравнительный анализ позволяет выявить, каким образом язык может закреплять или трансформировать гендерные стереотипы. Ключевые слова: гендерная лингвистика, грамматический род, лексический род, инклюзивный язык, немецкий язык, узбекский язык, названия профессий, социолингвистика. Annotatsiya: Ushbu maqolada nemis va o‘zbek tillarida gender leksikasi tahlil qilinib, ularning lingvistik tuzilmalari va jamiyatdagi gender tasavvurlarini shakllantirishdagi roli ko‘rib chiqiladi. Nemis tilida grammatik jins tizimi mavjud bo‘lib, u erkak, ayol va neytral shakllarni, shu jumladan kasb nomlarini ham aniq farqlaydi. O‘zbek tilida esa grammatik jins mavjud emas, lekin leksik jihatdan gender 399 "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tafovutlari yaqqol kuzatiladi va ayrim kasblar ko‘pincha erkaklarga xos deb qaraladi. Har ikkala til zamonaviy tilshunoslik doirasida gender inklyuzivligini ta’minlashga intilmoqda: nemis tilida gender neytral shakllar joriy etilayotgan bo‘lsa, o‘zbek tilida yangi feminativlar paydo bo‘lmoqda. Ushbu qiyosiy tahlil tilning gender normalarini mustahkamlash yoki o‘zgartirishdagi rolini yoritadi. Kalit so‘zlar: gender lingvistikasi, grammatik jins, leksik jins, inklyuziv til, nemis tili, o‘zbek tili, kasb nomlari, sotsiolingvistika. Til – jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, madaniyati va qadriyatlarini aks ettiruvchi asosiy vosita bo‘lib, u ijtimoiy guruhlar, shu jumladan, genderga oid tasavvurlarni shakllantirish va mustahkamlash jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Lingvistika va sotsiolingvistika sohalarida gender va til o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganish muhim ilmiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Chunki til jinslar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni, ularning jamiyatdagi mavqeini aks ettiruvchi hamda ushbu munosabatlarni saqlab qoluvchi yoki o‘zgartiruvchi vosita bo‘lishi mumkin. Mazkur maqolada nemis va o‘zbek tillarida gender leksikasi tizimli tahlil qilinib, ushbu tillarning jinsga oid til birliklari orqali ijtimoiy va madaniy tasavvurlarni qanday ifodalashi o‘rganiladi. “Gender” termini fanda, ayniqsa, Oʻzbekistonda yangi tushunchadir. Hozirgi vaqtda ushbu atama turli bilim sohalarida keng qoʻllanilib kelinmoqda [4;19]. Tilshunoslikda til materialiga boʻlgan gender yondashuv grammatik rod kategoriyasining biologik va ijtimoiy jins gʻoyasi bilan munosabati tushunchalarni lisoniy vositalar yordamida ro‘yobga chiqishini oʻzaro bogʻlaydi [2; 142]. Nemis tili grammatik jihatdan jins kategoriyasiga ega bo‘lgan tillardan biri bo‘lib, unda uchta jins farqlanadi: Erkak jins (maskulin, der) – der Mann (erkak), der Vater (ota) Ayol jins (feminin, die) – die Frau (ayol), die Mutter (ona) Neytral jins (neutrum, das) – das Kind (bola), das Mädchen (qiz bola) Tilning rivojlanish jarayonida ayrim so‘zlarning jinsiy tasnifi mantiqiy bo‘lmagan shakllarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, das Mädchen (qiz bola) so‘zi grammatik jihatdan o‘rta jinsga mansub bo‘lsa-da, semantik nuqtayi nazardan ayol jinsiga oid. Bunday hodisalar nemis tilining tarixiy taraqqiyoti va morfologik xususiyatlari bilan bog‘liq. Shuningdek, nemis tilida genderga asoslangan kasb va lavozim nomlari mavjud bo‘lib, ular so‘z oxiridagi qo‘shimchalar orqali jinsiy tafovutni aks ettiradi: Ingenieur (muhandis, erkak) – Ingenieurin (muhandis, ayol) Kellner (ofitsiant, erkak) – Kellnerin (ofitsiant, ayol) Zamonaviy nemis tilida gender tengligini ta’minlash maqsadida
Доказательный фрагмент
«This article analyzes gender-related vocabulary in German and Uzbek, highlighting their linguistic structures and the role of language in shaping social perceptions of gender.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes gender-related vocabulary in German and Uzbek, highlighting their linguistic structures and the role of language in shaping social perceptions of gender. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- gender linguistics, grammatical gender, lexical gender, inclusive, Uzbek, German, inclusive language, occupational titles, sociolinguistics.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014