К содержанию
РецензированоUZ2025

SALJUQIYLAR DAVLATINING BOSHQARUV TIZIMI VA DAVLAT LAVOZIMLARI

I.M. Xaydarov · Ibrohimov Alisher Aktam o‘g‘li

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article covers the administrative administration of the Seljuk state, state positions in it and their functions. The article provides information about the divan and administrative system of this state that operated in the Middle Ages, and the state positions that operated in the court and their functions. Keywords: Sultan, monarchy, Nizamulmulk, Siyosatnama, divan, caliph, silahdar, hajib, governor. СИСТЕМА УПРАВЛЕНИЯ И ПРАВИТЕЛЬСТВЕННЫЕ ДОЛЖНОСТИ ГОСУДАРСТВА СЕЛЬДЖУКИДОВ Аннотация. В статье рассматривается административное управление Сельджукского государства, государственные должности в нем и их обязанности. В статье раскрываются сведения об административно-управленческой системе этого государства, действовавшей в средние века, а также о государственных должностях и их функциях, действовавших в государстве. Ключевые слова: султан, монархия, Низам-уль-Мульк, Сийосатнама, диван, халиф, вооруженный, хаджиб, правитель. 1 66 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Saljuqiylar davlati o‘rta asrlarda tashkil topgan eng katta davlatlardan biri va turkiy dunyo davlatchilik tarixida juda katta iz qoldirgan. Saljuqiylar kelib chiqishi bo‘yicha turkiy o‘g‘uz qavmiga mansub bo‘lib dastlab Sirdaryoning o‘rta oqimidagi yerlarda ko‘chmanchi holda hayot kechirgan. O‘g‘uz qavmi bir qancha urug‘larga bo‘linar edi va ushbu urug‘lardan biri - qiniq edi. Qiniq qabilasining sardori esa Saljuqiylar davlatining asoschisi Saljuq ibn To‘qoq edi. O‘g‘uzlar davlati va konfederatsiya shaklidagi siyosiy tuzumi 756- 1055-yillar orasida shakllandi va taraqqiy etdi. O‘g’uzlar VII asrda Turk xoqonligi tarkibida G‘arbiy Yettisuv hududida istiqomat qilgan, VIII asr oxirlarida esa turkashlar xoqonligi tanazzulga yuz tutishi bilan esa Yettisuv hududini tark etib. Sirdaryo mintaqasiga ko‘chib kelib joylashgan. Bunga turkashlarning merosi uchun ularning qarluqlar bilan bo‘lgan kurashi sabab bo‘lgan. XI asrda ular Orol dengizidan shimoldagi cho‘llar va Sirdaryo quyi oqimidagi ycrlarda joylashganlar. Ammo Sirdaryo atrofidagi ycrlarda ular qang'lilar qarshiligiga duchor bo‘lganlar va bu kurashlar oqibatida VIII-IX asrlarda Sirdaryoning o‘rta va quyi qismlarida O‘g‘uzlar davlatini tashkil qilganlar. Islom dinini qabul qilgan O‘g‘uzlar turklar nomi bilan tarixga kirgan. Saljuqiylar davlati o‘z taraqqiyotining cho‘qqisiga erishgan davrda markaziy va ma’muriy boshqaruv tizimi ham kuchaygan. Saljuqiylar davlati boshqaruv tizimi mutlaq monarxiya bo‘lib, boshqaruv albatta shaxsan hukmdorning qo‘l ostida edi. Saljuqiy hukmdorlar boshqa turkiy hukmdorlaridan farqli ravishda o‘zlarining nomlarini turkcha so‘z va atamalardan olganlar. Faqatgina xalifa nomidan berilgan unvon va laqablargina arab tilidan olingan. Xususan xalifa al-Muqtadiy sulton malikshoh uchun “Mu’iz ad-dunyo va-d-din” unvonini ta’sis etgan. Saljuqiy hukmdorlarga qadar podshohlarning unvonlarida dunyo va din atamalari uchramagan. Sulton Malikshohdan tashqari yana bir qancha Saljuqiy hukmdorlarning ham arabcha unvonlari bor edi. Masalan: Mahmud ibn Malikshoh – “Nosir ud-dunyo va-d-din”, Sanjar ibn Malikshoh “Mu’iz ad-din Abul-Xoris Ahmad”, Muhammad ibn Malikshoh – “G‘iyos ud-dunyo va-d-din” kabi arabcha unvonlarga ega edi. Saljuqiylar davlati ma’muriy boshqaruv tizimida bosh vazir alohida mavqega ega bo‘lgan. Manbalarda bosh vazir “rais ur-ruaso” (raislarning boshlig’i), “sayyid ur-rusao” (boshliqlarning kattasi) deb atalib barcha devonlarga va ishlab chiqarish muassasalariga rahbarlik qilgani haqida ma’lumotlar uchraydi. Saljuqiylar davlatida bosh vazir lavozimining mavqei shu qadar ediki ba’zi vazirlar hukmdorlik uchun valiahdlarning kurashida hukmdor tayinlay olish darajasidagi kuchga ega edi. 1 66 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Jumladan shunday yuqori mavqega ega vazirlardan biri Abu Ali Tusiy - Nizomulmulk edi. Nizomulmulk (1063-1092) yillar oralig‘ida deyarli 30 yil davomida saljuqiy hukmdor Alp Arslon va Malikshoh saroylarida bosh vazir lavozimida ishladi. Nizomulmulk faxriy taxallusini unga sulton Malikshoh yuksak salohiyati, aql-u zakovati uchun bergan. Nizomulmulk o‘zidan davlat boshqaruviga oid bir buyuk asarni ya’ni “Siyosatnoma”1ni avlodlarga meros qilib qoldirdi. Mirxondning “Ravzat us-safo” asarida Nizomulmulk faoilyati bilan bog’liq quyidagi jumla keladi: “Bir kuni Malikshoh Nizomulmulkning o‘g‘lidan xafa bo‘ladi. U sulton shixnasi (qal’a hokimi)ni tahqir qilgan emish. Sulton o‘z vaziri oldiga odamlarini yuborib, xafa bo‘lganini ayttiradi: “Agarda mamlakat boshqaruvida sen menga sherik bo‘lsang mayliya biroq menga tob’e bo‘lsang nega o‘g‘ling qilmishlarini nazorat qilmaysan? U haddidan oshib kettiku. Xohlasam buyuraman oldingdan davot (lavozim)ni oladilar”. Nizomulmulk unga quyidagicha javob berdi: “Sening davlat-u tojing mening davotimga bog’liq, vazirlikni mendan olsang sendan

Доказательный фрагмент

«This article covers the administrative administration of the Seljuk state, state positions in it and their functions.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article covers the administrative administration of the Seljuk state, state positions in it and their functions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Sultan, monarchy, Nizamulmulk, Siyosatnama, divan, caliph, silahdar, hajib, devon, voliy., Sulton, Nizomulmulk, monarxiya, Siyosatnoma, silohdor, xalifa, hojib
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники