Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING TARIX TA’LIMIDAGI ILK QADAMLARI
ZAMONAVIYPEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING TARIXTA’LIMIDAGI ILK
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
В статье раскрывается использование современных педагогических технологий в преподавании истории, их эффективность, преимущества моделей обучения, ориентированных на ученика, значимость интерактивности, а также роль инновационных подходовв повышениикачества учебного процесса. Ключевые слова: Современные педагогические технологии, преподавание истории, инновационные подходы, интерактивность, обучение, ориентированное на ученика, модели обучения,проблемноеобучение,дидактическая эффективность. Annotation. The article highlights the application of modern pedagogical technologies in teaching history, focusing on their effectiveness, learner-centered approaches, benefits of various teaching models, the importance of interactivity, and the role of innovativemethods in enhancing theeducational process quality. Keywords: Modern pedagogical technologies, history education, innovative approaches, interactivity, learner-centered instruction, teaching models, problem-based learning, didactic effectiveness. Zamonaviy dunyo ta’lim sohasini jadal rivojlanib, yangi pedagogik yondashuvlar va texnologiyalarni joriy etish orqali o‘quv jarayonini yanada samarali va mazmunli qilish yo’lida bir qator islohotlar qilmoqda. Ayniqsa, tarix ta’limi kabi o‘tmishni tushunish va undan saboq olishga xizmat qiluvchi fanda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash alohida ahamiyatga kasb etadi. Tarix ta’limi faqat faktlar va sanalar yig‘indisi emas, balki o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, tahlil qilish va xulosa chiqarish qobilyatlarini shakllantiruvchi va ularni rivojlantiruvchi muhim fan sifatida qaraladi. Shu sababli, ushbu fanni o‘qitilishida an’anaviy usullarni zamonaviy texnologiyalar bilan boyitish bugungi kunningdolzarb vazifalaridan biriga aylandi. O‘zbekiston respublikasida qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning 3.4- moddasida ta’kidlanganidek, zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonini davlat ta’lim standarti talablariga mos ravishda tashkil etish va uning samaradorligini oshirish uchun pedagogik www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 jarayonga ilg‘or, innovatsion pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish muhim vazifalardan biri hisoblanadi1. Respublikamizdagi pedagogik olimlar va amaliyotchilar ilmiy jihatdan asoslangan hamda O‘zbekistonning ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlariga mos keladigan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqishga va ularni ta’lim-tarbiya jarayonida samarali qo‘llashga harakat qilmoqdalar. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’limda joriy etish zarurati quyidagi sabablarga ko’ra asoslandi: Birinchidan, jamiyatimizning turli sabablarga ko‘ra taraqqiyotdan orqada qolishi, uni rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shilishiga xizmat qiluvchi omil sifatida aholi ta’limini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirishni taqozo etadi. Bu esa eng ilg‘or pedagogik tadbirlar va texnologiyalardan foydalanishni muqarrar qiladi. Ikkinchidan, an’anaviy o‘qitish tizimining yozma va og‘zaki so‘zlarga asoslangan “axborotli o‘qitish” xususiyatiga ega bo‘lishi o‘qituvchining rolini faqat o‘quv jarayonini tashkil etuvchi sifatida emas, balki bilimlarning asosiy manbai sifatida mustahkamlab qo‘ydi. Bu holat zamonaviy ta’limda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi interaktiv hamkorlikka ehtiyojni yanada oshirmoqda. Uchinchidan, fan va texnika taraqqiyotining o‘ta jadal sur’atlari axborot hajmining keskin ko‘payishiga olib kelmoqda. Biroq, bu axborotni yoshlarga yetkazish uchun vaqtning cheklanganligi ta’limjarayonida samarali va tezkorusullarni qo‘llashnitalab qiladi. To‘rtinchidan, insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan aniq natijalarga yo‘naltirilgan texnik tafakkurga o‘tish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu esa ta’limda amaliy va foydali natijalarga e’tibor qaratishni muhim vazifaga aylantiradi. Pedagogika ilmi va amaliyotida “pedagogik texnologiya”, “ta’lim texnologiyasi” va “o‘qitish texnologiyasi” kabi atamalar keng qo‘llanilmoqda. Shu bilan birga, ushbu tushunchalarni talqin qilishda muayyan farqlar kuzatiladi. “Texnologiya” atamasi yunon tilidagi “texnos” (mahorat, san’at) va “logos” (fan, ta’limot) so‘zlarining birikmasidan kelib chiqqan bo‘lib, uning etimologik ma’nosi zamonaviy texnologik jarayonlarning to‘laqonli mohiyatini aks ettirishda cheklovlarga ega. Rossiyalik olim V.P. Bespalko pedagogik texnologiyani o‘quv jarayoniga joriy etish zarurligini asoslagan olimlardan biridir, u bu borada shunday fikr bildirgan: “Pedagogik texnologiya – o‘qituvchining shaxsiy mahoratiga taylanmasdan, pedagogik muvaffaqiyatni ta’minlay oladigan va o‘quvchining shaxssifatida rivojlanishjarayonini loyihalashtiruvchi tizimdir.”2 Tizimli yondashuv haqida so‘z yuritishdan oldin, avvalo, “tizim” tushunchasining mazmun- mohiyatiga qisqacha to‘xtalib o‘tish lozim. “Tizim” degan so‘z mazmunan tuzilma, o‘zaro bog‘liq va uyg‘unlashgan qismlardan
Доказательный фрагмент
«В статье раскрывается использование современных педагогических технологий в преподавании истории, их эффективность, преимущества моделей обучения, ориентированных на ученика, значимость интерактивности, а также роль и…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье раскрывается использование современных педагогических технологий в преподавании истории, их эффективность, преимущества моделей обучения, ориентированных на ученика, значимость интерактивности, а также роль и… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Modern pedagogical technologies, history education, innovative approaches, innovatsion yondashuv, didaktik samaradorlik, o‘qitish modellari, o‘quvchi markazidagi ta’lim, tarix ta’limi, Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, muammoli ta’lim, interaktivlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026