К содержанию
РецензированоUZ2025

XVIII-XIX ASRLARDA QO‘QON XONLIGIDA SOLIQ TIZIMI VA AHOLI MAJBURIYATLARI

Turdiyeva MohinurIlhomjon qizi · XVIII-XIXASRLARDA QO‘QONXONLIGIDASOLIQ TIZIMI VAAHOLI · TAXSYSTEM ANDPOPULATIONOBLIGATIONSINTHE KOKAND KHANATE IN · THEXVIII-XIX CENTURIES

ИКРО журнал · 15 · 2025

Аннотация

This article presents information about the taxes, their types, amounts, obligations of the social layer that existed in the Kokand Khanate, one of the major countries of Central Asia in the 70s of the XVIII-XIX centuries. There were also reports of the injustice of rulers and public officials to thepopulation. Keywords: Kokand Khanate, hiroj, Zakat, ushr, hossachi, beklik, zaminiKhos, White Waqf. НАЛОГОВАЯСИСТЕМАИ ОБЯЗАННОСТИ НАСЕЛЕНИЯВКОКАНДСКОМ ХАНСТВЕВXVIII-XIX ВВ Аннотация: В данной статье представлена информация о налогах, их видах, размерах, обязательствах социального слоя, существовавших в Кокандском ханстве, одном из крупнейших государств Средней Азии в XVIII-70-х годах XIX века. Также приводится информация о несправедливости правителей и государственных чиновников по отношениюк населению. Ключевые слова: Кокандское ханство, хирадж, закят, десятина, хосачи, бекство, земини хос,АкВакф. Kirish: Qo‘qon xonligida soliq bu- fuqarolardan olinadigan majburiy to‘lov bo‘lib, davlat xazinasining asosiy manbayi bo‘lgan. Xonlikda soliq tizimida bugungi kunda jahon soliq tizimining asosiy tamoyillari hisoblangan majburiylik, adolatparvarlik, aniqlik, qulaylik, nazorat- taftish kabilarga amal qilingan. Aholidan yig‘ib olinuvchi soliqlar asosan viloyatlarda to‘plangan va undan so‘ng markaziy davlat xazinasiga yuborilgan. Soliq va majburiyatlar xonlikning deyarli barcha shaharva qishloqlaridadeyarli birxiltarzdabo‘lgan. Xonlikdagi soliq va majburiyatlar haqida turli manbalar turlicha ma’lumot beradi. Jumladan, Farg‘onada soliq va majburiyatlarning 90ta turi mavjud bo‘lgani manbalarda qayd etilgan. [4.53] A.L.Kunning ma’lumot berishicha rasmiy soliqlar quyidagilardan iborat bo‘lgan: natural xiroj yoki 1/10 soliq, zakot-tovardan olinadigan savdo solig‘i va hayvonlar hisobidan olinadigan soliq, tarozi solig‘i, daryodan o‘tish uchun soliq, tuz boji shuningdek, yana bir qator maxsus soliqlar mavjud bo‘lgan.[3.126] www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Tadqiqot metodologiyasi. Qo‘qon xonligi daromadining asosini aholidan olinadigan soliqlar tashkil qilgan va ular asosan mahsulot yoki pul ko‘rinishida olingan. Xonlikdagi soliqlar joriy etilishiga ko‘ra 4 turga bo‘lingan. Ular: 1.Shariat qonun-qoidalariga ko‘ra belgilangan asosiy soliqlar. 2.Rasmiy 3.Urf-odat 4.Favqulotda soliqlar.[6.43] Shariat qonun-qoidalari asosida belgilangan soliqlarga xiroj, ushr, zakot kabilar kirgan. Dehqonchilik sohasida donliekinlar ekiluvchi yerlardan olinadigan soliqlar xiroj deb nomlangan. Asosan u hosilning 1/5 qismini tashkil qilgan ya’ni 5 qop mahsulotning 1 qopi soliq sifatida olingan. Soliqning bir qismi mahsulot, bir qismi esa pul bilan to‘langan. Xiroj yer solig‘i bo‘lib, Turonga arablar tomonidan kiritilgan va shar’iy qonunlarda belgilangan miqdorda undirilgan. Ushbu xonlikda ham davlat boshqaruvi shariat qoidalari asosida yuritilgan. Shuning uchun ham xiroj davlatning asosiy soliq turlaridan biri bo‘lib, u xonlikda boshqa O‘rta osiyo xonliklarida bo‘lgani kabi o‘z xususiyatini yo‘qotmagan. Donli ekinlar va paxta hosili yig‘ishtirib olingandan so‘ngushbu soliq natura shaklidahosilning1/5 miqdoridaundirilgan.[8.316] Shuningdek, xonlikda joriy etilgan tanobona, xonsoliq, karvonlardan yoki chegaralarda maxsus belgilangan hududlarda, Sirdaryo kechuvidan olinadigan boj to‘lovlari, tuz boji, bozorlarda savdogarlardan, xon mablag‘iga qurilgan barcha inshootlardan olinadigan soliq va boshqalar rasmiy soliqlarsirasiga kirgan. [3.126] Soliqlar xossachi va bekliklarga bo‘lingan. Xossachi- daromad xon xazinasiga tushgan; beklik-daromad bek xazinasiga tushgan. Aholi qaysi bekning tasarrufida bo‘lsa, undan yig‘iladigan xiroj o‘sha bekning tasarrufida bo‘lgan. Xiroj qo‘shdan yig‘ilgan, bir qo‘shga 3-5 botmon g‘alla ekilgan. Xonlikda xiroj solig‘ini yig‘ish bek tomonidan sarkorga topshirilgan. Bu mansabga tayinlangandan so‘ng sarkor o‘ziga yordamchi sifatida miroblarni tayinlar edi.[3.] Xosilni o‘lchashda va soliq miqdorini belgilashda, yig‘ib olishda suiste’mollik hollari tez-tez sodirbo‘lib turgan. Bu esa albatta, aholining noroziligi kelib chiqishiningasosiy sababi edi. Zakot- tovarlardan olinuvchi savdo solig‘i yoki hayvonlardan olinadigan soliq hisoblanib, sarmoyaning 1/40 qismini tashkil qilgan. Xonlikda savdogarlik soliqlarining aniq miqdori mavjud bo‘lmagan. Shu boisdan ham sharoitga qarab daromaddan zakot olingan. Arxiv manbalarida an’anaviy zakotdan tashqari- bo‘rdoqi zakoti, elatiya zakoti, sarkarda (qo‘shin uchun zakot), Chakana zakoti (sohibi nasob egasi bo‘lmagan shaxslardan) kabi zakot turlari mavjud bo‘lgan. [3.128] Yahudiy, xristianlarga tegishli tovarlardan 5% zakot olingan. Boshqa davlatlardan keladiganlar esa 2 marta ya’ni o‘z hududida so‘ng esa borayotgan davlatida soliq to‘lagan. Voyaga yetmagan shaxslar, aqli zaiflar, qullar zakot to‘lashmagan. Zakot quyidagilarga ishlatilgan: 1.kambag‘al va muh

Доказательный фрагмент

«This article presents information about the taxes, their types, amounts, obligations of the social layer that existed in the Kokand Khanate, one of the major countries of Central Asia in the 70s of the XVIII-XIX centu…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article presents information about the taxes, their types, amounts, obligations of the social layer that existed in the Kokand Khanate, one of the major countries of Central Asia in the 70s of the XVIII-XIX centu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kokand Khanate, hiroj, Zakat, ushr, hossachi, beklik, zaminiKhos, White Waqf, xiroj, zamini xos, xossachi, oq vaqf., zakot, Qo‘qon xonligi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники