Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTAB O’QUVCHILARI HAYOTIDA MAQOLLARNING O’RNI
BobojonovaDilnoza Oxunjonovna · MAKTAB O’QUVCHILARI HAYOTIDAMAQOLLARNING O’RNI
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada xalq og‘zaki ijodining ajralmas qismi bo‘lgan maqollarning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqollar orqali axloqiy qadriyatlar, milliy madaniyat va dunyoqarashni shakllantirishdagi roliga e’tibor qaratiladi. Maqolada o‘zbek va boshqaxalqlarning maqollariga taqqoslitahlil ham keltirilgan. Kalit so‘zlar: maqollar, axloqiy qadriyatlar, yosh avlod,milliy madaniyat, ta’lim, tarbiya Ma’lumki, maqollar xalqning ma’naviy madaniyati, urf-odati, kasbi, turmushi bilan bevosita bog`liq bo`lib, qisqa, ixcham, ma’no jihatidan salmoqdor birliklar sifatida har bir davr ruhiga mos keladi. Chunki hozirgi mustaqillik, milliy qadriyatlarning tiklanish davri so`zlovchidan tilni, ayniqsa, davlat tili maqomiga ega bo`lgan o`zbek adabiy tilini chuqur egallashni, fikrni ixcham, asosli, obrazli va ta’sirchan shaklda ifodalashni taqozo etadi. Bu esa publisistik va badiiy matnlarda faol qo`llanuvchi maqollarning lingvistik tadqiqiga oid ilmiy tadqiqotlarning hozirgi vaqtda dolzarb vamuhimligidan dalolat beradi. Хalqimiz mustaqillikka erishgach, o`zbekona urf-odatlar, rasm-rusumlar, asrlar davomida yaratilgan xalq og`zaki durdonalari o`zining haqiqiy bahosini topdi. Mustaqillikning birinchi kunlaridanoq respublikamizda xalqimizning milliy qadriyatlari, madaniyati, manaviyati hamda til madaniyatiga katta e’tibor qaratila boshlandi. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq uzoq yillar davomida saqlanib, bizga meros bo`lib qolgan xalqimizning qadriyatlari va madaniyatimizning tiklanishiga erishildi. Xalq оg`zaki ijodi durdonalari o`zining eng qadimiy va betakrorligi, yuksak ijodiy salohiyatga ega ajdodolarimizning ko`p asrlik an’analari, turmush-tarzi, tarixi, dunyoqarashi, turli e’tiqodlari haqida teran va mukammal ma’lumot beruvchi ma’naviy va madaniy oltin merosimizhisoblanadi. Maqollarni o`rganmay turib, “xalqlarning kelib chiqishi va etnik tarixi, dunyo sivilizatsiyasining tarkibiy qismi bo`lgan xalq, uning madaniyati va turmushining o`ziga xosliklarining shakllanishi haqidagi tarixiy fan “etnografiyani chetlab o`tish mumkin emas”. Hozirgi zamon tilshunoslik fanida maqollarning kasb-hunar doirasidagi talqini deyarli o`rganilmagan. Maqol – jamiyat “parchasi”ning modelidir. Shu bois uni o`rganmasdan birorta dunyo jamiyatini tushunishning ma’nosi yo`q. Bu noyob durdonalarda xalqimizning yaratuvchilik, zukkolik, donolik kabi fazilatlari o`z ifodasini topgan. [3, 78 b.]. Maqollar xalq og‘zaki ijodining eng qadimgi va eng kuchli shakllaridan biridir. Ular xalqning axloqiy qadriyatlarini ifodalab, jamiyatda o‘zaro munosabatlar, turli hayotiy holatlar, muammolarni hal etishda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. Maqollarni yosh avlodga yetkazish, ularga axloqiy tarbiya berish, milliy qadriyatlarni singdirish uchun juda muhim vosita sifatida qaraladi. Maqollarni o‘rganish yoshlarning turmushda o‘zo‘rnini topishiga, to‘g‘ri yo‘ldan borishiga yordam beradi. 1. "Yolg‘onning quyrug‘i kalta" - bu maqol, yolg‘on gapirishning to‘g‘ri emasligini va bunday ishlarning uzoqqa bormasligini bildiradi. U yoshlarni rostgo‘ylikka, haqiqatni aytishga chaqiradi. Dunyo xalqlarida bu fikrni bildiruvchi maqollar mavjud. Masalan, ingliz tilida 'A lie has no legs' www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 degan maqol shunday bir fikrni ifodalaydi. Bu maqollar yoshlarni axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun samarali vositahisoblanadi. 2. "Nega oldin o‘ylab, keyin so‘zlash kerak?" Bu maqol, har qanday vaziyatda ehtiyotkorlik bilan o‘ylashni, so‘zlarimizning oqibatini anglashni ta’kidlaydi. Maqolning axloqiy mazmuni yosh avlodni o‘z so‘zlari bilan ehtiyotkor bo‘lishga chaqiradi. Bu maqol turli xil xalq og‘zaki ijodlarida o‘z aksini topgan. Masalan, ingliz xalqida 'Lest you may regret what you say' degan maqolning mazmunishu fikrni bildiradi. 3. "Bir hil baliqning ikkinchisi ham oltin bo‘lmaydi". Ushbu maqol, har bir insonning o‘ziga xosligini, mushkul holda qarorlar qabul qilishda mustaqil bo‘lishni targ‘ib qiladi. Bu maqol, shuningdek, hamma narsaga birxilyondashishning mumkin emasligini ta’kidlaydi. [4,58b.]. So`nggi o`n yillarda maqollar xususida turli xil, ba’zan umuman bir-biriga qarama-qarshi bo`lgan nuqtai nazarlar ilgari surilmoqda. Masalan, hozirgi zamon paremiologiyasining asoschilaridan biri G.L.Permyakovning fikricha, maqolning obrazliligi va tashqi tuzilishi, maqol orqali aks ettirilgan etnografik va etnogenik xususiyatlar uni tavsiflovchi asosiy jihatlar emas. Uning fikricha, asosiysi, maqolning asosiy mazmuni uning mantiqiy konstruksiyasi (tuzilishi)ni belgilashidir. “Maqol va iboralar vaziyat yoki narsalar orasidagi muayyan munosabatlarning belgilari hisoblanadi”.[6,125b.]. Boshqa tadqiqotchilar, aksincha, “folklorning bir janri hisoblangan maqoldagi asosiy narsa uning mantiqiy tabiati yoki unda mujassam bo`lgan ma’lumot emas, badiiy obraz va ma’noviy ikki planlilikdir. Mantiq qonunlariga muvofiq tarzda silliq tizilg
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada xalq og‘zaki ijodining ajralmas qismi bo‘lgan maqollarning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada xalq og‘zaki ijodining ajralmas qismi bo‘lgan maqollarning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, ta’lim, yosh avlod, milliy madaniyat, maqollar, axloqiy qadriyatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024