Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BIOTEXNOLOGIK KOMPLEKSLARNI ANIQ VA SAMARALI BOSHQARISHDA GIBRID INTELLEKTUAL BOSHQARISH TIZIMLARINI JORIY QILISH AFZALLIKLARI
Mahmudov G‘iyosjonBaqoyevich · BIOTEXNOLOGIK KOMPLEKSLARNI ANIQ VASAMARALI BOSHQARISHDA · GIBRID INTELLEKTUAL BOSHQARISHTIZIMLARINI JORIYQILISH
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
The article presents the theoretical foundations for the implementation of hybrid intelligent control systems for accurate and efficient management of biotechnological complexes, their advantages, performance indicators of traditional and hybrid systems, as well as an analysis ofcontrol quality indicators. Key words. Hybrid intelligent control, fuzzy logic, genetic algorithm, neural network, biotechnological complex. Kirish. Zamonaviy oltin ishlab chiqarish korxonalarining jadal rivojlanishi murakkab texnologik jarayonlarni boshqarishning ilg‘or usullarini talab qilmoqda. Biotexnologik komplekslar ko‘p parametrli, noravshan va dinamik jarayonlarga boy bo‘lganligi sababli, ularni samarali boshqarish muhim ilmiy va amaliy masala bo‘lib qolmoqda [1, 3-5]. Shu nuqtai nazardan, gibrid intellektual boshqarish tizimlarini joriy qilishdolzarb ahamiyat kasb etadi. Biotexnologik komplekslar – bu bakteriyali oksidlash jarayonlaridan foydalanib oltinni sulfidli madanlardan ajratib olishga ixtisoslashgan texnologik tizimlaridan biri hisoblanadi. Bunday tizimlarda biooksidlash kimyoviy reaksiyalar, mikroorganizmlarni ko‘paytirish kabi murakkab jarayonlarmavjud [2]. Boshqarish tizimlari: an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar. An’anaviy boshqarish tizimlari asosan deterministik yondashuvlarga tayanadi va ko‘pincha real sharoitda yuzaga keladigan o‘zgarishlarga moslasha olmaydi. Zamonaviy yondashuvlar esa sun’iy intellekt, mashinali o‘qitish, noravshan mantiq, neyron tarmoq, genetik algoritm va ekspert tizimlari kabi ilg‘or texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Gibrid tizimlar aynan shu zamonaviy usullarni birlashtiradi [6- 8]. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Gibrid intellektual boshqarish tizimlari bir nechta sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘zaro uyg‘unlashtirgan tizimlar bo‘lib, ular murakkab jarayonlarni boshqarishda aniqlik, moslashuvchanlik va samaradorlikni ta’minlaydi. Bunda noravshan mantiq, genetik algoritm, neyron tarmoqlar va ekspert tizimlarining kombinatsiyasi orqali jarayonlar real vaqtda samarali boshqariladi. Neyron tarmoqlar – texnologik jarayonlarni modellashtirish va va uning parametrlarini bashoratlashda qo‘llaniladi. Noravshan mantiq – noravshan [8] va taxminiy ma’lumotlar asosida qarorlar qabul qilish imkoniniberadi. Ekspert tizimlar – inson tajribasini modellashtiradi va masalalarga ekspert yondashuvni ta’minlaydi. Ma’lumotlar bazasi va sensor tizimlar – jarayonlar [9-11] monitoringi uchun muhim axborotni yetkazadi. Gibrid tizimlarjoriy etilishining quyidagi afzalliklari keltiridi: - Aniqlik vabarqarorlik oshadi; - Moslashuvchanlik yuqori bo‘ladi; - Resurslardan samarali foydalaniladi; - Inson xatoliklari kamayadi; - Real vaqtda monitoring vaboshqaruv [12-13]imkoniyati yaratiladi. Quyidagi rasmda grafik orqali an’anaviy va gibrid tizimlarning samaradorlik darajasi solishtirilgan. 1-rasm. An’anaviy vagibrid tizimlarning samaradorlikdarajasi www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Grafikdan ko‘rinib turibdiki, gibrid tizimlarning barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori natijalarni namoyon etmoqda. Ayniqsa, aniqlik, avtomatlashtirish va monitoring sohalarida ular ancha samarali hisoblanadi. Gibrid tizimlarni joriy etishda yuqori dasturlash va texnik bilim talab etilishi, mahalliy mutaxassislar yetishmasligi, dastlabki investitsiya xarajatlarining yuqoriligi kabi muammolar yuzaga kelishi mumkin. Kelajakda gibrid tizimlar yordamida butun boshqarish jarayonlarini to‘liq avtomatlashtirish, masofaviy monitoring va sun’iy intellekt asosida bashoratlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Shuningdek, ularni mahalliy sharoitlarga moslashtirish va o‘zbek tilidagi interfeyslarni ishlab chiqish tavsiya etiladi. Xulosa qilib aytganda, gibrid intellektual boshqarish tizimlari biotexnologik komplekslar samaradorligini keskin oshirishga xizmat qiladi. Ular an’anaviy tizimlarning kamchiliklarini bartaraf etib, real vaqtda aniq va moslashuvchan boshqarishni ta’minlaydi. Ushbu texnologiyalarni amaliyotga keng joriy qilish orqali raqobatbardosh, ekologik xavfsiz va yuqori sifatli mahsulotlarishlab chiqarishga erishish mumkin.
Доказательный фрагмент
«The article presents the theoretical foundations for the implementation of hybrid intelligent control systems for accurate and efficient management of biotechnological complexes, their advantages, performance indicato…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article presents the theoretical foundations for the implementation of hybrid intelligent control systems for accurate and efficient management of biotechnological complexes, their advantages, performance indicato… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Hybrid intelligent control, fuzzy logic, genetic algorithm, neural network, genetik algoritm, biotexnologik kompleks., Gibrid intellektual boshaqarish, noravshan mantiq, neyron tarmoq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024