Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KOGNITIV (BILISH)GA QIZIQISHNI SHAKLLANTIRISHDA SHAXSIY RIVOJLANTIRUVCHI METODLAR
SultonmaxmudovaZarnigora Adhamjon qizi · BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KOGNITIV (BILISH)GA QIZIQISHNI (Namangan davlat pedagogika institutimagistranti) · SHAKLLANTIRISHDASHAXSIYRIVOJLANTIRUVCHI METODLAR (Namangan davlat pedagogika institutimagistranti)
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
This article explores the role and importance of personality-developing methods in fostering a desire to learn among primary school students. It analyzes ways to encourage curiosity through individualized educational approaches, including problem-based learning, project-based methods, and playful activities. The article also highlights how modern technologies can enhance students’motivation. Key words: primary education, personality-developing methods, curiosity, playful lessons, problem-based learning, project-based approach, interactive methods, motivation, individual approach Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini shakllantirish – nafaqat o‘qituvchining asosiy vazifasi, balki butun ta’lim tizimining dolzarb maqsadidir. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf bosqichida bu jarayon alohida e’tibor talab qiladi, chunki aynan shu davrda o‘quvchilarda bilishga ishtiyoq, faoliyatga nisbatan ijobiy munosabat, mustaqil fikrlash ko‘nikmalari shakllanadi. Ushbu jarayonda shaxsiy rivojlantiruvchi pedagogik yondashuv va metodlar alohidao‘rin egallaydi. [1] Shaxsiy rivojlantiruvchi metodlar deganda, o‘quvchining individual imkoniyatlarini, qiziqishlarini, tafakkurini inobatga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil qilish tushuniladi. Bu metodlar orqali o‘quvchi o‘zini faol, qadrli, muvaffaqiyatga erisha oladigan shaxs sifatida his etadi. Bu esa uning ichki motivatsiyasini kuchaytiradi, bilishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantiradi. Boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, psixologik holati, emotsional ehtiyojlari ularning o ‘quv faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu yoshdagi bolalar uchun o‘yin, tasvir, harakat, hikoya qilish, musiqiy vositalar kabi omillar muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun shaxsiy rivojlantiruvchi metodlar ham ko‘proq interaktiv, ijodiy, o‘zlashtirishga oson vositalar asosidatuziladi. Bunday metodlardan biri bu — muammoli ta’lim usulidir. O‘qituvchi dars jarayonida o‘quvchining tafakkurini harakatga keltiradigan savollar orqali muammoli vaziyat yaratadi. Masalan: “Agar quyosh botmasa nima bo‘ladi?”, “Yomg‘ir nega yog‘adi?” kabi savollar orqali www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 o‘quvchilar mustaqil fikr yuritishga undaladi. Bu metod kognitiv qiziqishni rivojlantiradi va o‘quvchining bilishga bo‘lgan intilishini oshiradi. Yana bir samarali metod bu — loyihaviy yondashuvdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kichik hajmli, o‘zlariga yaqin, qiziqarli mavzular bo‘yicha miniloyihalar ustida ishlashi mumkin. Masalan: “Mening oilam”, “Qishloqdagi hayvonlar”, “Tabiatni asraylik” kabi mavzular bo‘yicha o‘quvchi izlanadi, rasm chizadi, axborot topadi, hikoya tuzadi. Bu esa o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, izlanish, savol berish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Shuningdek, o‘yinli darslar ham bilishga qiziqishni oshirishda samaralidir. “Kim topadi?”, “Topqirlar bellashuvi”, “Tez ayt – to‘g‘ri ayt” kabi intellektual o‘yinlar, kichik sahna ko‘rinishlari orqali dars jarayoni qiziqarli, jonli va interaktiv tus oladi. O‘yin vositasi orqali berilgan bilim bolaga ancha oson va tez yetib boradi. Bu metodlar emotsional yengillikni yaratadi, darsga bo‘lgan ijobiymunosabatni kuchaytiradi. [2] Shaxsiy rivojlantiruvchi yondashuvda eng muhim omillardan biri bu – individual yondashuvdir. Har bir o‘quvchining o‘ziga xos qobiliyati, qiziqishi, o‘rganish tezligi bor. O‘qituvchi har bir o‘quvchini kuzatib, uning rivojlanish darajasini aniqlab, tegishli topshiriqlar, rag‘batlantirish, maslahatlar orqali uni qo‘llab-quvvatlab borishi lozim. Bu, ayniqsa, iqtidorli bolalarni aniqlash va ularni chuqurroq o‘qitishdao‘z samarasini beradi. Yuqoridagi metodlar ta’limni shaxsga yo‘naltirish tamoyiliga mos keladi. Bunday darslar o‘quvchining fikrlashiga, savol berishiga, tajriba orttirishiga, mustaqil qaror qabul qilishiga imkon yaratadi. Natijada, o‘quvchida bilishga bo‘lgan ichki ehtiyoj shakllanadi, ta’lim jarayoni esa biryoqlamaemas, balki ikkitomonlama, faol o‘zaro muloqotshaklini oladi. Bundan tashqari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, masalan, raqamli ta’lim platformalari, virtual laboratoriyalar, multimediali resurslar orqali ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilishga bo‘lgan qiziqishi samarali ravishda shakllantirilmoqda. Bolalarning axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishi orqali ularni ta’limga jalb qilish bugungi kun talabidir. Shuning uchun ham zamonaviy darslarda kompyuter va interaktiv doska, video va animatsiyalar, ta’limiy o‘yin dasturlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinfda o‘quvchilarning bilishga qiziqishini shakllantirish o‘ziga xos pedagogik yondashuvni talab etadi. Shaxsiy rivojlantiruvchi metodlardan samarali foydalanish orqali o‘qituvchi har bir bolani o‘rganishga, izlanishga, fikrlashga jalb eta oladi. Bu esa kelajakda bilimga chanqoq, mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy faolligi yuqori shaxsla
Доказательный фрагмент
«This article explores the role and importance of personality-developing methods in fostering a desire to learn among primary school students.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the role and importance of personality-developing methods in fostering a desire to learn among primary school students. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- primary education, personality-developing methods, curiosity, playful lessons, Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bilishga bo‘lgan qiziqishni shakllantirishda shaxsiy rivojlantiruvchi metodlarning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. O‘quvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil eti, izlanishga undashga xizmat qiladi., o‘yinli faoliyat kabi metodlar orqali bilimga chanqoqlikni rag‘batlantirish yo‘llari tahlil qilingan. Maqolada berilgan yondashuvlar boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, loyiha usullari, muammoli ta’lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014