К содержанию
РецензированоUZ2025

NUTQ VA TAFAKKUR KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING AMALIY-TEXNOLOGIK MEXANIZMLARI

NUTQ VA TAFAKKUR KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNINGAMALIY- · TEXNOLOGIK MEXANIZMLARI · PRACTICAL-TECHNOLOGICAL MECHANISMS FORDEVELOPING SPEECH AND · THINKING SKILLS

ИКРО журнал · 15 · 2025

Аннотация

This article discusses the importance of using practical-analytical approaches and innovative technologies in the modern educational process. It presents the advantages of introducing practical-technological mechanisms in education to effectively organize the process of acquiring knowledge, analyzing it, and applying it. Themain advantages of neuro-pedagogical approaches in developing speech and thinking are revealed through the analysis ofthe benefits of integrating practical-technological mechanisms into theeducational process. Keywords: Neuro-pedagogy, speech activity, thinking, memory, mechanism, cognitive process, interactive, gamification. Zamonaviy ta'lim jarayonida amaliy-tahliliy yondashuvlar va innovatsion texnologiyalardan foydalanish zarurati kun sayin ortib bormoqda. Bilimlarni o'zlashtirish, ularni tahlil qilish va qo'llash jarayonini samarali tashkil etish uchun ta'limda amaliy-texnologik mexanizmlar joriy etilmoqda. Bu mexanizmlar nutq va tafakkur ko'nikmalarini rivojlantirishda o'quvchilarning bilish jarayonlarini rag'batlantirish, axborotni qabul qilish va qayta ishlash tizimini takomillashtirish, o'quv muhitini faollashtirish kabi vazifalarni bajaradi. Pedagogikada amaliy- tahliliy mexanizmlarning ahamiyati juda yuqori bo'lib, ular zamonaviy o'qitish metodlarini shakllantirish, shaxsiylashtirilgan ta'lim usullarini joriy etish va neyropedagogik yondashuvlardan samarali foydalanish imkoniyatini beradi. Masalan, kognitiv psixologiya, neyro-ta'lim va multimodal yondashuvlar orqali o'quvchilarning individual ta'lim yo'nalishlarini aniqlash va ulargamoslashgan usullarishlab chiqish mumkin. Bugungi kunda ta'lim jarayonida foydalanilayotgan amaliy-tahliliy mexanizmlar orasida interaktiv ta'lim metodlari, neyropedagogik texnologiyalar, adaptiv ta'lim platformalari, mantiqiy-tahliliy o'yinlar, kognitiv rivojlanish platformalari va neyrotreninglar keng tarqalgan. Bu metodlar yordamida o'quvchilarga nazariy bilimlarni nafaqat passiv tarzda qabul qilish, balki ularni amaliy jihatdan qo'llash imkoniyati yaratiladi. Zamonaviy ta'lim tizimida neyropedagogik www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 yondashuvlar nutq va tafakkurni rivojlantirishning innovatsion va samarali usullaridan biri sifatida keng qo'llanilmoqda. Neyropedagogika inson miyasidagi neyrofiziologik jarayonlarni o'rganish va ularni ta'lim jarayoniga moslashtirish orqali o'quvchilarning bilish qobiliyatini oshirishga qaratilgan. Ushbu yondashuvlar nutqning shakllanishi, mantiqiy va ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kognitiv jarayonlarni optimallashtirish hamda individual ta'lim modelllarini shakllantirishda muhim o'rin tutadi. Neyropedagogik yondashuvlarning nutq va tafakkurni rivojlantirishdagi asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat: 1.Nutqiy faoliyat va tafakkur jarayonlarining uyg'unlashuvini ta'minlaydi. An'anaviy ta'lim metodlaridan farqli ravishda, neyropedagogik yondashuvlar nutq va tafakkurni birgalikda rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson miyasida nutq faoliyatini boshqaruvchi Broka va Vernike zonalari tafakkur jarayonlari bilan bevosita bog‘liq. Neyropedagogik metodlar nutq va tafakkur rivojlanishini bir-biriga uyg‘unlashtirib, mantiqiy fikrlash hamdamuloqotqobiliyatini shakllantiradi. 2. Shaxsiylashtirilgan ta'lim modelini joriy etadi. Har bir o‘quvchining bilish qobiliyati, tafakkur uslubi va nutqiy faoliyati individual xususiyatlarga ega. Neyropedagogika bu xususiyatlarni inobatga olgan holdashaxsiylashtirilgan ta'lim modellari joriy etish imkoniyatini beradi. Masalan, sun'iy intellekt yordamidagi o‘qitish platformalari o‘quvchining kognitiv xususiyatlarini tahlil qilib, unga moslashgan nutqiy mashg‘ulotlar va mantiqiy fikrlashga oid topshiriqlarni taqdim etadi. 3.Kognitiv jarayonlarni faollashtiradi va xotirani mustahkamlaydi. Nutq va tafakkur rivojlanishida xotiraning roli katta. Neyropedagogik yondashuvlar xotira mexanizmlarini kuchaytirishga yo'naltirilgan bo'lib, ular orqali o'quvchilar ma'lumotlarni yaxshiroq o'zlashtiradilar. Masalan, multimodal ta'lim usullari (audio, vizual va kinestetik elementlar) ma'lumotlarni tezroq qabul qilishva uzoqmuddatlixotiraga saqlash imkoniyatini yaratadi. 4. Tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantiradi. Neyropedagogik metodlar tanqidiy va ijodiy tafakkurni shakllantirishda samarali hisoblanadi. Masalan, aqliy kvestlar, mantiqiy o'yinlar, tahlilga yo'naltirilgan mashg'ulotlar orqali o'quvchilar muammolarni tahlil qilish, sabab-oqibat munosabatlarini tushunish va yangi yechimlar ishlab chiqishga o'rganadilar. Bunday yondashuvlar natijasida o'quvchilar tafakkurni standart yondashuvlardan tashqarida rivojlantirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. 5. Ta'lim jarayonini interaktiv va motivatsion qiladi. Nutq va tafakkurni rivojlantirishda o'quvchilarning faol ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Neyropedagogika ta'lim jarayonini in

Доказательный фрагмент

«This article discusses the importance of using practical-analytical approaches and innovative technologies in the modern educational process.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the importance of using practical-analytical approaches and innovative technologies in the modern educational process. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Neuro-pedagogy, speech activity, thinking, memory, mechanism, cognitive process, nutqiy faoliyat, tafakkur, interaktiv, mexanizm, geymifikatsiya., Neyropedagogika, xotira, kognitiv jarayon
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти