Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANGʻICH SINFLARDA ESTETIK TARBIYA: SAN'AT VA TA'LIM SINTEZI
BOSHLANGʻICH SINFLARDA ESTETIKTARBIYA: SAN'ATVA TA'LIMSINTEZI (“Maktabgachava boshlangʻich ta'lim Gulistan statepedagogical institute)
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolamda boshlangʻich sinf oʻquvchilari tarbiyasida muhim ahamiyatga ega bo'lgan estetik tarbiya va estetik idrokni shakllantirish hamda oʻquvchilarning kiyinish va muomila madaniyatini qanday rivojlantirish haqida muhim ma'lumotlar berilgan. Estetik tarbiya bolalarda go‘zallikni his qilish, san’at va madaniyatga qiziqish uyg‘otish, ijodiy tafakkur hamda did tarbiyasini rivojlantirish jarayoni sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, estetik tarbiyaning asosiy maqsadlari, uni amalga oshirish vositalari – tasviriy san’at, musiqa, adabiyot, teatr va tabiat bilan bog‘liq faoliyat turlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Maqolada estetik tarbiyani shakllantirishdagi muammolar va ularning yechimlari ham tahlil qilinib, o‘qituvchilar vaota-onalarning buboradagi o‘rni ta’kidlanadi. KALIT SOʻZLAR :estetika, tarbiya, san'at, goʻzallik,estetik idrok, teatr. KIRISH:: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining estetik tarbiyasini shakllantirish zamonaviy ta’lim tizimining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Chunki aynan ushbu yoshda bolalarda go‘zallikka intilish, san’at va madaniyatni tushunish, ijodiy tafakkur hamda nozik did shakllana boshlaydi. Estetik tarbiya nafaqat san’at va madaniyatga muhabbat uyg‘otadi, balki bolalarning axloqiy va ma’naviy rivojlanishiga ham bevosita ta’sir qiladi. Estetik tarbiya shaxsning jamiyat estetik madaniyatini egallab olishiga bog‘liq bo‘lib, turli yo‘llar va shakllar yordamida amalga oshiriladi. Jamiyat va ayrim shaxsning estetik madaniyati tushunchalari mavjud. Jamiyatning estetik madaniyati deganda insoniyat butun rivojlanishi tarixi jarayonida to‘plagan moddiy va ma’naviy qadriyatlari majmui tushuniladi.Bolalikda aql-farosat, axloqiy ko’nikmalarni tarbiyalash bilan bir qatorda, ularda chiroyli, nafis, go‘zal narsalardan zavq ola bilishni, go‘zallikni dag‘allikdan, qo‘pollikdan tez ajrata olish qobilyatini tarbiyalashimiz kerak. Maktab yoshidagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim bilan birgalikda tarbiya ham teng berib boriladi. Boshlang‘ich sinf dasturiga ko‘ra o‘quvchilarga dastlab turmushdagi go‘zallik, ya’ni buyumlar, kiyimlar, o‘quv qurollarini toza ozoda, chiroyli asrash, ularni saranjom-sarishta saqlay bilish,ulardan to‘g‘ri vao‘rinlifoydalanish o‘rgatiladi. MATERIAL VA USLUBLAR. Estetik tarbiya – bu bolalarda go‘zallikni his qilish, san’at va tabiatni tushunish, nozik did va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonidir. Boshlang‘ich sinf davri inson hayotida estetik did va axloqiy qadriyatlarning shakllanishi uchun muhim bosqich sanaladi. Chunki aynan shu yoshda bolalar tashqi muhitni idrok etish, san’at va madaniyatga qiziqish bildirish hamda ijodiy faoliyatga jalb etilish orqali go‘zallikni anglay boshlaydi. O‘quvchilarni estetik ruhda tarbiyalashda ota-ona, mahalla va ta’lim muassasasining o‘rni va hamkorligi katta rol o‘ynaydi. Oila inson bolasi uchun hayotga tayyor bo‘lib chiqadigan qutlug‘ va mo‘tabar dargoh hisoblanadi. Ota-onalarning biri-biriga samimiy munosabatida, go‘zal muomalasida, uy tutishlarida, yurish-turishlarida bo‘lsa, mahalla tarbiya beruvchi kichik bir ta’lim muassasasi hisoblanadi. O‘zidan kattalarni ko‘rganda salom berish, kichiklarga izzatda www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 bo‘lish, kattalar gapirganda ko‘ziga tik qarab turmaslik, minnatdorchilik bildira olish va kattalar ruxsatisiz biror nojo‘ya ish qilmaslik o‘rgatiladi.Bu esa bola odobining go‘zalligi va estetik tarbiyaning boshlanishi hisoblanadi. Taniqli mutafakkir Abu Nasr Farobiyning “Inson o‘z baxtiga erishishda go‘zallikni ko‘rishi his qilishining o‘zi yetarli emas, buning uchun go‘zallikni yarata olishimuhimdir”degan fikrni ilgari surganlar. Estetik tarbiyaning asosiy maqsadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida go‘zallikni his qilish va qadrlash – tabiat, san’at, musiqa va adabiyot orqali estetika tushunchalarini rivojlantirish. Ijodiy fikrlashni shakllantirish – rasm chizish, qo‘shiqlar kuylash, qo‘l mehnati va sahna chiqishlari orqali ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish. Axloqiy va ma’naviy qadriyatlarni singdirish – san’at va madaniyat orqali odob-axloq me’yorlarini tushuntirish. Atrof-muhitga bo‘lgan munosabatni shakllantirish –tabiatning go‘zalligini anglash va uni asrab-avaylash hissini uyg‘otish. Estetik tarbiyani shakllantirishning asosiy vositalari. 1. Tasviriy san’at darslari. Bolalarni ranglar, shakllar va tasvir usullari bilan tanishtirish. Mashhur rassomlar ijodini o‘rganish. Mustaqil rasm chizish va hunarmandchilik bilan shug‘ullanish. 2. Musiqa darslari. Klassik va milliy musiqalarni tinglash, ularni tahlil qilish. Musiqa orqali hissiy tajribalarni shakllantirish. Qo‘shiqlar kuylash va musiqa asboblarida chalish ko‘nikmalarini rivojlantirish. 3. Badiiy adabiyot va teatr. Ertak va hikoyalarni o‘qish, muhokama qilish. Rolli o‘yinlar va sahna chiqishlari orqali dramatik san’atga qiziqish uyg‘otish. Yaxshi va yomon tushunchala
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolamda boshlangʻich sinf oʻquvchilari tarbiyasida muhim ahamiyatga ega bo'lgan estetik tarbiya va estetik idrokni shakllantirish hamda oʻquvchilarning kiyinish va muomila madaniyatini qanday rivojlantirish ha…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolamda boshlangʻich sinf oʻquvchilari tarbiyasida muhim ahamiyatga ega bo'lgan estetik tarbiya va estetik idrokni shakllantirish hamda oʻquvchilarning kiyinish va muomila madaniyatini qanday rivojlantirish ha… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, teatr., goʻzallik, san'at, estetika, estetik idrok
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024