К содержанию
РецензированоUZ2025

SMARTFONLARGA QARAMLIKNING TALABALAR O‘QUV FAOLIYATIGA TA’SIRI

Lolayev FayziddinFaxriddinovich · SMARTFONLARGAQARAMLIKNING TALABALARO‘QUVFAOLIYATIGA

ИКРО журнал · 15 · 2025

Аннотация

This article will analyze how smartphone addiction, which is common among modern youth, especially students,negatively affects their academicperformance. Keywords:smartphone, addiction, education, student, educational activity, technology. So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalarning tezkor rivojlanishi natijasida mobil qurilmalarning, ayniqsa, smartfonlarning kundalik hayotimizdagi o‘rni sezilarli darajada ortdi. Bugungi kunda talabalar uchun smartfonlar nafaqat aloqa vositasi, balki bilim olish, muloqot qilish, ijtimoiy tarmoqlarda qatnashish kabi ko‘plab funktsiyalarni bajarayotgan universal qurilmaga aylangan. Ammo bu qulayliklar bilan bir qatorda, smartfonlarga haddan tashqari bog‘lanish, ya’ni qaramlik holatlari ham ortib bormoqda. Mazkur maqolada aynan shu holatning talabalarning o‘quv faoliyatiga qanday ta’sirko‘rsatayotgani yoritiladi. Smartfonlarga qaramlik masalasi zamonaviy jamiyatda, ayniqsa talaba yoshlar orasida dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonlik va xorijlik olimlar bu borada turli tadqiqotlar olib borganlar va smartfonlardan haddan tashqari foydalanishning o‘quv faoliyatiga salbiy ta’sirinita’kidlab o‘tganlar. Quyida o‘zbek vaxorijiyolimlar fikrlarini keltirib o‘tamiz: Prof. R. X. Yusupova “Talabalar orasida smartfonlardan doimiy foydalanish diqqatning pasayishiga, darsga bo‘lgan qiziqishning kamayishiga olib kelmoqda. Bu holat ularning o‘quv motivatsiyasini susaytiradi.” Deb fikr bildirgan. I. A. Qodirov Smartfonlar orqali ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o‘tkazish o‘quvchilarning diqqatini chalg‘itadi va bu natijada darslarga tayyorgarlik darajasi sezilarli darajada pasayishi haqida aytib o`tgan. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi So‘rovnoma asosida aniqlanishicha, o‘quvchilarning 60% dan ortig‘i kun davomida 3 soatdan ko‘proq vaqtni smartfonda o‘tkazadi, bu esa ularning o‘quv yutuqlariga salbiy ta’sirko‘rsatayotganini aytgan. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Xorijiy olimlaridan Dr. Larry Rosen Smartfonlardan ortiqcha foydalanish talabalarda stress, uyqusizlik va e’tiborning bo‘linishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida bilimlarni chuqur o‘zlashtirish imkoniyatini kamaytiradi. Dr. Jean Twenge martfonlar va ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik yoshlarning psixologik salomatligiga ta’sir qilishi bilan birga, ularning akademik yutuqlarini ham pasaytiradi deb aytib o`tgan. Smartfonlarga qaramlik — bu psixologik holat bo‘lib, unda inson o‘z ijtimoiy, ma’naviy yoki kasbiy vazifalarini bajarish o‘rniga, smartfon bilan vaqt o‘tkazishni afzal ko‘radi. Bunday holat ko‘pincha vaqtni boshqara olmaslik, diqqatning tarqoqligi, uyqu rejimining buzilishi kabi oqibatlarga olibkeladi. Talabalar orasida qaramlik darajasi. O‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab talabalar kuniga o‘rtacha 5–7 soat vaqtini smartfon bilan o‘tkazadi. Ularning asosiy faoliyati ijtimoiy tarmoqlar, mobil o‘yinlar, video tomosha qilish va messenjerlarda yozishmalardan iborat. O‘quv faoliyatiga salbiy ta’siri smartfonlarga haddan ortiq bog‘lanish talabalar o‘quv samaradorligini kamaytiradi:  Diqqatning pasayishi: Dars paytida smartfondan foydalanish, ayniqsa, bildirishnomalarning tez-tezchiqishi diqqatni chalg‘itadi.  Uyqu rejimining buzilishi: Kechasi uzoq vaqt smartfondan foydalanish uyqu sifati va davomiyligiga salbiy ta’sirqiladi.  Vaqtni noto‘g‘ri boshqarish: Ko‘plab talabalar o‘quv vazifalariga ajratilishi kerak bo‘lgan vaqtni mobilqurilmalarda bekorchi faoliyatga sarflashadi.  Psixologik tushkunlik: Ijtimoiy tarmoqlardagi doimiy taqqoslash, virtual dunyodagi ijobiy tasvirlarga mukkasidan ketish real hayotga nisbatan noroziliknioshiradi. Ijobiy jihatlar va balansli yondashuv smartfonlar to‘g‘ri va maqsadli foydalanilganda o‘quv jarayonini yengillashtirishi mumkin. Masalan, elektron darsliklar, onlayn kurslar, ilmiy maqolalarga kirish imkoniyati. Shu sababli, asosiy muammo — noto‘g‘ri yoki haddan tashqari foydalanishda. Smartfonlarga qaramlik bugungi kunda talabalar orasida jiddiy muammoga aylanib bormoqda. Bu holatning oldini olish uchun o‘quv yurtlari, ota-onalar va talabalarning o‘zlari ham muayyan chora-tadbirlar ko‘rishlari zarur. Eng muhimi, smartfonlardan foydali va maqsadli foydalanishni o‘rgatish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlashga e’tibor qaratish lozim. Shundagina raqamli texnologiyalar rivoji ta’lim sifatinioshirishga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda smartfonlarga qaramlik nafaqat psixologik va ijtimoiy muammolarga, balki o‘quv faoliyatining pasayishiga ham olib kelmoqda. O‘zbekistonlik va xorijlik mutaxassislar bu borada yagona fikrga ega: bu muammoni hal qilish uchun o‘quvchilarda raqamli madaniyatni rivojlantirish, smartfonlardan samarali foydalanishni o‘rgatish muhimdir. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Yusupova R. X. (2020). Talabalarda axborot texnologiyalariga qaramlikning psixologik omillari.Toshkent: TDPU. 2. Qodirov I. A. (2019). Raqamli

Доказательный фрагмент

«This article will analyze how smartphone addiction, which is common among modern youth, especially students,negatively affects their academicperformance.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article will analyze how smartphone addiction, which is common among modern youth, especially students,negatively affects their academicperformance. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
smartphone, addiction, education, student, educational activity, technology, talaba, qaramlik, ta’lim, smartfon, texnologiya., o‘quv faoliyati
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники