Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MILLIY MULOQOT XULQINI SHAKLLANTIRISH VOSITALARI
Yuldasheva DilafruzMaxamadaliyevna · Oriboyeva NodirabegimShoirjon qizi · SHAKLLANTIRISH VOSITALARI
ИКРО журнал · 15 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy muloqot xulqini shakllantirishning dolzarbligi, maqsadi hamda vositalari haqida fikr yuritiladi. O‘zbek xalqining boy milliy madaniyati va an’analari asosida bolalarda muloqot madaniyatini rivojlantirish yo‘llari yoritiladi. Kalit so‘zlar: milliy muloqot, maktabgacha ta’lim, axloqiy tarbiya, nutq madaniyati, xalq og‘zaki ijodiva urf -odatlar. Maktabgacha yosh – bu shaxs rivojlanishining eng muhim bosqichlaridan biridir. Aynan shu davrda bolaning axloqiy qadriyatlari, muloqot madaniyati va ijtimoiy ko‘nikmalari shakllanadi. Bugungi globallashuv jarayonida o‘z milliy qadriyatlarimiz asosida bolalarni tarbiyalash, ularning nutqi vamuloqot xulqinishakllantirish dolzarb masalaga aylangan. Milliy muloqotxulqitushunchasi Milliy muloqot xulqi – bu bolaning o‘z milliy an’analariga mos ravishda boshqalar bilan muloyim, hurmat asosida, odobli tarzda muloqot qilish qobiliyatidir. Bu tushuncha o‘z ichiga quyidagilarni oladi: - hurmat bilan murojat qilish; -kattalarni ehtirom bilan tinglash; -o‘zfikrini muloyim tarzda ifodaetish; -milliy qadriyatlarga sodiqlikbilan gaplashish. Milliy muloqotxulqini shakllantirish usullari: 1.Xalq og‘zaki ijodi - ertaklar, topishmoqlar, maqollar: O‘zbek xalq ertaklari va maqollari orqali bolalar axloqiy xulq- atvorme’yorlarini o‘zlashtiradilar. 2. O‘yinlar orqali tarbiya berish: milliy xalq o‘yinlari bolalarda nafaqat jismoniy, balki ijtimoiy muloqot ko‘nikmalarini rivojlanishiga yordam beradi. 3. Badiiy adabiyotlar va drammatik sahnalar: she’rlar, kichik sahna ko‘rinishlar orqali bolalarning nutqivaifoda madaniyati shakllanadi. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 4. Tarbiya jarayonida milliy urf - odatlardan foydalanish: Navro‘z, Hayit kabi milliy bayramlar doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar bolalarda o‘z millatiga hurmat, boshqalar bilan samimiy muomalaqilish, birlikdabo‘lishxulqini shakllantiradi. 5.Kattalarning namunasiga asoslanish: tarbiya jarayonida xalq og‘zaki ijodi vositalari juda katta ahamiyatga ega. Bola ongida milliy qadriyatlar, odob-axloq me’yorlari, muloqot madaniyati, tilga hurmat, kattalarga ehtirom va o‘zaro hurmat asosida muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy vositalar majmuasidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy muloqot xulqini shakllantirish vositalari quyidagilardaniborat: 1.Milliy qadriyatlarasosidagi tarbiya Milliy qadriyatlar (oila qadriyatlari, an’analar, marosimlar, odob-axloq normalari) orqali bola ongiga milliy muloqot madaniyatini singdirish muhimdir. Bular orqali bola: katta-kichikka qanday murojaat qilishni; muloyim va hurmatli so‘zlardan foydalanishni; o‘zbek tiliga e’tiborli bo‘lishni; mehmondo‘stlik, sabr, bosiqlik kabi xususiyatlarni o‘rganadi. 2.Ertaklar, maqollarvatopishmoqlar Ertaklar -bolaga ijtimoiy munosabatlarva axloqiy me’yorlarni obrazlarorqali o‘rgatadi. Maqollar va matallar - qisqa, lekin chuqur ma’no bilan bolada til boyligini oshiradi va to‘g‘ri muloqotgao‘rgatadi. Topishmoqlar- bolani tafakkurqilishga va o‘zfikrini to‘g‘ri ifodalashga o‘rgatadi. 3.Dramatik o‘yinlarvamilliysahnako‘rinishlari Bola ishtirok etadigan kichik sahna ko‘rinishlari, dramalar orqali milliy til va madaniyatni o‘zlashtiradi. Bu orqali u: turli ijtimoiy rollarni o‘ynab ko‘radi; muloqot qilishnimashq qiladi; nutqmadaniyatini rivojlantiradi. 4.Milliy kiyimlarvamusiqalarorqaliestetik tarbiya Milliy kiyimlar, kuy - qo‘shiqlar orqali milliy o‘zlik hissi kuchayadi, o‘z madaniyatini qadrlash tuyg‘usi shakllanadi, buesa muloqotdaifodasini topadi. 5.Rasm chizishvatasviriy san’at Bolalar rasm chizish orqali o‘z dunyoqarashini ifodalaydi. Ular milliy bayramlar, urf - odatlar tasvirini yaratish orqali muloqotmazmuninitushunibboradi. 6.Didaktiko‘yinlar www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Muloqotga yo‘naltirilgan milliy didaktik o‘yinlar orqali: bolalar bir-biri bilan til topishishnio‘rganadi; o‘z fikrini tushunarli bayon qilishga harakat qiladi; jamoada ishlashni, o‘zinitutishnimashq qildirish. Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy muloqot xulqini shakllantirish - bu nafaqat ta’lim muassasalarining, balki ota - onalaning butun jamiyatning ham oldida turgan muhim vazifadir. Shunday ekan oilada, dasturxon atrofida uyushtiriladigan suhbatlar alohida diqqatga sazovordir. Odob-axloq mavzusidagi muloqotlar farzandlarning til vositalarini mustaqil tarzda qo‘llashlariga erishish zarurligini ko‘rsatadi. Bunday oilaviy suhbatlar farzandlarning kundalik faoliyatida, mehmondorchilikda, sayru sayohatlarda va tanish yoki notanish kishilar bilan muloqotda samarali natijaberishi shubhasizdir. Foydalanilgan adabiyotlarro‘yxati: 1. Saxoviy D. Sh. (2015), Maktabgacha ta'limda milliy xulq-atvorni rivojlantirish. Tashke
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy muloqot xulqini shakllantirishning dolzarbligi, maqsadi hamda vositalari haqida fikr yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy muloqot xulqini shakllantirishning dolzarbligi, maqsadi hamda vositalari haqida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- axloqiy tarbiya, nutq madaniyati, milliy muloqot, maktabgacha ta’lim, xalq og‘zaki ijodi va urf - odatlar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024